Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi eng yangi tarix


Download 4.26 Mb.
bet4/126
Sana12.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1768610
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126
Bog'liq
portal.guldu.uz-ENG YANGI TARIX

3-asosiy savolning bayoni:
Inqiroz Angliya iqtisodiyotini yanada orqaga surib yubordi. 1930 yildagi sanoat mahsuloti 1929 yildagi ko’rsatkichning 92,4% ga, 1931 yilda 83,8% ga, 1932 yilda esa 82% ga tushib qoldi.
Ko’mir, mashinasozlik, kemasozlik va boshqa ba’zi sanoat tarmoqlarining mahsuloti 40% ga kamayib, 1897 yildagi darajaga tushib qoldi. Angliyaning jahon savdosidagi roli ham pasaydi. Tashqi savdoning hajmi ikki hissa kamaydi. Angliyani an’anaviy bozorlardan siqib chiqarish jarayoni avj oldi. Inqiroz natijasida juda ko’p mamlakatlar kasodga uchrab, Angliya mahsulotlarini rad etdilar. Bir vaqtning o’zida xorijiy raqiblar Angliyani hatto uning ichki bozoridan ham siqib chiqarishga urindilar. Evropa va AQShda ro’y bergan moliyaviy inqiroz, Markaziy Evropadagi banklarning kasodga uchrashi Angliya pulining qadrsizlanishiga olib keldi va uning oltin bilan ta’minlanishiga barham berdi.
Angliya iqtisodiyotining eng zaif joyi ishsizlik bo’ldi. 1929-1933 yillardagi inqiroz ishsizlikning Angliya tarixida bo’lmagan darajada o’sishiga olib keldi. Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, 1930 yilda barcha ishchilarning 17% i ishsiz edi, 1931 yilda ishsizlik darajasi 23% ga, 1932 yilda esa 25% ga o’sdi. 1932 yilda har to’rtinchi ishchi ishsiz edi. Iqtisodiy inqirozning boshlanishi leyboristlar partiyasining yana hukumat tepasiga kelish vaqtiga to’g’ri keldi. 1929 yil mayidagi parlament saylovlarida konservatorlar hukumatining ichki va tashqi siyosatidan norozi bo’lgan ishchilar leyboristlarga ko’p ovoz berdilar. 1929 yil iyunida R.Makdonald (1866-1937 yy) boshchiligidagi leyboristlarning ikkinchi hukumati tuzildi.
R.Makdonald realist siyosatchi bo’lib, Angliyaning sobiq buyukligini qaytarishni xomxayol deb hisoblardi. Biroq u Angliyani bostirib kelayotgan halokatdan qutqarishga va mamlakatning jahondagi mavqeini eng avvalo muvaffaqiyatli diplomatik kombinatsiyalar uyushtirish hamda Millatlar Ligasidan foydalanish yo’li bilan saqlab qolishga urindi.
Biroq R.Makdonald boshchiligidagi ikkinchi leyboristlar hukumati qiyin ahvolda qoldi. Bir tomondan, ish berish va yashash sharoitlarini yaxshilashni talab qilgan mamlakat aholisiga berilgan va’dalarni bajarish, ikkinchi tomondan esa, davlat ijroiya hokimiyati vazifalarini bajarish va mamlakatni bosib kelayotgan iqtisodiy inqirozdan saqlab qolish lozim edi. Leyboristlar o’z majburiyatlarini qisman bajardilar. Ko’mir konlarida 7 soatlik ish kuni joriy etildi. 1930 yilda ishsizlik bo’yicha sug’urta to’g’risidagi yangi qonun qabul qilindi, ishsizlik bo’yicha nafaqalar olish muddati 3 oydan 12 oygacha uzaytirildi. Ishsizlikka qarshi kurash bo’yicha maxsus vazirlik hamda ishsizlar uchun ish qidirish bo’yicha maxsus qo’mita tashkil qilindi. Bu choralar ishsizlarning ahvolini ma’lum darajada yaxshilashga xizmat qildi.
Biroq, umuman olganda, ikkinchi leyboristlar hukumati inqiroz og’irligining katta qismini mamlakat mehnatkashlari elkasiga yuklashga urindi. 1930 yil bahorida Angliyani yana sinfiy kurash to’foni larzaga soldi. Butun mamlakat ishsizlarning harakatida ishtirok etdi. 1930 yil martdan aprelgacha ishsizlar va ochlarning ommaviy yurishi bo’lib o’tdi va u Londonga Gayd-parkdagi ulkan namoyish bilan yakunlandi. Angliyada vaziyat kundan-kunga keskinlashib borardi. Ishlab chiqarishda ommaviy ish tashlashlar boshlandi, tadbirkorlar bunga javoban ommaviy ishdan bo’shatishlar bilan javob berdilar. Faqat to’qimachilik sanoatida 250 ming ishchi, temir yo’llar, junni qayta ishlash sanoatining yuz minglab ishchilari ishdan bo’shatildi.
Leyboristlar hukumati moliyaviy inqirozdan qutulish uchun 1931 yildan ijtimoiy extiyojlarga oid xarajatlarni yanada qisqartirish va egri soliqlarni oshirishni mo’ljalladi. Bu esa leyboristlar partiyasining o’zida ham norozilik tug’dirdi, natijada partiya inqirozi, ixtilof va ajralish ro’y berdi. Leyboristlarning ikkinchi hukumati 1931 yil avgustida iste’fo berdi. Angliya hukmron doiralari yirik siyosiy nayranglarni amalga oshirishga ahd qildilar. 1931 yil avgustida R.Makdonald hukumati iste’foga chiqdi, biroq ertasi kuniyoq qirol Georg U (1865-1936, 1910-1936 yillarda hukmronlik qilgan) unga hamkorlik asosida konservatorlar ishtirokida yangi hukumat tashkil qilish vazifasini topshirdi. Hukumatdagi ko’pchilik o’rin konservatorlarga tegishli edi, biroq Bosh vazir kursisida Makdonald qoldirildi. Bu yangi siyosiy xiyla-nayrang bo’lib, unda leyboristlar rahbarlik, konservatorlar esa hukmronlik qilardilar.
Yangi hukumat mehnatkashlarning ijtimoiy imtiyozlariga qarshi yoppasiga xujum boshladi. Ishsizlik bo’yicha nafaqa 10% ga pasaytirildi. O’ng leyboristlar, konservatorlar va liberallar bilan birlashib, Makdonald boshchiligidagi Reaktsion “milliy hukumat” 1935 yil yozigacha hokimiyat tepasida turdi.
Milliy koalitsiya hukumati Britaniya iqtisodiyotini oyoqqa turg’izish bo’yicha qizg’in ishga kirishdi. 1931-1932 yillarda parlament Angliyaga olib kiriluvchi barcha turdagi mahsulotlarga narxining kamida 10% miqdorida bojxona solig’i belgiladi. Angliya tarixda birinchi marta erkin savdo tamoyillariga qarshi borib, milliy iqtisodiyotni himoya qilish (protektsionizm) yo’lini tutdi.
Angliya “Milliy hukumati” tashqi siyosatida AQSh va Frantsiya hukumatlari bilan birgalikda Yaponiyaning Manchjuriyani bosib olishiga, Germaniyada hokimiyatning gitlerchilar qo’liga o’tishiga, urush o’choqlari va tugunlarining paydo bo’lishiga, urush olovining kuchayib borishiga yo’l qo’ydi va fashist agressorlarni rag’batlantirdi. 1933 yilda Angliya, Frantsiya, Germaniya va Italiya o’rtasida “To’rtlar ahdnomasi” tuzildi va fashist agressorlar bilan til biriktirildi.
Ingliz mustamlakachilari o’z mustamlakalarini, ayniqsa, Hindistonni tobora ko’proq talashga zo’r e’tibor berib keldilar. Ular Hindistonga chiqariladigan ingliz sanoat tovarlarining narxini pasaytirmaslikka, Hindiston qishloq xo’jalik mahsulotlarini arzon bahoda olib turishga intildilar (1929-1923 yillarda ingliz sanoat tovarlarining narxi faqat 20-25% pasaygan bo’lsa, Hindiston oziq-ovqat mahsulotlarining 2-3 baravar pasayib ketdi). Inqiroz yillarida Angliya kapitalining Hindistonga chiqarilishi 3 marta ko’paydi, og’ir shartlar bilan zayomlar berildi. Hind aholisi haddan tashqari talanib, Angliyaga ko’plab oltinlar keltirildi. Shu bilan birga Angliya Hindiston milliy kuchlarining jipslashuviga yo’l qo’ymaslik maqsadida hamda qonli terror va jazo-ta’qib siyosatini kuchaytirdi. Unga ko’ra Germaniyaga Angliya harbiy-dengiz flotining 1|3 ga teng harbiy-dengiz floti tuzishga ruxsat etildi. Bunday flotni tuzib Germaniya butun Boltiq dengizida xo’jayinga aylanardi. Angliya-Germaniya bitimi Versal bitimini buzardi, biroq buzg’unchi bu safar Angliya bo’lib, u Germaniyaning bunday buzg’unchiliklariga qarshi norozilik bildirishga ma’naviy huquqni yo’qotardi. Fashistlar tomonidan Reyn hududining bosib olinishini Angliya jim turib kuzatdi. Bu Germaniyaga qilingan tajovuzni davom ettirish haqida qilingan taklifdan boshqa narsa emasdi. Angliya Ispaniya respublikasi taqdirida ham salbiy rol o’ynadi. 1936 yil avgustida Londonda Angliya hukumatining tashabbusi bilan Evropa mamlakatlari Ispaniyaga qurol-yarog’ (shu jumladan samolyotlar)ni eksport va tranzit qilishni taqiqlovchi Ispaniya ishlariga aralashmaslik to’g’risidagi bitimni imzoladilar. Bu taqiqning bajarilishini kuzatish va nazorat qilish uchun ingliz lord Plimut rahbarligida Aralashmaslik qo’mitasi tuzildi. Bu qo’mita fashist davlatlariga Ispaniya respublikasini yo’q qilishga ko’maklashdi. U Ispaniyada respublika uchun kurashayotgan respublikachi va demokratlar uchun qurol-yarog’ va hatto oziq-ovqat keltirilishining yo’lini to’sdi va fashist isyonchilarini ta’minlash uchun barcha yo’llarni ochib berdi. Politsiya va qo’shinlar bilan to’qnashuvlar bo’lib, ularda yuzlab namoyishchilar o’ldirildi. Mamlakatda kasaba uyushmalari harakati faollarining ishi bo’yicha jarayon o’tkazildi. Ularga juda og’ir jazolar belgilandi - ayrimlari umrbod katorga ishlariga, boshqalar esa 12 yil qamoq jazosiga hukm qilindi. Shunday qilib Angliya hukumati o’z mustamlakalarini tark etish niyati yo’qligini bildirdi.
Angliya hukmron doiralari dominionlardagi aholiga nisbatan bir qancha yon berishlarga majbur bo’ldi. 1931 yilda Angliya parlamenti uning biror-bir qonuni dominionlarga ularning rasmiy roziligisiz tadbiq etilmasligini ko’zda tutuvchi xujjatni qabul qildi. Dominionlar qabul qilgan qarorlar endi. Angliya parlamenti tomonidan tasdiqlanmasdi. Angliya parlamentining bu xujjati Vestministr nizomi nomini oldi. U Angliya parlamentining mustamlaka va dominionlarda qabul qilingan qonunlarni bekor qilish huquqiga barham berdi. Vestministr nizomi dominionlarning mustaqilligini jilovlovchi so’nggi huquqiy cheklovlarni yo’q qildi (Kanada, Yangi Zelandiya, Avstraliya). Shu bilan birga, Britaniya hukumati mustamlaka va dominionlarning Angliyaga qaramligini mustahkamlashga urindi. Ular Angliyaning sanoat ustaxonasi bo’lib qolishlari lozim edi.



Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling