Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi eng yangi tarix


Download 4.26 Mb.
bet28/126
Sana12.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1768610
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   126
Bog'liq
portal.guldu.uz-ENG YANGI TARIX

Liberalizm - insonning individual erkini talab qiladigan va fuqarolarning shaxsiy hayotiga davlat mumkin qadar kamroq aralashishidan kelib chiqadigan mafkuradir.
Lekin amerika liberalizmi, ijtimoiy adolatni tan olgan holda, hech vaqt mamlakatni iqtisodiy o’sishiga zarar keltirish holatiga bormagan. Va 70-80 yillari ijtimoiy muhofazaga sarflanadigan mablag’ iqtisodiy rivojlantirishga to’sqinlik qilishi bilan liberallar o’z tamoyillaridan chekindilar. Liberalizm o’rniga neoliberalizm keldi. Yangi mafkuraga ko’ra, endi gap kambag’allarga va ishsizlarga nafaqalar tarqatish emas, balki iqtisodiyotni yangi tizimlariga kirib borish uchun ishchi kuchlarni qayta tayyorlashga qaratilgan edi.
AQShning siyosiy hayotida liberalizmga qarshi turgan asosiy siyosat bu konservatizm siyosati edi. Ushbu mafkura respublikachilar mafkurasi edi. Konservatizm xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish tarafdori bo’lib, har bir fuqaro o’zi uchun o’zi kurashishi kerak va jamiyatdan nafaqa kutishi kerak emas degan g’oyani ilgari surdilar. Amerika liberalizmi va konservatizmi o’rtasida unchalik farq yo’q edi, lekin liberalizmga ijtimoiy stabilizator va tenglashtiruvchi vazifasi hamda konservatizmga boylik orttirish vazifasi yuklangan edi.
AQShda saylov tizimi juda aniq ishlaydi va siyosiy vaziyatga ko’ra ikki partiya ham navbat bilan hokimiyat tepasiga keladi. 1945-1999 yillari demokratlar 26 yil, respublikachilar esa 27 yil hokimiyat tepasida bo’ldilar.
Ruzveltning 1945 yilda vafotidan so’ng, uning o’rnini vitse-prezident G.Trumen egalladi. Trumen Ruzvelt siyosatini davom ettirdi va aholini ijtimoiy muhofaza qilish borasida undan ham o’tib ketdi: aholini mehnat bilan to’la ta’minlash, davlat uylarini qurish, xarobalarni yo’q qilish va hokazo. "Yangi kurs"ga nisbatan Trumen dasturi "odil kurs" nomini oldi.
AQSh tashqi siyosatida ham keskin o’zgarishlar ro’y berdi. Atom bombasini Yaponiyada qo’llanishi AQSh diplomatiyasini atom diplomatiyasiga aylantirdi. "Trumen doktrinasi", "Marshall plani", NATO harbiy blokini tuzish AQShning "kuch ishlatish" tizimining ifodasi edi.
Lekin 1949 yilda sovet atom qurolini sinovdan o’tkazilishi AQShning "kuch ishlatish" siyosatini ancha susaytirib qo’ydi.



Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling