Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi eng yangi tarix


-mavzu: AQSH IKKINCHI JAHON URUSHIDAN KEYIN


Download 4.26 Mb.
bet27/126
Sana12.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1768610
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   126
Bog'liq
portal.guldu.uz-ENG YANGI TARIX

7-mavzu: AQSH IKKINCHI JAHON URUSHIDAN KEYIN.
Asosiy savollar:
1.AQSh 50-90 nchi yillarda
2.50-90 nchi yillarda AQShning ichki siyosati
3.50-90 nchi yillarda AQShning tashqi siyosati
Tayanch iboralar:
Harbiy buyurtma, VPK (harbiy-sanoat kompleksi), harbiy va sanoat korporatsiyalari, Pentagon, F.Ruzveltning "yangi kursi", liberalizm, "umumiy farog’at jamoasi", neoliberalizm, konservatizm, G.Trumen, "odil kurs", "Trumen doktrinasi", "Marshall plani", Duayt Eyzenxauer, D. Makkarti, makkartizm, R.Nikson, D.Kennedi, L.Jonson, "buyuk jamiyat barpo etish dasturi", "yumshoq" aks-sado" siyosati, M.L.King, "yangi iqtisodiy siyosat", neokonservatizm, Uotergeyt ishi, yangi konservatizm, J.Karter, Kemp-Devid, J .Bush , R.Reygan, reyganomika, U.Klinton, J. Bush (kichik). AQSh va Iroq.
Mavzuga oid muammolar:
1. AQSh siyosiy hayotida o’ng oqim ta’sirining kuchayishi sabablarini aniqlang.
2. AQSh tashqi siyosati doktrinalarining umumiyligi va bir-biridan farqli tomonlari.
3. Ko’p qutbli dunyo sharoitida xalqaro maydonda antiamerikanizm kayfiyatining kuchayishi sabablarini izohlang.


1- asosiy savol.
AQSh 50-90 yillarda


1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:
AQSh rivojlanishidagi asosiy siyosiy yo’nalishlarni ko’rsatib berish.


Identiv o’quv maqsadlari:
1.1 AQSh harbiy-siyosiy kompleksiga sharh beradi.
1.2 Ruzveltning "yangi kurs"i mohiyatini ochib beradi.
1.3 Liberalizm va konservatizm tushunchalarini tahlil qiladi.


1-asosiy savolning bayoni:
Ikkinchi jahon urushi Evropaga nisbatan AQShga unchalik talofat olib kelmadi. To’rt yil ichida AQShning talofati 300 ming kishini hamda moddiy zarari - 1,2 mlrd dollarni tashkil etdi. Lekin urush Amerika kompaniyalarini misli ko’rilmagan holda boyitib yubordi. Sanoat ishlab chiqarishi 2 barobar o’sdi, Amerika biznesining sof daromadi 47 mlrd dollarni tashkil etdi. Bundan tashqari boshqa davlatlar AQShga 41 mlrd dollar qarz bo’ldilar. AQSh hukumatiga Germaniyaning oltin zaxirasi to’laligicha o’tgan edi. AQShda dunyo oltin zaxiralarining 65 % saqlanar edi. 1947 yili AQSh ulushiga dunyoning 54 % sanoat ishlab chiqarishi to’g’ri kelar edi. Dengiz floti sig’imi, urush yillari davrida 5 barobar, eksport ham 5 barobar oshdi. AQSh dunyoning 1 darajali dengiz davlatiga aylandi.
Yadro qurolini ishlab chiqarish AQSh iqtisodiyotining eng muhim sohasiga aylandi. Kompyuter texnikasini, elektronikadagi, mashinasozlikdagi hamda energetikadagi progress ham atom energiyasi ishlab chiqarishi bilan bog’liq edi.
Harbiy biznesni rivojlanishi hamda qurolni ko’paytirish musobaqasi AQSh da harbiy-sanoat kompleksini (VPK) barpo etishga olib keldi. VPKning asosiy tarkibiy qismlari yirik sanoat va harbiy korporatsiyalar, harbiy vazirlik va bir qator davlat va siyosiy tashkilotlar. VKP "davlat ichidagi davlat"ga aylandi. VPKning bosh buyurtmachisi - qurol-aslaxalar ishlab chiqarishni o’z monopoliyasiga aylantirgan Pentagon edi.
Tinchlik yo’liga qaytgan amerika xalqi chuqur ijtimoiy va iqtisodiy islohotlarni kutar edi. Shu maqsadda F. Ruzveltning vafotidan so’ng uning "yangi kurs" siyosati davlat mafkurasiga aylandi. Yangi kurs mafkurasining mohiyati quyidagilar:
1. Mamlakatda yagona umumdavlat ijtimoiy ta’minot tizimini yaratish;
2. Monopoliyalarning iqtisodiy faoliyati hamda narx-navoni shakllanish siyosati ustidan jamoaning demokratik nazoratini o’rnatish;
3. Deputatlarni chaqirib olish, referendumlar o’tkazish, demokratiya tizimlarini kengaytirish;
4. Davlat tizimlarida hamda partiyalarda turli millat va irqidan kelib chiqib erkak va ayollarning teng vakolatini ta’minlash;
5. Soliqlar asosida bepul tibbiy xizmat, arzon uy-joy qurish, kam ta’minlangan oilalarga nafaqalar, bolalar nafaqasi, maktabdagi bepul ovqatlar, bepul o’rta maxsus ta’lim tizimlarini barpo etish uchun milliy daromadni qayta taqsimlashga erishish.
Demokrat- prezidentlar Ruzvelt, Trumen, Kennedi, Jonson va Klinton davrida liberalizm kontseptsiyasi amalga oshirildi.

Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling