Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi eng yangi tarix


Download 4.26 Mb.
bet35/126
Sana12.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1768610
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   126
Bog'liq
portal.guldu.uz-ENG YANGI TARIX

3-asosiy savol:
Frantsiya 70-90 nchi yillarda.


3-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:
Frantsiyaning 70-90 nchi yillardagi iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy xolatini ko’rsatib beradi.
3-asosiy savolning bayoni:
1969 yili iyun oyida de Gollning sodiq safdoshi, uning siyosiy yo’lidan borgan Jorj Pompidu respublika prezidenti etib saylandi. J.Pompidu tomonidan olib borilgan siyosat natijasida siyosiy partiyalar soni kamaydi va hukumatni tez-tez almashib turishiga barham berildi. 1974 yil bahorda J.Pompidu vafot etdi. Prezident saylovlarida kurash o’nglar, de Gollchilar tarafdori nomzodi V.Jiskar d`Esten va so’llar namoyondasi - sotsialistik partiyasi lideri Fransua Mitteran o’rtasida bo’lib o’tdi.
V.Jiskar d`Esten g’olib chiqdi va u respublika tizimini qo’llash Birlashmasi lideri Jak Shirakni bosh vazir etib tayinladi. 1974 yili boshqa G’arb mamlakatlari kabi Frantsiyani ham iqtisodiy inqiroz xolati qamrab oldi. Ishlab chiqarish qisqardi, ishsizlik va inflyatsiya oshdi, jahon bozorida neftning bahosi tushib ketdi. Ishsizlar soni 1,5 millionga etdi.
Jiskar d` Esten liberalizm g’oyasi asosida ijtimoiy o’zgarishlar o’tkazish tarafdori edi: mehnat sharoitini yaxshilash, ayollar huquqini kengaytirish, yoshlarni ish bilan ta’minlash va hokazo.
Lekin 1981 yilgi prezidentlik saylovlarida so’l kuchlar vakili F.Mitteran (1916-1996) g’olib chiqdi. U Milliy majlisni tarqatib yubordi va yangi saylovlarni e’lon qildi. Natijada sotsialistlar aksariyat ovozga ega bo’lishdilar.
Yangi prezidentlikning birinchi yilidayoq mehnatkashlar foydasiga bir necha reformalar o’tkazildi: ko’p bolali oilalar, ishsizlar nafaqasi hamda ish haqi oshirildi, nafaqalar va stipendiyalar miqdori ham oshirildi; yirik kapitalga qo’yiladigan soliq oshirildi, ish haftasi 39 soatga kamaytirildi. Per Morua hukumati korxonalarni milliylashtirish dasturini amalga oshirishga kirishdi.
Lekin ushbu islohotlarga moliyaviy va sanoat oligarxiyasi tomonidan qarshilik ko’rsatildi. Byudjet defitsiti misli ko’rilmagan darajada o’sib ketdi. Hukumat islohotlarni to’xtatishga majbur bo’ldi. Bir necha korxonalar yopildi, soliqlar va narx-navolar oshirildi. Ishsizlik yana oshdi.
1984 yildan Mitteran tanqidga uchray boshladi. Milliy ziddiyatlar paydo bo’ldi. Natijada sotsialistlar o’z mavqeini yo’qotdilar. 1986 yilgi parlament saylovlarida de Gollchilar partiyalari OPR (J.Shirak) va frantsuz demokratiyasi uchun Ittifoq (J.d`Esten) ko’pchilikni qo’lga kiritdilar.
1988 yil, may oyidagi prezidentlik saylovlarida asosiy kurash F.Mitteran va J.Shirak o’rtasida bo’ldi. Ko’p ovoz bilan F.Mitteran g’olib chiqdi (72 yoshda edi va og’ir kasallikka chalingan edi).
Frantsiyaning milliy majlisiga bo’lib o’tgan saylovlarda o’ng partiyalar namoyandalari ko’pchilik o’ringa ega bo’ldilar. 1995 yil 7 mayda bo’lib o’tgan prezidentlik saylovlarida Jak Shirak g’olib chiqdi. Saylovoldi chiqishlarda u "yagona Evropa" g’oyasini tashabbuskori edi (Maastrixt kelishuvi). Undan tashqari 1999 yilga kelib yagona Evropa pul tizimini tuzishga reja tuzilgan edi.
1997 yili Shirak muddatidan avval parlament saylovlarini e’lon qildi, lekin uning tarafdorlari mag’lubiyatga uchradi. Parlamentda ko’pchilik ovozlarni kommunistlar bilan birgalikda sotsialistlar egalladilar. Sotsialistlar lideri Lionel Jaspen bosh vazir lavozimini egalladi.

Frantsiya Prezidentlari



1945-1946

Sharl de Goll

1947-1953

Vinsent Oriol

1953-1958

Rene Koti

1958-1969

Sharl de Goll

1969-1974

Jorj Pompidu

1974-1981

Valeri Jiskar d`Esten

1981-1995

Fransua Mitteran

1995-2007

Jak Shirak

2007-

Nikolya Sarkazi.




Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling