Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi eng yangi tarix


-mavzu: FRANTSIYA IKKINCHI JAHON URUSHIDAN KEYIN


Download 4.26 Mb.
bet32/126
Sana12.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1768610
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   126
Bog'liq
portal.guldu.uz-ENG YANGI TARIX

8-mavzu: FRANTSIYA IKKINCHI JAHON URUSHIDAN KEYIN.
Asosiy savollar:
1. Frantsiya ikkinchi jahon urushidan keyin.
2. De Goll. To’rtinchi va Beshinchi respublika.
3. Frantsiya 70-90 yillarda.


Tayanch iboralar:
Muvaqqat rejim, FKP, fashizmga qarshilik ko’rsatish harakati, "qonun yo’li bilan inqilob", "xalq-respublikachilik harakati" (MRP), De Goll, "gollizm", "kurashayotgan Frantsiya", tashkiliy majlis, milliylashtirish, To’rtinchi respublika, Beshinchi respublika, Jorj Pompidu, Evian kelishuvi, Jerar d` Esten, Fransua Mitteran, J.Shirak.N.Sarkozi.


Mavzuga oid muammolar:
1. Frantsiya siyosiy hayotida radikalizm an’analarining kuchliligini tarixiy ildizlarini aniqlash va baholash.
2.Frantsiyada millatlararo munosabatlarning o’ziga xos xususiyatlari, ularning mamlakat siyosatiga ta’siri.


1-asosiy savol:
Frantsiya ikkinchi jahon urushidan keyin.


1-asosiy savolning bayoni:
Mamlakatni ozod qilinishidan boshlab (1944 yil kuzda) to To’rtinchi Respublika konstitutsiyasini qabul qilganga qadar (1946 yil kuzda) Frantsiyaning siyosiy tizimi tarixga Muvaqqat tartib nomi bilan kirdi. Demokratik va aksilfashistik kuchlar muvaffaqiyatga ega bo’lganlardagi bu davr qisqa bo’lsa ham, lekin mamlakat tarixida nihoyatda muhim davr edi.
Urush natijasida frantsuz iqtisodiyoti zaiflashgan edi. Sanoat ishlab chiqarish hajmi 38 % ga pasayib ketdi, qishloq xo’jaligida esa (urushgacha bo’lgan ko’rsatkichga nisbatan) - 60 % ga. Aksariyat zavodlar to’xtab qolgan, shaxtalar ishlamas, transport falaj holda edi. Pul tizimi ishlamas, tashqi savdo deyarli yo’q edi. Mamlakatda yoqilg’i, xom ashyo, oziq-ovqat, keng iste’mol mollarining etmasligi ko’rinib turar edi. Narx-navolar tez sur’atda oshib borar edi va urushgacha bo’lgan holatdan 6 barobar oshib ketdi. Aholini oziq-ovqat bilan ta’minlash maqsadida kartochka tizimi joriy etildi. Chayqovchilik va "qora bozor" davri keldi.
Siyosiy hayotda ham katta o’zgarishlar ro’y berdi. Frantsiyaning milliy manfaatlaridan kelib chiqib faoliyat ko’rsatmagan siyosiy partiyalar siyosiy davradan chiqib ketdilar. Davraga so’l, aksilfashistik tashkilotlar chiqa boshladi. E’tirof etish kerak, FKP (Frantsiya kompartiyasi) katta obro’ qozondi. FKP rahbarligida frantsuz aksilfashistik harakati faoliyat ko’rsatar edi. 1945 yili aksilfashistik harakat mamlakatni eng kuchli siyosiy partiyasiga aylandi. Harakat tarkibida 900 ming a’zo bor edi.
Ushbu harakatda ishtirok etgan va ishchilar bilan aloqa o’rnatgan sotsialistik partiya ham o’z holatini yaxshilab oldi. 1946 yili e’lon qilingan "Tamoyillar Deklaratsiyasida" joriy tizimni yo’q qilish maqsadini oshkor etdi. Urush yillarida sotsialistlar KPF bilan birlashish niyatlarini aytdilar va 1944 yil dekabr oyida ikki partiya Kelishuv qo’mitasini tuzdilar. Urush davrida 5,5 million a’zoni o’z ichiga olgan va Evropa mehnatkashlarini birlashtirgan Umumiy Mehnat Konfederatsiyasi tuzilgan edi.
Fashistlar bilan hamkorlik qilib o’z obro’sini yo’qotgan bir necha partiyalar o’zlari tarqalib ketdi yoki hukumat tomonidan tarqatib yuborildi. Ularning o’rniga yangi partiyalar kirib keldi va ular orasida nisbatan obro’li bo’lgan va 1944 yil noyabr oyida tashkil topgan MRP - Respublika xalq harakati edi. MRP dasturida "qonunlar yo’li bilan inqilob",sanoatni qisman milliylashtirish va iqtisodiyotni idora qilishni davlatga topshirishga o’xshagan tadbirlar ko’zda tutilgan edi.
Tashqi siyosatda esa MRP G’arbiy Evropa mamlakatlarini birlashtirish g’oyasini ilgari surar edi. MRP rahbarlari Amerika Qo’shma shtatlariga o’xshash "Evropa Qo’shma Shtatlari" ni tuzishga chaqirardilar.
MRPning ommabopligi, asosan o’z idroki va siyosiy qarashlari bilan Frantsiyaning urushdan keyingi tarixiga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatgan "kurashayotgan Frantsiya" deb nomlangan vatanparvarlik harakati rahbari general Sharl de Goll bilan bog’liq.
Bizga ma’lum, urushdan keyingi birinchi muvaqqat hukumatni Sharl de Goll boshqargan edi. Hukumat tarkibiga aksilfashistik partiyalar vakillari, kommunist va sotsialistlarni o’z ichiga olgan Qarshi Kurash faollari kirdilar. Fashistlar bilan hamkorlik qilgan Vishi va Peten boshchiligidagi barcha vazirlar sud oldida javob berdilar.
Muvaqqat rejim davrining eng asosiy voqeasi - bu Tashkiliy majlisga saylovlar edi. Saylovlar 1945 yil 21 oktyabrda bo’lib o’tdi va KPFga g’oliblikni olib keldi. Ikkinchi o’rinda sotsialistlar, uchinchi o’rinda - MRP. De Goll bosh ministr bo’ldi, hukumat tarkibiga kommunistlar, sotsialistlar va MRP vakillari kirdi.
Lekin, bunday holat de Gollga yoqmadi. Va fursatdan foydalanib (deputatlar de Goll talabiga zid holda harbiy byudjetni 20 %ga kamaytirdilar) iste’foga chiqdi va to 1958 yilgacha mamlakat siyosiy hayotida ishtirok etmadi.
De Goll iste’fosidan keyin bir necha ijobiy o’zgarishlar ro’y berdi. Gaz va elektroenergiya sanoati hamda barcha yirik banklar milliylashtirildi. Milliylashtirilgan korxonalar boshqaruviga hukumat vakillari, ishchilar va xizmatchilar kiritildi. 40-soatlik ish haftasi, 2 haftalik ta’til ishchilar uchun va 3-haftalik ta’til xizmatchilar uchun joriy etildi. Ijtimoiy sug’urtaning yagona tizimi tadbiq etildi, ish haqi 80% ga oshdi.
Muvaqqat rejimni qo’lga kiritgan eng katta yutuqlaridan - bu mamlakatda demokratik tizimni tasdiqlovchi yangi Konstitutsiyani qabul qilinishi edi. Saylanadigan Milliy majlis prezident va hukumat ustidan nazoratni o’z qo’lida saqlab qoldi.
De Goll va "gollizm" tushunchasiga qaytadigan bo’lsak Sharl de Goll 1890 yil 22 noyabrda Lillda, qadimiy dvoryan oilasida dunyoga keldi.
1940 yilning iyun oyida, Frantsiyani taslim bo’lgan kuni de Goll Bi-Bi-Si orqali frantsuz armiyasiga murojaat qilib, fashizmga qarshi kurashni davom ettirishga chaqirdi. Shu kundan boshlab de Goll davlat arbobi hayotini boshladi.
Buyuk davlat sifatida Frantsiyaning qayta tiklanishini eng bosh maqsad qilib olgan uning siyosiy kontseptsiyasi "gollizm" nomini olgan. Ushbu kontseptsiyaning asosiy mazmunini to’rtta tushuncha orqali ifoda etsa bo’ladi: "millat", "kuchli davlat", "Frantsiyaning buyukligi" va "ijtimoiy reformalar".
De Goll davlat boshlig’i, ya’ni prezident vakolatlarini kengaytirish tarafdori edi. De Goll faoliyatining ahamiyati - ijtimoiy guruhlarga bo’linmagan yagona millatni barpo etish ustida urinishlari edi. Shu maqsadda mamlakatda bir necha iqtisodiy reformalarni amalga oshirish kerak edi. Jumladan, sanoatni qisman milliylashtirish, mehnat sharoitlarini yaxshilash va ijtimoiy sug’urta tizimini joriy etish.
Tashqi siyosatda esa de Goll Frantsiya qaramog’i ostida Evropani yagona iqtisodiy va siyosiy ittifoqqa birlashtirishning izchil va sobit tarafdori edi.

Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling