Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi eng yangi tarix


Download 4.26 Mb.
bet40/126
Sana12.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1768610
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   126
Bog'liq
portal.guldu.uz-ENG YANGI TARIX

Nazorat savollari:
1. Janubiy-G’arbiy Osiyo mamlakatlarining siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy holatini izohlab bering.
2. Yaqin Sharq muammosining (Isroil - Falastin) asl mohiyatini tushuntirib bering.
3. Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlarining siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy holatini yoritib bering.
4. JShO davlatlarining keskin rivojlanishi sabablarini tahlil qilib bering.


3-asosiy savol:
Afrika mamlakatlari 1945-2007 yillarda.
3-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi
Afrika mamlakatlarining ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy holatini ko’rsatish.
3-asosiy savolning bayoni:
Afrikaning mustamlaka siyosatidan ozod bo’lish davri ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarni o’z ichiga oladi. Avval mustaqillikka Shimoliy Afrikadagi barcha arab davlatlari erishdilar (Jazoirdan tashqari). Tropik Afrikaning aksariyat davlatlari mustaqillikni 1960 yili qo’lga kiritdilar va bu yilni Afrika yili deb ataydilar. Keyin dekolonizatsiya jarayonlari oson kechmadi. Angola, Mozambik, Gvineya-Bisau urushlar evaziga mustaqillikka erishdilar (Portugaliya).
Janubiy Rodeziyada ahvol murakkab edi. U erdagi oq tanlilar aholisi - fermerlar 1965 yili Rodeziyaning mustaqilligini e’lon qildilar. Na Angliya, na BMT Rodeziyani tan olmadilar, asosiy aholi afrikaliklar esa qurolli kurashni boshladilar. Oq tanlilar 1979 yili mahalliy aholi bilan muzokaralar olib borishga majbur bo’ldilar. Konstitutsiya ishlab chiqarildi va 1980 yilda saylovlar bo’lib o’tdi. Mamlakat yangi nom bilan o’zini dunyoga tanitdi: Zimbabve.
Mustaqillikka ega bo’lmagan oxirgi hudud - bu Germaniyaga qarashli Janubiy-G’arbiy Afrika edi: birinchi jahon urushidan keyin uni boshqarish Janubiy Afrika Respublikasi zimmasiga yuklatilgan edi. Qurolli kurash natijasida 1989 yili bu erda ham yangi mustaqil davlat paydo bo’ldi - Namibiya (Afrikada hozir 52 mustaqil davlat bor).
Shimoliy Afrikaning arab davlatlarida rivojlanish turli yo’llar bilan bordi. Marokko va Tunis G’arb yo’nalishida borgan bo’lsa (bozor iqtisodiyoti), Jazoir va Liviya esa sotsialistik islohotlar tarafdori edi.
Eng yirik arab davlati bu - Misr edi. Misrning tashqi siyosati, Suvaysh kanali Angliya nazorati ostida edi. 1952 yilgi inqilob natijasida qirol Faruq ag’darib tashlandi va davlatni G.A.Nosir boshqardi. 1956 yili Suvaysh kanali milliylashtirildi. 1956 yili Isroil urush boshladi va Sinoy yarim orolini bosib oldi. Isroilga Angliya va Frantsiya ham qo’shildi. Lekin BMT chet el askarlarini Misr hududidan chiqib ketishni talab qildi.
1958 yili Birlashgan Arab Respublikasi (Misr Q Suriya) tashkil topganligi to’g’risida e’lon qilindi. 1961 yili BAR tugatildi - Suriya chiqib ketdi. 1967 yilgi urushda esa Misr mag’lubiyatga uchradi. Iqtisodiyot inqirozga duch keldi. Suvaysh kanali (daromad manbai) ishlamas edi, davlat sektori unchalik daromad keltirmas edi.
Nosirning o’limidan so’ng (1970) mamlakatda katta o’zgarishlar ro’y berdi. A.Sadat davrida xususiy kapitalga erkinlik berildi, chet el kapitaliga ham "eshiklar ochildi". Sinay yarim orolini qaytarib olishni iloji qolmadi va Sadat 1978 yili AQSh prezidenti Dj.Karter vositachiligida Isroil Bosh vaziri Menaxem Begin bilan tinchlik shartnomasiga imzo chekdilar.
Arab dunyosi ushbu shartnomaga qarshi chiqdi. Misr arab mamlakatlari Ligasidan o’chirildi. 1981 yili A.Sadat islom fanatiki tomonidan otib o’ldirildi.
Keyingi prezident Xosni Muborak Misrni inqirozdan chiqarishga muvaffaq bo’ldi.

Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling