Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi eng yangi tarix


Versal tinchlik konferentsiyasida


Download 4.26 Mb.
bet39/126
Sana12.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1768610
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   126
Bog'liq
portal.guldu.uz-ENG YANGI TARIX

Versal tinchlik konferentsiyasida (1919) Angliya Falastinni boshqarish uchun mandatga ega bo’ldi va juda faollik bilan yahudiylar davlatini barpo etishga kirishdi. Agar 1918 yili Falastinda yahudiylar aholisi 50 mingni tashkil qilgan bo’lsa, 1922 yilga kelib 85 mingga etdi. Germaniyada fashizmning kuchayishi va Evropada yahudiylarni kamsitilishi yahudiylarni Falastinga ko’plab ko’chib kelishiga olib keldi. Har yili qariyb 100 ming yahudiylar kelar edi. 1947 yili Angliya BMT oldiga Falastin masalasini qo’ydi: mamlakatni 2 qismga, ya’ni yahudiylar va arablar qismiga bo’lish taklifini qo’ydi. Arablar bu rejani rad etdilar, yahudiylar esa bu taklifni o’z davlatlarini barpo etish huquqiga ega ekanliklarini e’tirof etildi deb qabul qildilar. 1947 yili 29 noyabrda BMT Falastinni ikki qismga bo’lish to’g’risida qaror qabul qildi.
Bu birinchi arab-isroil urushining boshlanishi edi.
Yahudiylar armiyasi yaxshi tayyorlangan edi. AQSh va Angliya qurol-aslaha bilan ta’minladi. 1948 yil 14 mayda sionistlar lideri Ben Gurion Tel-Avivda Isroil deb nomlangan mustaqil davlatni e’lon qildi. Besh arab davlatlari Isroilga qarshi o’z qo’shinlarini yubordi, lekin mag’lubiyatga uchradilar.
Yahudiylar, falastinlik arablarni o’z joylaridan xaydadilar. 500 ming falastinliklar qo’shni Livanga qochib chiqdilar.
Isroil tez fursatda rivojlangan va kuchli armiyaga ega bo’lgan davlatga aylandi. Yahudiy immigrantlar bilan bu erga kapital va zamonaviy texnologiyalar ham kirib keldi.
Hozirgi kunda qurol aslaha ishlab chiqarish Isroil iqtisodiyotining muhim sohasiga aylangan. Isroilning barcha eksport daromadlarini 40%ni qurol-aslaha savdosi tashkil etadi. Aholining odam boshiga harbiy harajatlari bo’yicha isroil dunyoda birinchi o’rinni egallaydi.
1964 yili Livan hududida - Falastin xalqining o’z vatanini ozod qilish uchun harakatning harbiy avangardi - Falastinni ozod qilish Tashkiloti (OOP) tashkil topdi. 1969 yildan OOP raisi Yosir Arofat.
10 yil mobaynida Isroil yangi urushga tayyorgarlik ko’rdi. AQSh yordamida Isroil eng zamonaviy qurollar bilan ta’minlangan katta armiyaga ega bo’ldi.
1967 yil 5 iyunda Isroil qo’shinlari Iordaniya, Suriya va Misrga hamla qildilar. 5 kun ichida Isroil qo’shinlari Sinay yarim orolini kesib o’tdilar va Suvaysh kanaliga kelib Ierusalimni bosib oldilar. Isroil o’zining hududidan uch barobar katta hududni bosib oldi.
Isroil davlati qachon tan olinsa, o’shandagina bosib olingan erlar qaytarib berilishini Isroil hukumati e’lon qildi.
70-yillarda Isroilga nisbatan umumiy munosabatni ishlab chiqish maqsadida arab mamlakatlarida siyosiy harakat shakllana boshladi. 1967 yili Sudan poytaxti Xartumda arab mamlakatlarining liderlari to’planib, "uchta yo’q" tushuncha asosida qaror qabul qildilar, ya’ni:
-Isroil bilan muzokaralar olib bormaslik;
-Uni tan olmaslik;
-Separat holda u bilan tinchlik kelishuvga bormaslik.
Bunga javoban G’arb mamlakatlari Isroilga yordam berishni kuchaytirdilar. 1969-1979 yillari Isroil ayrim manbalardan zayom yoki yordam ko’rinishida 20 mlrd dollardan ortiq mabla//a ega bo’ldi. U arablarni Falastindan haydab chiqarish kompaniyasini boshlab yubordi. Quddusda musulmonlar, xristanlar va katoliklarning muqaddas joylari borligini hisobga olmagan holda Ierusalim (Quddus) Isroil davlatining poytaxti sifatida e’lon qilindi.
90-nchi yillarga kelib AQSh tashabbusi bilan OOP va Isroilni yarashtirish jarayoni boshlanadi. 1993 yil 13 sentyabrda Vashingtonda B.Klinton vositachiligida Yo.Arafat va Isroil Bosh Vaziri Itsxak Rabin o’rtasida Kelishuv imzolanadi. Ana shu kelishuv natijasi o’laroq, 1994 yil 13 mayda Isroil Ierixondan (Iordan daryosining g’arbiy qirg’og’i) va 18 mayda G’azo sektoridan qo’shinlarini olib chiqib ketdi. 1994 yil oktyabrda Yo.Arofat, Sh.Peres va I.Rabin Nobel mukofotiga sazovor bo’ldilar.
Lekin hozirgi kunga kelib Isroil va Falastin o’rtasidagi mojaro yana kuchaya boshladi.
Shuni ta’kidlash kerak-ki, 70-yillari SSSR bilan yaqinlashgan aksariyat arab mamlakatlari "sotsializm qurishga" urinib ko’rdilar. Boshqa arab davlatlari, xususan Fors kurfazida joylashgan monarxiyalar (Katar, Baxrayn, Quvayt, OAE, Saudiya Arabistoni) neftni eksport qiladigan davlatga aylanib, daromadlarini keskin oshirdilar. Yirik mablag’lar evaziga bu davlatlarda transport, aloqa, neft va gazni ishlab chiqarish korxonalari eng so’nggi texnologiyalar asosida zamonaviylashtirildi.
Endi Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari to’g’risida (YuVA yoki JShO). JShO Hinduxitoy yarim oroli va orollarida joylashgan davlatlarni (Avstraliya yo’nalishidagi) o’z ichiga oladi. Hinduxitoy aholisining aksariyati buddaviylar, Indoneziya, Malayziya va Bruney aholisi - musulmonlar, Filippinda esa xristian-katoliklar yashaydi.
JShO da eng yirik davlatlardan biri - Vetnam. 60-nchi yillardagi AQSh-Vetnam urushi ushbu hududdagi holatni o’zgartirib yubordi. 1986 yili Vetnam Xitoy misolida bozor islohotlarini amalga oshirishni boshladi, lekin Kompartiya rahbarligida. Malayziya, Indoneziya, Singapur, Tailand va Filippin esa bozor munosabatlarini G’arb usulida o’rnatdilar. 70-80 nchi yillarda ular eksportga qaratilgan sanoat turlarini rivojlantirdilar va tez vaqt orasida "yangi industrial mamlakatlar" qatoridan joy oldilar.



Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling