Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi eng yangi tarix


Download 4.26 Mb.
bet38/126
Sana12.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1768610
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   126
Bog'liq
portal.guldu.uz-ENG YANGI TARIX

Misol uchun: Neftni eksport qiladigan davlatlar: (million barrel - sutkada)
1 barrel q 159 litr
Saudiya Arabistoni - 8,1 BAA - 2,1
Rossiya - 4,6 Quvayt - 2,06
Eron - 3,7 Nigeriya - 2,0
Norvegiya - 3,2 Meksika - 1,45
Venesuela - 2,8 Liviya - 1,4
Iroq - 2,2 Indoneziya - 1,2
Angliya - 1,15
Ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy jihatdan eng yaxshi rivojlanayotgan davlatlar "yangi industrial mamlakatlar" -Gonkong, Singapur, Tayvan, Janubiy Koreya, Indoneziya, Malayziya, Filippin.


Nazorat savollari:
1. Koloniyalarning mustaqillik uchun kurash jarayonini yoritib bering.
2. "Uchinchi dunyo" tushunchasiga teng boshqa tushunchalarni izohlab bering.
3. "Uchinchi dunyo" mamlakatlarida demografik, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy muammolarni tahlil qilib bering.


2-asosiy savol:
Osiyo mamlakatlari 1945-2007 yillarda.


2-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:
Osiyo mamlakatlarining ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy holatini ko’rsatish.


2-asosiy savolning bayoni:
Janubiy-G’arbiy Osiyo (JG’O) mamlakatlarining ikkinchi jahon urushidan keyin mustaqillikka erishishi Angliyani va Frantsiyani Iordaniya, Iroq, Falastin, Suriya va Livan ustidan hukmronlik qilish huquqini qaytarib olishdan boshlandi. Keyinchalik mustaqillik Fors qo’rfazida joylashgan amirliklarga "in’om" etildi.
Ikkinchi jahon urushidan keyin SSSR JG’Oda o’z ta’sir doirasini kengaytirishga urindi (Turkiya, Eron Ozarbayjoni). Bunga javoban AQSh mintaqa mamlakatlariga harbiy va iqtisodiy yordam bera boshladi, ularni SSSRga qarshi qaratilgan harbiy bloklarga jalb qila boshladi. Turkiya NATOga, Eron esa SENTOga a’zo bo’ldi.
1979 yili SSSR o’zi tomonidan o’rnatgan rejimni saqlab qolish maqsadida Afg’oniston hududiga harbiy qo’shinlarini olib kirdi va o’n yil davolmida AQShdan yordam olib turgan kuchlarga qarshi urush olib bordi.
JG’Oda yirik davlatlar o’rtasidagi raqobat arab-isroil mojarosida yaqqol namoyon bo’ldi. AQSh Isroilni qo’llab-quvvatlar edi, lekin neft xom ashyosini hisobga olgan holda arab davlatlar bilan aloqani uzishga ham shoshilmas edi.
Mojaro jarayonida Isroil o’zining mavqeini mustahkamlab oldi. Isroil- yirik arab mamlakatlari Suriya, Livan, Iroq, Quvayt, Saudiya Arabistoni va Iordaniya o’rtasidagi mitti bir mamlakat. Birlashgan arab qurolli kuchlari bilan to’rt marotaba urush olib borgan (1948-1949, 1956, 1967, 1973) va 1982 yili Falastin qochoqlari lagerlarini yo’q qilish maqsadida Livan hududiga bostirib kirgan.

Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling