Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi eng yangi tarix


Download 4.26 Mb.
bet46/126
Sana12.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1768610
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   126
Bog'liq
portal.guldu.uz-ENG YANGI TARIX

Nazorat savollari:
1. Urushdan keyingi davrda Hindistondagi umumiy holatni ochib bering.
2. Hindistonning mustaqillikka erishish jarayoniga izoh bering.
3. Hindiston iqtisodiyotini tahlil qilib bering.


2-asosiy savol:
60-70-yillarda Hindistonning ichki va tashqi siyosati.
2-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi
Hindistonning 60-70-yillarda olib borgan ichki va tashqi siyosatini ko’rsatish.
2-asosiy savolning bayoni:
60-70-yillarda iqtisodiyotda asosiy rolni xususiy sektor o’ynar edi. Hindiston ishlab chiqarishida ingliz va amerika monopoliyalarining pozitsiyalari kuchli edi. Hindistonning ko’pgina monopolistlari ular bilan bog’langan bo’lib, ulardan yordam olib turardilar.
1971-1973 yillarda HMK, saylovchilarning qo’llab-quvvatlashiga tayanib, bir qancha muhim choralarni amalga oshirdi:
a) sug’urta tizimi ustidan davlat nazoratini o’rnatdi;
b) knyaz va rojalarning nafaqa va imtiyozlari bekor qilindi;
v) mis ishlab chiqarish, ko’mir va to’qimachilik sanoatiga qarashli ko’pgina korxonalar milliylashtirildi va davlat nazorati ostiga olindi.
Muvaffaqiyatlar bilan bir qatorda salbiy tadbirlar ham amalga oshirildi. Masalan, butun Hindiston bo’ylab hindu tilini yagona davlat tili sifatida tadbiq etishga urinish edi. Hindistonda 16 ta yirik va qadimiy tillar mavjud bo’lib, davlatning tuzilish tarkibi ham til asosida amalga oshirilgan edi. Va ushbu siyosatga javoban Panjobda separatistik harakat vujudga keldi - u erdagi sikx aholisi Panjobni ajralib chiqishini va alohida Xoliston davlatini tuzishni o’ziga maqsad qilib qo’ydi. Shunga o’xshash harakatlar Tamilanduda (Madras), Kashmirda, Uttar-Pradeshda va Bixarda bo’lib o’tdi. Indira Gandining ushbu xatosi mamlakat uchun og’irga tushdi.
Indira Gandining ikkinchi xatosi - bu aholi sonini oshishi ustidan nazoratni o’rnatish edi. Yaxshi niyatda qilingan ushbu tadbir ham xalq orasida norozichilikni tug’dirdi.
Bular bilan bir qatorda, HMKning eng yuqori qatlamlarida korruptsiya, hokimiyatdan sui’iste’mol qilish hollari ham paydo bo’ldi. 1975 yili HMK siyosatiga qarshi chiqqanlarning minglab vakillari xibsga olindi, matbuotga tsenzura o’rnatildi. Siyosiy tashkilotlarning aksariyati taqiqlandi, parlament I.Gandiga favqulodda vakolatlarni in’om etdi. Oppozitsiyada turgan partiyalar Janata parti va uning sobiq rahbari Morarji Desai atrofida birlashdilar.
Natijada, 1976 yilda bo’lib o’tgan umumiy saylovlarda Indira Gandi mag’lubiyatga uchradi. Lekin siyosiy taqdirlar tez o’zgaruvchan bo’ladi. 1978 yilning dekabr oyida I.Gandi qamoqqa olindi va u erda bir hafta bo’lib, mamlakatda oldingi obro’yini saqlab qolishga muvaffaq bo’ldi.
Hindistonning o’sha davrdagi tashqi siyosatiga kelsak Hindiston Respublikasi qo’shilmaslik harakatining faol ishtirokchisi edi. Hindiston mustamlakachilikka qarshi kurashayotgan xalqlar bilan birdamligini namoyon etdi. 1961 yilda u qurol vositasida Goa, Giu va Damanni Portugaliya zulmidan ozod qildi, mamlakatni mustamlakachilar zulmidan xalos etishni tugalladi.
Tashqi kuchlar Hindistonning ichki reaktsion elementlar yordamida uni betaraflik holatidan tushirib yuborishga bir necha bor urindilar. 1965 yilda ular Hindiston-Pokiston nizosidan o’zlarining g’arazli maqsadlarida foydalanmoqchi bo’ldilar. Keyinchalik bu nizo bartaraf etilganidan keying, 1971 yili yana keskin tanglik vujudga keldi. 1947 yilda Pokiston tarkibiga qo’shib olingan Sharqiy Bengaliya hududida bo’lgan voqealar jarayonida mustaqil davlat - Bangladesh Xalq Respublikasi e’lon qilindi.
Urushda Pokistonning mag’lubiyatga uchrashi bu mamlakatda reaktsion hukumatning vaqtincha bartaraf etilishiga olib keldi. Yangi hukumat Hindistonning munosabatlarni normallashtirish haqidagi taklifiga rozi bo’ldi. Biroq keyinchalik Pokistonda yangi harbiy to’ntarish ro’y berdi. Mamlakatda qaror topgan yangi tuzum Hindiston bilan munosabatlarni keskinlashtirdi.



Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling