Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi eng yangi tarix


Download 4.26 Mb.
bet44/126
Sana12.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1768610
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   126
Bog'liq
portal.guldu.uz-ENG YANGI TARIX

1-asosiy savolning bayoni:
Bir oz tarixga nazar tashlasak. 1856 yilgi sepoylar qo’zg’olonidan keyin Hindistonda siyosiy hayot falaj holatga tushib qoldi. 1861 yilgi Ingliz ma’muriyati qurol olib yurishni man etdi. Lekin Hindistonni ingliz mustamlakachilaridan ozod qilish dasturini ilgari surgan 1885 yili tashkil topgan Hindiston Milliy partiyasi kurashni boshlab yubordi. 1918 yildan boshlabyu HMK tang ziyolilar partiyasidan ommaviy partiyaga aylandi. Kurash usullari bo’yicha kelishmovchilik tufayli partiyada bo’linish sodir bo’ldi (M.Gandi - J.Neru).
XX asr 30-yillariga kelib butun Hindiston bo’ylab fuqaroviy bo’ysunmaslik harakati boshlanib ketdi. Ommaviy qo’zg’olonlar Peshavor, Chittagong, Bombay, Kalkutta, Madras va boshqa shaharlarda bo’lib o’tdi. Abdul G’affor Xon boshchiligidagi pushtun qabilalari bilan ham harbiy to’qnashuvlar bo’lib o’tdi (Shaxsan menga nasib etgan Abdul G’affor Xonni ko’rishga - iyun 1968 yil, Jalolobod, Afg’oniston - O.Ayupov). Bularga qo’shimcha dehqonlar qo’zg’olonlari ham boshlanib ketdi.
Ikkinchi jahon urushi Ingliz mustamlakachilik imperiyasini qanchalik zaiflashib qolganidan darak berar edi. Yaponlar juda osonlik bilan Angliyaga qarashli bo’lgan Singapur, Malayziya va Birmani qo’lga oldilar. Lekin Yaponiyaning II jahon urushidagi mag’lubiyati ushbu jarayonni to’xtatdi.
Imperiyani barcha hududlarida milliy-ozodlik harakati boshlanib ketdi. 1945 yildan boshlab inglizlar hukmronligiga qarshi harakat aholining keng qatlamlarini qamrab oldi. Ish tashlashlar siyosiy tus olar edi. 1945 yil noyabrda Kalkuttada bo’lib o’tgan 300 ming ishchining ish tashlashi butun mamlakatda aks-sado berdi.
Britaniya qo’shinlarida xizmat qilgan hind soldat va matroslari milliy-ozodlik harakatiga tortildilar. 1946 yil 19 fevralda Bombaydagi harbiy-dengiz bazasining hind dengizchilari kurashga ko’tarildilar.
"Talvar" kreyseri dengizchilari harbiy-dengiz bazasini qo’lga oldilar, ularni harbiy-havo kuchlari pilotlari ham qo’llab-quvvatladilar.
Ingliz harbiylari ushbu namoyishlarni bostirish maqsadida katta kuch tashladilar. Faqatgina Bombayda 300 odam qurbon bo’ldi, 15 ming kishi jarohatlandi, yuzlab odam xibsga olindi. Lekin Britaniya mustamlakachiligiga qattiq zarba berilgan edi. Armiya ham xalq tomonida edi. Undan tashqari, kolonializmga qarshi kurashda turli dinlar, tabaqalar, millatlar, siyosiy oqimlar vakillari birdamligini namoyon etdi.
Xalqning ommaviy chiqishlari Angliyaning leyboristlar hukumatini 1947 yilda Britaniya qo’shinlarini Hindistondan olib chiqib ketishga tayyor ekanligini aytishga majbur qildi. 1947 yil 20 fevralda Angliya Bosh vaziri Ettli Hindiston to’g’risidagi yangi deklaratsiya bilan chiqish qildi. Iyun oyida esa Hindiston vitse-qiroli lord Mauntbetten "Hindistonga hokimiyatni topshirish" to’g’risidagi Aktni chop etdi. Biroq, Hindistondan chiqib ketishdan oldin inglizlar mamlakatni ikki dominionga: Hindistonga (yoki Hindiston Ittifoqiga) va Pokistonga ajratdilar. Ushbu ajratish diniy belgiga qarab o’tkazildi: Hindistonga ko’pchilik hindlar, lekin musulmonlar ham ko’p: Pokistonda - ko’pchilik musulmonlar, lekin hindlar ham ko’p.
Hindistonni ajratib yuborishdan maqsad ozodlik harakatini kuchsizlantirish va Angliyaga har ikkala dominionni bir-biri bilan to’qnashtirib, ularni tobe tutib turish imkonini berishdan iborat edi. Ana shu maqsadda mustamlakachilar hindlar bilan musulmonlar o’rtasida diniy adovatni avj oldirdilar va ular orasida qirg’in chiqardilar. Faqat Panjobning o’zida 500 mingga yaqin odam o’ldirildi, millionlab kishilar boshpanadan ajraldi. Qochoqlar soni 8 million kishidan oshib ketdi.
Musulmonlar va hindlar o’rtasidagi qonli mojarolarda HMK lideri Maxatma Gandi ham o’ldirildi.

Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling