Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi eng yangi tarix


Download 4.26 Mb.
bet47/126
Sana12.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1768610
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   126
Bog'liq
portal.guldu.uz-ENG YANGI TARIX

Nazorat savollari:
1. HMK partiyasining amalga oshirgan ijobiy tadbirlarini ko’rsating.
2. HMK tomonidan amalga oshirilgan salbiy tadbirlarni izohlab bering.
3. Hindistonning tashqi siyosatiga baho bering.


3-asosiy savol:
80-90 yillarda Hindistonning ichki va tashqi siyosati.


3-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi
80-90 yillarda Hindistonning ichki va tashqi siyosatini tushuntirib berish.
3-asosiy savolning bayoni:
1980 yilning yanvar oyida I.Gandi va HMK yana hokimiyat tepasiga kelishga muvaffaq bo’lishdi. Qisqa vaqt ichida hukumat tartib o’rnatdi, lekin oziq-ovqatlar narxini oshishini to’xtata olmadi. O’sha davrning eng asosiy muammosi - bu etnik separatizmning o’sishi edi. 1983 yili Assamda etnik va diniy niqob ostida ommaviy harakatlar bo’lib o’tdi. Panjobda sikxlar terrorizmi hukm surar edi, etnik va diniy to’qnashuvlar davom etdi.
Panjobni mamlakatdan ajralib chiqishi Hindistonni markaziy hududlarida katta oziq-ovqat muammolarini olib kelishi mumkin edi. Undan tashqari, Nangaldagi eng yirik elektr stantsiyasi mamlakat shimolidagi barcha elektr quvvatini yarmini berar edi.
Fuqarolar urushining oldini olish maqsadida 1984 yili 5 iyun kuni I.Gandi Amritsardagi sikxlarning muqaddas qadamjoyi - Oltin ibodatxonasini qurol ishlatib qo’lga olishni buyurdi. Sikxlar mardonavor kurashdilar. Oltin ibodatxona uchun jangda 300 odam qurbon bo’ldi. Aynan shu zamonning o’zida federal qo’shinlar yana 37 ibodatxonani qo’lga oldilar. Endi sikxlarning separatistik harakati butun mamlakatni o’z ichiga qamrab oldi. 1984 yil 31 oktyabrda suiqasd natijasida atoqli davlat arbobi, tinchlik va mamlakatning milliy birligi uchun kurashchi Indira Gandi xalok bo’ldi. Qotillik tashkilotchilari ahvolni izdan chiqarishni, Hindistonni parchalab yuborishni maqsad qilib qo’ygan edilar. Lekin bu rejalar barbod bo’ldi.
Indira Gandining o’g’li Rajiv Gandi (1944 yilda to’g’ilgan) Bosh ministr bo’lib, hind xalqining tinchlik, totuvlik va birlikni saqlashga chaqirdi. U ichki va tashqi siyosatda J.Neru va I.Gandi yo’liga sodiq ekanligini tasdiqladi. 1984 yilda bo’lib o’tgan parlament saylovlari HMK ning to’la g’alabasi bilan tugadi. U ichki siyosatda mamlakat birligini yanada mustahkamlashni separatchi unsurlarga va hind jamiyatining "eski dushmanlari" - kambag’alchilik, ishsizlik, savodsizlik va kasalliklarga qarshi kurashni asosiy vazifalar deb e’lon qildi.
(Rajiv Gandi 1944 yilda tug’ilgan. Hindistonda va Angliyada oliy ma’lumot olganidan so’ng, uchuvchilik maktabini bitirib, 1968 yildan to 1980 yilgacha "Indian eyrlaynz" aviakompaniyasida uchuvchi sifatida ishlab keldi. 1981 yili HMKga a’zo bo’lib kirdi va parlamentga saylandi.)
1985-90 yillar nihoyatda og’ir kechdi. 1984 yil dekabr oyida juda katta ofat ro’y berdi. Madxya-Pradesh shtatining Bxopal shahrida AQShning "Yunion-karbayd" kompaniyasiga qarashli kimyo zavodidan o’ta o’tkir zaharli gazni chiqishi natijasida 2,5 mingdan ortiq odam qurbon bo’ldi va 50 mingdan ortiq odam zaharlandi (Sabab: sifatsiz uskunalar va eski texnologiyalar).
1987 yili sikxlarning harakati yana avjiga chiqdi. R.Gandi sikx terrorizmini tor-mor qilish maqsadida Panjobni markaziy hukumatga bo’ysundirishni amalga oshirdi. 1988 yil may oyida Oltin ibodatxonaga yana hamla qilindi: bu gal ham minglab odam halok bo’ldi. Bundan tashqari, Jammu va Kashmirda musulmonlarni, Tripurda qurollangan qabilalarni chiqishlari kuzatildi.
Hindiston Parlamenti R.Gandi iste’fosini talab qilishga majbur bo’ldi. 1989 yil boshida parlament unga nisbatan ishonchsizlikni bildirdi. Lekin R.Gandi HMK mudiri bo’lib qolaverdi va 1991 yilning 21 mayida saylov oldi jarayonida u ham o’ldirildi.
Bo’lib o’tgan saylovlarda HMK yana g’olib chiqdi va Narasimxa Rao boshchiligidagi hukumat tashkil topdi. Rao hukumati ham og’ir muammolarga duch keldi. Mamlakatda diniy-etnik ziddiyatlar avj olgan edi. 1993 yilda Bombay va Kalkuttada bo’lib o’tgan etnik mojarolarda 300 ta kishi halok bo’ldi va 1200 kishi jarohat oldi. Mojarolar natijasida (dekabr 1992 y.) XVI asrda qurilgan musulmon masjidi fanatiklar tomonidan buzib tashlandi.
Kashmir muammosi yana o’zidan darak berib kelmoqda. U erdagi musulmon separatistlari Pokiston bilan birlashish uchun kurash olib bormoqda.
N.Rao hind iqtisodiyotida keskin islohotlarni amalga oshirishga kirishdi. U xususiylashtirish jarayonini boshladi. Foyda bermaydigan fabrika va zavodlar yopildi.
N.Rao inflyatsiyani to’xtatishga, sanoatga investitsiyalarni olib kirishga, qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishini oshirishga erishdi. Sanoat ishlab chiqarish hajmi oshdi.
1996 yilning boshiga kelib HMK ning oliy rahbariyati orasidagi korruptsiya xolatlari fosh bo’ldi. 30 ta yirik siyosatchilar pora olish aybi bilan jinoiy javobgarlikka tortildilar, shu jumladan, Bosh ministrning o’zi ham.
Hindistonda, hind birligining ashaddiy dushmani - hind millatchiligi paydo bo’ldi. Uning timsoli Bxarati Janata partiyasi bo’lib va lideri Atal Bexari Vajpai Hindistondagi eng taniqli siyosiy shaxsga aylandi.
Yangi partiya mamlakatda induizm hokimiyatini to’la joriy etishga va siyosat hamda iqtisodiyotdan musulmonlarni quvib chiqarishga chaqirar edi.
R. Gandi o’limidan so’ng Hindistonni ichki siyosiy holati jiddiy murakkablashdi. Panjobda separatistik va ekstremistik kuchlar faollashdi, diniy-etnik va tabaqalararo to’qnashuvlar soni oshdi, hukmron partiya ichida fraktsion kurash keskinlashdi. Muxolif partiyalar ham o’z faoliyatini jonlantirdi.
1999 yil aprel oyida Hindiston Radjastan shtatida o’zining yadro bommasini sinovdan o’tkazdi. 1996 yili hokimiyat tepasiga kelgan millatchilik kuchlari mamlakatning ichki va tashqi siyosatini o’zgartirishga harakat qilmoqdalar.



Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling