Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc


Download 264.58 Kb.
bet1/115
Sana25.02.2023
Hajmi264.58 Kb.
#1229839
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115
Bog'liq
Saida Jo\'rayeva. Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf



Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf



Saida Jo’rayeva
HAQIQAT
MANZARALARI
96 mumtoz faylasuf

Toshkent
“Yangi asr avlodi”
2002
HAZRAT SULAYMON
(Taxminan miloddan avvalgi 960-935 yillarda hukmronlikqilgan)
Hazrat Dovudning o‘g‘li. Iudeya va Isroil davlatiga hukmronlik qilgan. Quddus shahrida Yaxva ibodatxonasini qurdirgan. Zamondoshlari Sulaymonning donoligidan zavqlanishgan. U o‘zining o‘tkir aqli va g‘ayriodatiy fikrlash tarzi bilan shuhrat qozongan.

  • * *

Rivoyatlarda aytilishicha, Hazrat Sulaymonning: «Bu dunyodagi hamma narsa o‘tkinchi», degan so‘zlar o‘yib yozilgan uzugi bo‘lgan. Sulaymon hayotining qayg‘uli onlarida uzukdagi ana shu hikmatli bitikni o‘qib, taskin topgan.
Bir kuni uning boshiga shunday baxtsizlik tushadiki, uzukdagi so‘zlar dardiga malham bo‘lolmaydi. Sulaymon g‘azab bilan uzukni yechib, otib yuboradi va dumalab borayotgan uzukning ichki tomonida ham allaqanday bitik borligiga nogahon ko‘zi tushadi. O’rnidan turib, uzukni qo‘liga oladi-da, bitikni o‘qiydi. Uzukning ichki tomonida: «Bu ham o‘tib ketadi», degan yozuvlar bor edi. Sulaymon achchiq kulimsirab, uzukni barmog‘iga taqadi va umrining oxirigacha uni yechmaydi.

  • * *

Avlodlar kelib-ketaveradilar, Yer esa abadiy qolaveradi.

  • * *

Donolik ortganda qayg‘u ortadi, bilimning ko‘payishi esa g‘amginlikni ko‘paytiradi.

  • * *

Ba’zan kulganda ham yuraklar zirqiraydi, qyvonch esa qayg‘u bilan yakun topadi.

  • * *

Men dovyuraklikdan ko‘ra donishmandlik afzal degan o‘yda edim. Ammo kambag‘alning donoligidan nafratlanishar va uning so‘zlarini tinglamas ekanlar.

  • * *

Ertangi kun bilan maqtanma, chunki u nimalarni taqdim etishini bilmaysan.

  • * *

Aqlli odam kulfatni oldindan ko‘radi va o‘zini panaga oladi. Tajribasizlar esa olg‘a yurib jazolanadilar.

  • * *

Shunday yo‘llar borki, ular insonga to‘g‘ri ko‘rinadi. Ammo bunday yo‘llarning nihoyasi o‘lim.
MILETLIK FALES
(Miloddan avvalgi 625-547 yillar)
Miletlik Fales o‘z zamonasidagi yetti donishmandning biri bo‘lgan. Aytishlaricha, Fales shu yetti donishmandning ichida yetakchilik qilgan. U birinchilardan bo‘lib tabiat haqida fikr yuritgan. Quyosh tutilishi uning oy bilan to‘silishi tufayli yuz berishini birinchi bo‘lib Fales anglagan, diametr aylanani teng ikkiga bo‘lishini isbotlab bergan. Fales falakiyotshunoslik bilan ham shug‘ullanib, quyosh tutilishini oldindan aytib bergan.

Download 264.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling