Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi eng yangi tarix


Download 4.26 Mb.
bet37/126
Sana12.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1768610
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   126
Bog'liq
portal.guldu.uz-ENG YANGI TARIX

Tayanch iboralar:
Kolonializm, metropoliyalar, mustamlakalar, kolonial imperiya, "uchinchi dunyo", "Qo’shilmaslik harakati", "rivojlanayotgan mamlakatlar", OPEK, tashqi qarz, demografiya, bozor islohotlari, eksport imkoniyatlar, "yangi industrial mamlakatlar", Janubiy-G’arbiy Osiyo, Arab-Isroil mojarosi, mo’tlaq monarxiya, dekolonizatsiya, Afrika yili, tropik Afrika, millatlararo mojarolar, traybalizm, Afrika Birligi Tashkiloti (OAE).
Mavzuga oid muammolar:
Osiyo va Afrikadagi hududiy mojarolarga sobiq metropoliyalar ma’muriy-hududiy islohotlarining bog’liqligini aniqlash.
Tropik Afrika mamlakatlarida traybolizm illatining saqlanib qolishiga sabab bo’lgan omillarini bartaraf etish muammolari.
Globallashuv davrida Osiyo va Afrikadagi tengsizlikni bartaraf etish.
1-asosiy savol:
Kolonializmning barbod bo’lishi va ozodlikka erishgan mamlakatlarning rivojlanishi.
1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi
Kolonializm tizimining barbod bo’lishini va mustaqillikka erishgan davlatlarning keyingi taqdirini tushuntirib berish.


1-asosiy savolning bayoni:
O’ta rivojlangan SSSR va AQSh soyasida Evropa davlatlari rolining pasayib ketishi Ikkinchi jahon urushidan keyin kolonializmni barbod bo’lishiga sharoit yaratildi. Har xil sabablarga ko’ra ushbu ikki davlat kolonializmni saqlanib qolishiga tarafdor emas edi. SSSR uchun milliy-ozodlik harakatiga, Xitoy yoki Vetnamga o’xshash kommunistlarning rahbarlik qilishi ayni muddao edi.
AQSh esa o’zgacha fikrda edi. Eslatib o’tish kerakki, AQSh davlat sifatida mustaqillik uchun kurash jarayonida paydo bo’lgan. AQSh kolonializmga zid bo’lgan ozod tijorat va dengizlarda erkin suzish tarafdori edi.
Evropa metropoliyalarida esa juda bo’lmasa imperiya qoldiqlarini saqlab qolishga urinardilar. Angliya Hindistonga mustaqillikni hadya qilishga rozi bo’ldi, lekin qolgan mustamlakalarni saqlab qolishga ham harakat qilar edi. Frantsuzlar ham Hinduxitoyni tark etishga majbur bo’ldilar, ammo Jazoirni ozod etishga qarshilik ko’rsatardilar. Shuning uchun dekolonizatsiya jarayoni urushsiz bo’lmadi. Masalan: Buyuk Britaniya 1945-1948 yillari Falastinda yahudiylar bilan, 1946-1960 yillari Malayyada partizan harakatiga qarshi, 1952-1960 yillarda esa Keniyadagi Mau-mau qo’zg’oloniga qarshi kurash olib bordi. Frantsiya 1946-1954 yillari Hinduxitoyda, 1952-1956 yillari Marokash va Tunisda, 1954-1962 yillari Jazoirda urush olib bordi. Dekolonizatsiyaga eng ko’p qarshilik ko’rsatgan bu Portugaliya (Angola va Mozambikda 1974 yilgacha) edi. Metropoliyalar aholisining koloniyalarga bo’lgan munosabati ham o’zgardi. 50-yillar oxiri- 60-yillar boshida aksariyat frantsuz koloniyalari mustaqil bo’ldi; Angliya ham o’z mustamlakalariga mustaqillik in’om etdi. Va, nihoyatda, 70-nchi yillarda eng oxirida - Portugaliya mustamlaka imperiyasi barbod bo’ldi.
Shunday qilib, XX asr tarixida eng muhim voqea sodir bo’ldi, ya’ni XV asrda evropaliklar tomonidan bunyod etilgan kolonial imperiyalar barbod bo’ldi.
Yuzdan ortiq yangi davlatlarning paydo bo’lishi er yuzidagi siyosiy jarayonni keskin o’zgartirib yubordi. Ular dunyo siyosatining yangi va muhim daliliga aylandi. Va o’z-o’zidan Evropadagi metropoliya davlatlarning siyosiy vazni engillashdi.
Yangi davlatlar oldida katta vazifa, ya’ni qoloqlikni tugatib, modernizatsiyaga qarab yo’l olishdan iborat edi. Ana shu jarayonda ular "Qo’shilmaslik harakati"ga a’zo bo’lishni afzal ko’rdilar. Shu ma’noda ular "uchinchi dunyo"ni tashkil etdilar. Ularning yana bir nomi - "rivojlanayotgan davlatlar". Ushbu davlatlarning "qoloqlik" sababi - hayotdagi va iqtisodiyotdagi an’anaviy sharqona tartibni hukmronligidadir. Avvaliga ular o’zlarining qoloqligida G’arbni aybladilar. Shuning uchun xom ashyo bahosini oshirish yoki tayyor mahsulotlar importini yo’q qilish yo’li bilan iqtisodiy mustaqillikka erishish mumkin edi. Ana shu maqsadni amalga oshishini neftni eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti (OPEK) faoliyatida yaqqol ko’ramiz. 1960 yili tashkil topgan OPEK dunyo miqyosida neftning eksporti ustidan nazorat o’rnatib, 70-yillarda esa uning narxini ham oshira boshladi.
Iqtisodiy mustaqillik uchun kurashning ikkinchi yo’li, "uchinchi dunyo" mamlakatlarida g’arbiy davlatlardan import qilinadigan mashina-uskunalarni o’zlari ishlab chiqarishga erishishdadir. Buni - importni o’rnini bosadigan industrializatsiya deyiladi.
Neftga qo’yilgan yuqori narxlar, import qiladigan davlatlarni iqtisod qilishga va yangi energiya manbalarini ishlab chiqishga majbur qildi.
Natijada OPEK mamlakatlarida neft ortib qoladigan bo’ldi. Yuqorida aytganimizday mashina-uskunalarni ishlab chiqish uchun esa mablag’ kerak edi va g’arb davlatlariga murojaat qilishga to’g’ri keldi.
"Uchinchi dunyo" mamlakatlarining tashqi qarzi oshib bordi. 1988 yil oxiriga kelib astronomik raqamni - trilliondan ortiq dollarni tashkil etdi.
Bundan tashqari, "uchinchi dunyo" mamlakatlarida demografik muammo o’zidan darak berdi. Natijada, xorijiy Osiyo aholisi 1950-1989 yillari 1,3 milliarddan 3 milliardga oshdi, Afrikada 224 milliondan 626 millionga, Lotin Amerikasida esa 164 milliondan to 441 millionga oshdi. Demografik portlash o’z o’rnida qishloq aholisining nihoyatda ko’payishiga olib keldi. Bularning hammasi ijtimoiy-siyosiy beqarorlikka olib keldi. Inqiloblar va davlat to’ntarishlari, fuqarolar urushi va davlatlararo mojarolar - Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarining o’ziga xos holatiga aylandi.
Muammolarni hal qilishda har bir davlat o’z yo’lini tanlar edi. Ularning iqtisodiy rivojlanishi ham har xil edi. Bularning ichida alohida - neftni eksport qiladigan davlatlar turardi.

Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling