Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi eng yangi tarix


Download 4.26 Mb.
bet33/126
Sana12.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1768610
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   126
Bog'liq
portal.guldu.uz-ENG YANGI TARIX

Nazorat savollari:
1. Frantsiyaning urushdan keyingi ichki xolatini yoritib bering.
2. Siyosiy partiyalar hamda "Muvaqqat tartib" to’g’risida ma’lumot bering.
3. "Gollizm" tushunchasini hamda mohiyatini tahlil qilib bering.
2-asosiy savol:
De Goll. To’rtinchi va Beshinchi Respublika.
2-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:
Frantsiyaning To’rtinchi va Beshinchi Respublika davrlaridagi ichki va tashqi siyosatini to’la yoritib berish.


Ikkinchi asosiy savolning bayoni:
To’rtinchi Respublika davrida (1946-1958 yy) monopoliyalarni davlat apparati bilan birlashishi asosida frantsuz iqtisodiyotining qayta tiklanishi kuzatiladi. Yirik davlat sektori tashkil topdi, iqtisodiyotni keng rejalanishi va dasturlanishi qo’llanildi, ikkita modernizatsiya rejasi qabul qilindi (1947-1954 va 1954-1957 y).
1948 yili sanoat ishlab chiqarishi hajmi urushdan oldingi xolatdan uzib ketdi. 1949 yilda kartochka tizimi yo’q qilindi, qishloq xo’jaligi ham ancha jonlandi. 1950 yildan keyin Frantsiyaning iqtisodiy xolati ancha yaxshilandi: bunda "Marshall plani"ning ahamiyati katta bo’ldi. Sanoatning yangi sohalari: elektronika, kimyo, samolyotsozlik, avtomobilsozlik tez sur’atlar bilan rivojlandi.
Muvaffaqiyatlarga erishgan holda Frantsiya hukumati xalqaro munosabatlarda ham o’z xolatini mustahkamlashga kirishdi. 1946 yilning dekabrida Xo Shi Min rahbarligida Respublikani e’lon qilgan Vetnamning vatanparvarlik kuchlariga qarshi frantsuz hukmron doiralari urush e’lon qildi. Ushbu urush 8 yil davom etdi va 1954 yili Frantsiyaning mag’lubiyati bilan yakunlandi. Vetnamdagi urush nihoyasiga etmay, Frantsiya Jazoirda yangi kolonial urushini boshlab yubordi; bu urush ham Frantsiyaning mag’lubiyati bilan tugadi.
1956 yili Frantsiya ingliz tajovuzkorlari bilan birgalikda Yaqin Sharqdagi mojaroda Suvaysh kanali hududidagi urushda ishtirok etadi. Buyuk davlat roli uchun Frantsiya ojizlik qilar edi.
Endi Frantsiya Evropadagi o’zining xolatini mustahkamlash maqsadida Evropa mamlakatlari bilan aloqalar o’rnatishga kirishdi. To’rtinchi Respublikaning siyosati Evropani birlashtirish bilan bog’liq edi.
Frantsiyani tashabbusi bilan 1951 yili Evropaning ko’mir va po’lat bo’yicha Birlashmasi tuzildi. 1952 yil may oyida Parijda "Evropaning mudofaa hamjamoasi" to’g’risidagi Shartnomasiga imzo chekildi. 1955 yili Germaniya NATOga a’zo bo’lib kirdi. Javob o’rnida SSSR 1944 yilgi Sovet-frantsuz shartnomasidan chiqib ketdi.
Tashqi siyosatdagi bunday o’zgarishlar mamlakat ichida keskin ijtimoiy va siyosiy ziddiyatlarni yuzaga chiqardi. To’rtinchi Respublikaning 12-yillik faoliyatida 23 ta hukumat almashdi. To’rtinchi Respublika xalq ishonchini yo’qotdi. 1956 yilgi ish tashlashlarda 982 ming odam ishtirok etgan bo’lsa, 1957 yilda - 2964 ming kishi ishtirok etdi.
1958 yil mayda navbatdagi hukumat inqirozi ro’y berdi. Parijda harbiy to’ntarish kutilardi. Siyosiy xaosning oldini olish maqsadida Milliy Majlis 1958 yili 1 iyunda general de Gollni mamlakat bosh vaziri etib tayinlaydi.
De Goll mamlakatni yangi konstitutsiyasini taklif qildi. 1958 yil sentyabrdagi referendumda saylovchilarning 79% yangi Konstitutsiyani qo’llab-quvvatladilar. Yangi Konstitutsiyaga ko’ra Prezident umumxalq saylovlari asosida 7 yillik muddatga saylanardi. Davlat boshlig’i yakka o’zi ichki va tashqi siyosatga rahbarlik qilar edi, bosh ministrni, vazirlarni va barcha yuqori martabali harbiylarni va fuqaroviy rahbarlarni tayinlar edi, dekret va farmonlarga imzo chekardi va xohlagan vaqtda Milliy majlisni tarqatib yuborishga haqqi bor edi.
Prezident Oliy Bosh Qo’mondon edi, Milliy mudofaa qo’mitasi va Oliy Kengashning raisi vazifasini ham bajarar edi.

Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling