Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi eng yangi tarix


Download 4.26 Mb.
bet8/126
Sana12.11.2023
Hajmi4.26 Mb.
#1768610
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   126
Bog'liq
portal.guldu.uz-ENG YANGI TARIX

3-asosiy savolning bayoni:
1928 yildayoq mamlakatda iqtisodiy krizisning yaqinlashayotganligi sezila boshlagan edi: ishlab chiqarish sur’ati pasaymoqda, ishsizlar soni ortmoqda, aholining xarid quvvati tobora kamaymoqda edi. Beqaror negizdagi stabillashuv 1929 yilga kelib barbod bo’ldi. Boshqa kapitalistik mamlakatlar qatorida Germaniyada ham iqtisodiy inqiroz boshlandi.
Versal shartnomasi va reparatsiya to’lovlari tufayli Germaniya G’arb davlatlariga moliyaviy jihatdan qaram bo’lib qolganligidan bu inqiroz chuqur inqirozga aylandi. Inqiroz xalq xo’jaligining hamma sohalarini chulg’ab oldi. Sanoat inqirozi agrar inqiroz bilan qo’shilib ketdi va uzoq davom etdi. 1932 yilda sanoat mahsuloti 1929 yildagiga qaraganda 40,6% ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish esa 53% kamaydi. Sanoat ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish 23% pasayib ketdi. 1929 yilda 16,1 million tonna po’lat eritilgan bo’lsa, 1932 yilda 5,6 million tonna eritildi. Germaniya sanoatining barqarorlik yillaridagi (1924-1929) o’sishiga xorijiy davlatlardan olingan qarzlar va kreditlar sabab bo’lgan edi. Inqirozning ilk alomatlari ko’zga tashlanishi bilan barcha xorijiy sarmoyalar Germaniya iqtisodiyotidan qaytib olina boshlandi. Bu inqirozni yanada chuqurlashtirdi.
Iqtisodiy inqiroz va reparatsiya to’lovlari mehnatkashlarning ahvolini juda ham yomonlashtirib yubordi. Ishsizlar soni 1932 yilda 7 million kishiga etdi. Burjuaziya Germaniyani fashistlashtira boshladi. Nemis monopoliyalari gitlerchilarni moliyaviy jihatdan tobora ko’proq qo’llab-quvvatladilar. 1931 yil oktyabrida Gantsburgdagi fashistlar partiyasi va tashkilotlari boshliqlarining o’ng burjua partiyalari va yirik monopoliyalar vakillarining, 1932 yil yanvarida Dyusseldorfda Gitler ishtirokida sanoatchilarning kengashlari o’tkazildi va mamlakatda fashistlar diktaturasini o’rnatish tadbirlari muhokama qilindi.
1930 yil 1 aprelda prezident Gindenburg Myuller o’rniga reyxkantsler qilib katolik “Markaz” partiyasining lideri Genrix Bryuningni tayinladi. Yangi hukumat favqulodda dekretlar chiqardi, reyxstang tarqatildi. Mehnatkashlarning moddiy turmush darajasini yanada pasaytirib yubordi. Ishchi va xizmatchilarning ish haqi, ishsizlarga beriladigan nafaqalar ancha kamaytirildi. To’g’ri va egri soliqlar oshirildi. Jazo choralari kuchaytirildi. U buyuk iqtisodchi hisoblanadi, xalqqa uning asosiy maqsadlari iqtisodiyotni tushirishdan iborat, deb tushuntirishdi. Biroq, u bu niyatlarining birortasini ham amalga oshirishni uddalay olmadi. Aksincha, Gitlerning hokimiyat tepasiga kelishini aynan u ta’minladi, deb hisoblash uchun barcha asos bor. AQSh hukumati 1931 yilda reparatsiya to’lovlari muddatini kechiktirdi. 1932 yilda esa, bu to’lovlarni butunlay bekor qildi. Amerika monopolistlari fashistlar partiyasini qo’llab-quvvatladilar. 1929-1931 yillarda ular Gitlerga 25 million dollar berdilar.
Mamlakatda fashistlar va millitaristlar aktivlashdi, terror siyosati kuchaydi. Ular Germaniyada Versal sulh shartnomasini bekor qilishga chaqirdilar. Fashistlar partiyasi qoloq ishchilar va ishsizlarni, dehqonlar va mayda burjuaziyani o’z tomoniga ko’proq jalb etish uchun inqiroz qiyinchiliklaridan foydalanib, ishsizlikni tugatish, agrar islohat o’tkazish, trestlar ustidan davlat nazoratini o’rnatish kabi shior va yolg’on va’dalar bilan, millatchilik va shovinizm, tajovuzkor irqiy “nazariya”ni tobora keng tashviqot qilish yo’li bilan, “Buyuk Germaniya” barpo qilish shiori bilan o’z ijtimoiy tayanchini kengaytirdi. Ular “SS” (soqchi qo’riqchi otryadlari) va “SA” (shturm otryadlari) tuzdilar. Ular Tyuringiyada, Braunshveyg va Oldenburgda hokimiyatni qo’lga oldilar. 1930 yil sentyabrida, ayniqsa, 1932 yil iyulidagi reyxstagga bo’lgan saylovlarda fashistlar ham ancha ko’p (6,4 va 13,7 million) ovozga ega bo’ldi. (1928 yilgi saylovlarda esa 800 ming ovoz olgan edilar). Ularning deputatlik mandatlarining soni 230 ga etdi. 1932 yilda prezidentlikka Gitler nomzodi ko’rsatildi. Gitler saylovning birinchi davrasida 11,3 million (30%), ikkinchi davrasida 13,4 million (37%) ovozga ega bo’ldi. Saylov kompaniyalarida Gitlerchilarning muvaffaqiyat qozonishi o’ng burjuaziya lagerida ularning mavqeini kuchaytirdi. Burjua hukumati esa fashizmga keng yo’l ochib bermoqda edi. Sotsial-demokratiya xoinlari 1932 yil mart-aprel oylarida xalq ommasiga murojaat qilib prezident saylovlarida Gindenburg uchun ovoz berishga chaqirdilar. Gindenburg 19 million ovozga ega bo’lib, 83 yoshda bo’lishiga qaramay prezidentlikka qayta saylandi.
Bryuning parlamentning emas, shaxsan Gindenburgning qo’llab-quvvatlashiga tayanib mamlakatni 2 yil davomida boshqardi. Iqtisodiy ahvol yaxshilanmadi, siyosiy vaziyat esa keskinlashib bordi. Bryuning Germaniya hukmron doiralaridagi konservativ kuchlarning ko’magidan mahrum bo’ldi. 1932 yil 30 mayda Bryuning vazifasidan chetlashtirildi va uning o’rniga Frants fon Papen (1879-1969) tayinlandi. “Baronlar kabineti” degan nom olgan hukumat tarkibiga prezident o’g’li va Birinchi jahon urushida nom chiqargan bir nechta harbiy arboblar kiritildi. Reyxstag faoliyati to’xtamadi, yangi kabinet bir necha oy davomida nazoratsiz hukmronlik qildi.
1932 yil mayida prezident tomonidan katolik “Markaz” partiyasining reaktsion arbobi Fon Papen boshchiligida manapolistik xukumat tuzildi. U gitlerchilar bilan yaxshi aloqada edi. Gindenburgning qayta saylanishi va Fon Papen (1932 yil dekabrida esa general Shleyxer) hukumatining tuzilishi fashistlar uchun tag’in ham qulay sharoit yaratdi. Mamlakat yanada fashistlashib bordi. Xuddi shu hukumatning yordami bilan Tyurengiya kabi ba’zi o’lkalarda milliy-sotsialistlarning hukumatlari tuzildi.
Gitlerning hokimiyatga bunday tez ko’tarilishiga Germaniya yirik sarmoyasi ko’maklashdi.
Gitlerning o’z homiylari bilan birinchi uchrashuvi 1932 yil 27 yanvarda bo’lib o’tdi. “Po’lat tresti”ning direktori Tissen uni Germaniya sanoatchilariga tanishtirdi. Gitlerning 4 soatga cho’zilgan nutqi shunday iboralardan tuzilgan edi: “Demokratiya - axmoqlar ishi”, “Biz Germaniyada marksizmning ildizini quritishga qaror qildik”, “Oq irq Er kurrasida yashovchi boshqa barcha xalqlarni o’ziga bo’ysundirishi lozim”. Stinnesning “Buning uchun nima kerak?”- degan savoliga, Gitler qisqa qilib: “8 mln. kishilik armiya”, deb javob berdi.
Germaniya sanoatchilari mamnun edilar. Ularga serharakat odam kerak edi, Gitler ularning millat rahbari borasidagi talablariga to’liq javob berardi. Ular Gitlerni rasman fyurer, ya’ni dohiy deb atay boshladilar. Sanoatchilar Gitlerning hokimiyatga kelishini ta’minlash uchun juda qattiq ish olib bordilar.
Gitlerning boshqa homiylari ham bor edi. Yirik Amerika tijoratchilari Gitlerga Germaniya sanoatchilaridan ham oldinroq e’tibor bergandilar. Amerikaning avtomobil qiroli Genri Ford Gitlerni 1922 yildayoq mablag’ bilan ta’minlay boshladi. 1938 yilda, hokimiyat cho’qqisida bo’lgan paytda Gitler G.Fordni Germaniyaning oliy ordeni - Katta Xoch bilan mukofotladi. Gitlerning hokimiyatni egallashiga ko’maklashgan yana bir Amerika kompaniyasi “Jeneral Elektrik” edi. Shu ikki kompaniya ko’magining o’zi Gitlerni butun Amerika yirik tijorati qo’llab-quvvatlashi uchun etarli bo’ldi. Gitler - urush degan so’z ekanini hamma yaxshi tushunardi, Evropadagi urush esa Amerika tijorati uchun daromad manbai edi. Ikkinchi jahon urushi davrida Ford ikkala tomondan - Gitler vermaxti uchun transport vositalari ishlab chiqargan Frantsiya va Germaniyadagi korxonalari hamda Amerika armiyasi uchun undan harbiy avtomobillar xarid qilgan AQSh hukumatidan foyda olgani ma’lum.
1932 yil sentyabrda Fon Papen Reyxstagni tarqatdi, general Shleyxer hokimiyat tepasida turgan vaqtda (1932 yil dekabr - 1933 yil yanvar) Gitlerchilar, “Po’lat Dubulg’a”, reyxsver va o’ng burjua partiyalari bilan birgalikda harakat qilish to’g’risida qat’iy bitimga keldilar. Barcha eng reaktsion partiya va bloklarning “Milliy konsentratsiya” degan bloki paydo bo’ldi. Yirik monopoliyalar, banklarning vakillari va generallar uzil-kesil fashistlar tomonga o’ta boshladilar. Gendenburgga Germaniyaning 20 dan ortiq moliya magnatlari imzolagan noma yuborilib, unda Gitlerni darhol reyxskantsler etib tayinlash talabi qo’yildi. 1933 yil 4 yanvarda Gitler Germaniyaning yirik va etakchi sanoatchi va sarmoyadorlari ishtirokida majlis o’tkazdi, unda Gitler kantsler bo’lishi kerak, degan qarorga kelindi. 1933 yil 30 yanvarda prezident Gendenburg fashistlar partiyasining boshlig’i Gitlerni reyxskantsler qilib tayinladi. Fon Papen vitsekantsler lavozimini egalladi. Shunday qilib, Germaniyada oshkora fashistik diktatura-moliya kapitalining eng reaktsion, eng shovinistik va eng imperialistik elementlarining terroristik diktaturasi o’rnatildi.
Natsistlar partiyasining qat’iy nizomga bo’ysundirilgan tizimi va ommaviy siyosiy targ’ibot totalitar tuzum apparatini vujudga keltirdi. U yirik sarmoya manfaatlarining ijrochisi, hukmron sinflarning quroliga aylandi, biroq uning ommaviy tayanchi shaharlar va qishloqlar, ulardagi sinfsizlashgan unsurlar hisoblanardi. Bu ijtimoiy guruhlar oldingi hukumatlar tomonidan o’z holiga tashlab qo’yilgan bo’lib, umidsizlikka tushgan va qashshoqlashgan, keskin o’zgarishlar ro’y berishiga mushtoq edilar. Gitler ularga ish, faravonlik va yashash sharoitlarini yaratib beruvchi hukumat va’da qildi. U buyuk va qudratli Germaniyani tiklashga, Germaniya xalqining barcha musibatlari sababchisi bo’lgan Versal bitimini bekor qilishga so’z berdi. Bu uning bayroqlari ostiga juda ko’pchilikni jalb qildi, ular Gitlerga ko’r-ko’rona ergashdilar. 1933 yil iyulida Germaniyada shturmchilar nazorati ostida umumxalq plebistsiti o’tkazilib, unda 36 mln. aholi Gitler siyosatini qo’llab-quvvatlashlarini bildirdi. Bu Gitlerni ruhlantirdi va o’z siyosatining amalga oshishiga to’liq ishonch bag’ishladi.
Natsistlar rahbariyatining bosh maqsadi Evropa qit’asida hukmronlik o’rnatish edi; bunga oldin barcha nemiszabon xalqlarni birlashtirish, so’ng esa hayotiy kenglik (“lebenstraum”) uchun kurash shiori ostida hududlarni bosib olish yo’li bilan erishish ko’zda tutilardi. Gitler asosiy e’tiborini shu maqsadni amalga oshirishga qaratdi.



Download 4.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling