Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi


Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi va O‘zbekistonda unga qarshi qo’llanilayotgan chora tadbirlar


Download 1.52 Mb.
bet39/171
Sana15.01.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1094123
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   171
Bog'liq
107-Ўзб. янги тарихи-2022 YANGISI 7777777

4. Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi va O‘zbekistonda unga qarshi qo’llanilayotgan chora tadbirlar.
Ma'lumki, bugun butun dunyo va insoniyat katta moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida yashamoqda. Eng rivojlangan, qudratli davlatlar ham ana shu inqirozning girdobiga tushib qolmoqda. Mav-jud jiddiy muammo insoniyat taraqqiyoti va uning istiqbolini, za-monaviy sivilizatsiya, fan-texnika taraqqiyoti, qolaversa, insonning yashash tarzi bilan bog'liq bo'lgan yaxlit umumplanetar ijtimoiy-ma'naviy vaziyatni yuzaga keltirmoqda. O‘zbekiston ham jahon hamjamiyatining teng huquqli, ayni paytda faol, o'z so'zi va hukmi-ga ega bo'lgan davlati sifatida ana shu umumdunyoviy muammodan chetda tura olmaydi. Bu tabiiy hoi. Biroq hamma gap muammoga kim qanday yondashayotganiga, uning yechimini qanday shaklda iz-layotganiga, o'zining ichki imkoniyatlari, tabiiy va ma'naviy resurs-lardan qay darajada foydalanayotganiga bog'liq.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning «O`zbek modeli» maqomiga ega bo'lgan mashhur besh tamoyil istiqlolning o'tgan davrida o'zining iqtisodiy, siyosiy, ilmiy va ama-liy jihatdan asosli ekaniligini ko'rsatdi. Jahon hamjamiyati bugun O‘zbekiston taraqqiyotining o'z uslubiga va uzoqni ko'zlagan tamoyillariga ega ekanligini tan olmoqda. Biroq, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi o'z imkoniyatlari-mizni, mavjud omillarimizni va resurs-larimizni у ana bir bor jiddiy ravishda ko'rib chiqib, aniq istiqbolni belgilashni taqozo etmoqda. Prezident I. Karimov-ning «Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo'llari va choralari» deb nomlangan kon-septual ahamiyatga ega bo'lgan kitobi ayni ana shu muammoning yechimiga bag'ishlangan. Kitobda ko'tarilgan masala va umumdun­yoviy muammoning ilmiy, nazariy hamda amaliy tahlili natijasida O‘zbekistonda 2009-2012-yillarda jahon iqtisodiy inqirozi oqibatlarini bartaraf etish, mamlakatimiz barqaror rivojlanishini ta`minlash va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda aniq maqsadlarni ko`zlagan rejalarni amalga oshirishga doir dastur ishlab chiqildi. Ushbu dasturda quyidagi yo`nalishlarda aniq, qat`iy va yuksak ma`suliyat bilan faoliyat yuritish belgilangan:

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling