60-maqsad: Reproduktiv yoshdagi va homilador ayollar, bolalar uchun yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish.
46 ta tumanlararo perinatal markazlarni tashkil etish, ularni kadrlar, zarur tibbiy texnika va buyumlar bilan ta’minlash.
Yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish.
61-maqsad: Tibbiy xizmatlardagi xususiy sektorning ulushini 25 foizga yetkazish.
Xususiy tibbiyotni yanada rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash.
Tibbiy faoliyatni yuritishda bino va inshootlarning yerto‘la qismidan foydalanish, shuningdek, laboratoriya va diagnostika bo‘limlari faoliyatiga qo‘yilgan talablarni yengillashtirgan holda xalqaro tajribadan kelib chiqib, belgilangan texnik jihatdan tartibga solish hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish.
Tibbiy faoliyat ixtisosliklarini tashkil etishda moddiy texnik baza va tibbiy asbob-uskunalarga belgilangan eng kam talablarni soddalashtirish.
62-maqsad: Mamlakatda ishlab chiqariladigan dori-darmon va tibbiyot vositalarining ulushini 80 foizga yetkazish.
Import mahsulotlar hajmini va tarkibini optimallashtirish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash.
Zamonaviy farmatsevtika klasterlari hamda zonalarini tashkil etish va mavjudlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqish.
63-maqsad: Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xalqaro maqomga ega laboratoriyalarini tashkil etish.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining 263 ta obyektlarini zarur asbob-uskunalar bilan jihozlash.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining 249 ta obyektida qurilish, rekonstruksiya va ta’mirlash ishlarini olib borish.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining kadrlar salohiyatini oshirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng tatbiq etish.
64-maqsad: Hududlarda birlamchi tibbiy xizmatni “bir qadam” tamoyili asosida tashkil etish.
Hududlardagi mavjud ehtiyoj, aholining takliflarini inobatga olgan holda 2022-2023-yillarda 61 ta oilaviy poliklinikalar, 215 ta oilaviy shifokor punktlarini tashkil etish.
Aholiga sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida birlamchi tibbiy xizmatni mahallalarda tashkil etish uchun zarur choralarni ko‘rish.
Zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda aholiga masofadan turib tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |