Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi
Jahon moliyaviy inqirozining oqibatlarini oldini olish va yumshatishga asos bo'lgan omillar
Download 1.61 Mb.
|
107-Ўзб. янги тарихи-2022 YANGISI-2
Jahon moliyaviy inqirozining oqibatlarini oldini olish va yumshatishga asos bo'lgan omillar:
O‘zbekistonda qabul qilingan o'ziga xos islohot va modernizatsiya modeli, «shok terapiyasi» deb atalgan usuliarni bizga chetdan turib joriy etishga qaratilgan urinishlardan, bozor iqtisodiyoti o'zini o'zi tartibga soladi, degan o'ta jo'n va aldamchi tasavvurlardan voz kechdik; ma'muriy buyruqbozlik tizimidan boshqaravning bozor tizimiga o'tish jarayonida tadrijiy yondashuvni, islohotlarni izchil va bosqichma-bosqich amalga oshirish yo'lini tanladik; davlat bosh islohotchi sifatida mas'uliyatni o'z zimmasiga olishi zarurligini o'zimizga aniq belgilab oldik; O‘zbekistonda moliyaviy-iqtisodiy, budjet, bank-kredit tizimi, shuningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari va tarmoqlarining barqaror hamda uzluksiz ishlashini ta'minlash uchun yetarli darajada mustahkam zaxiralar yaratilgan va zarur resurslar bazasi mayjud. mamlakatimizda qabul qilingan 2009-2012-yillarda jahon iqtisodiy inqirozi oqibatlarining oldini olish va bartaraf qilish bo'yicha inqirozga qarshi dasturni amalga oshirish, shu asosda iqtisodiy o'sishning uzoq muddatli barqaror sur'atlarini va iqtisodiyotning muvozanatli rivojlanishini ta'minlash; tarkibiy o'zgartirishlarni davom ettirish va iqtisodiyotni di-versifikatsiyalash, buni birinchi navbatda xalqaro sifat standartlariga javob beradigan, ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori bo'lgan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga yo'naltirilgan iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlarini moderinizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash yo'li bilan amalga oshirish; qishloq turmush darajasi sifati va qiyofasini tubdan yangi-lashga, qishloq joylarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini jadal rivojlantirishga, mulkdorning, tadbirkorlik va kichik biznesning maqomi, o'rni va ahamiyatini tubdan qayta ко'rib chiqishga, fer-mer xo'jaligini rivojlantirishni har tomonlama qo'llab-quvvatlashga yo'naltirilgan uzoq muddatli, o'zaro chuqur bog'langan chora-tadbirlar keng kompleksini amalga oshirish; aholi bandligini ta'minlash, uning turmush darajasini oshirishning eng muhim omili sifatida xizmatlar ko'rsatish sohasi va kichik biznesni jadal rivojlantirish; mamlakatni modernizatsiya qilish va aholi bandligini oshirishning eng muhim omili sifatida ishlab chiqarish va ijtimoiy infra-tuzilmani yanada rivojlantirish; banklar ishini yanada takomillashtirish, aholi va xo'jalik yuri-tuvchi subyektlarning bo'sh mablag'larini tijorat banklarida depozit-larga jalb qilishni rag'batlantirish. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling