Reja: Kirish Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash Globallashuv dunyo hamjamiyati ishtirokchilari uchun yangi imkoniyatlar Shtatlar rejalarida
Download 52.61 Kb.
|
tashqi iqtisodiy xavfsizlik ta\'minlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birlashgan Millatlar Tashkiloti huzurida afgʻon xalqining dardu tashvishini tinglaydigan, doimiy faoliyat koʻrsatadigan qoʻmita tashkil etish lozimligi hamda u
Reja: Kirish Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash Globallashuv dunyo hamjamiyati ishtirokchilari uchun yangi imkoniyatlar Shtatlar rejalarida nafaqat ushbu mintaqaga harbiy kuchlarini joylashtirish Mamlakatlar raqobatbardoshligining mezonlari tarkibini shakllantirish Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar KIRISH Bugungi kunda globallashuv jarayonlarining jadal rivojlanishi xalqaro munosabatlarga oʻz taʼsirini oʻtkazmoqda. Mazkur sharoitda davlatlararo munosabatlarni mustahkamlash, transmilliy tahdidlarga qarshi kurashish va global barqarorlikni taʼminlash bevosita davlatlar oʻrtasidagi kuchlar va manfaatlar muvozanatining shakllanishiga bogʻliq. Soʻnggi yillarda jahonda yuz bergan voqealar dunyoning geosiyosiy strukturasi va yoʻnalishini tubdan yangiladi, jahon siyosatiga asta-sekin bir guruh yangi suveren davlatlarning kirib kelishi natijasida davlatlararo siyosat va diplomatiya maydoni tubdan boshqa mohiyat va mazmun kasb etmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat rahbari sifatida faoliyatining ilk kunlaridan Markaziy Osiyo davlatlari bilan amaliy, oʻzaro manfaatli va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini shakllantirish, mintaqada xavfsizlikni taʼminlashni tashqi siyosatning ustuvor yoʻnalishi sifatida belgiladi va uning maʼnaviy jihatlarini taʼkidladi. Oʻzbekiston rahbari mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlashga doir strategik qarashlarini 2017-yil 19-sentyabrda Nyu-York shahrida boʻlib oʻtgan BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida batafsil bayon qildi. Shu bilan birga, 2020-yil 24-sentyabr kuni Prezidentimiz Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi oʻzbek tilidagi nutqida Oʻzbekiston tomoni Afgʻonistonni Markaziy Osiyoning ajralmas qismi sifatida qabul qilishi, 2018-yil mart oyida oʻtkazilgan Afgʻoniston boʻyicha oliy darajadagi Toshkent konferensiyasi afgʻon muammosini yechish uchun xalqaro hamjamiyat saʼy-harakatlarini safarbar etishda yangi bosqich boʻlganligi, 2020-yilning sentyabr oyida Doha shahrida afgʻon siyosiy kuchlari oʻrtasida boshlangan tinchlik muzokaralarini toʻla qoʻllab-quvvatlanishi va bu muzokaralar jafokash afgʻon zaminida tinchlik va barqarorlik oʻrnatishiga umid qilinishi taʼkidlandi. Mintaqada iqtisodiy integratsiya jarayonlariga Afgʻonistonni keng jalb etish maqsadida «Surxon – Puli Xumri» elektr uzatish tarmogʻini, Mozori Sharifdan Hind okeani portlariga chiqadigan temir yoʻl qurilishi kabi yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga kirishilganligi, Afgʻonistonda tinchlik va barqarorlik oʻrnatish masalalari Birlashgan Millatlar Tashkilotining doimiy eʼtibor markazida boʻlib qolishi zarurligi, faqat birgalikda va yaqin hamkorlik orqali afgʻon xalqining ezgu orzu-umidlarini roʻyobga chiqarish mumkinligi va bu borada “Beqaror va vayronkor vaziyatdan – tinchlik va bunyodkorlik sari” degan tamoyil asosida ish olib borish muhimligi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti huzurida afgʻon xalqining dardu tashvishini tinglaydigan, doimiy faoliyat koʻrsatadigan qoʻmita tashkil etish lozimligi hamda ushbu qoʻmitaning asosiy vazifasi Afgʻonistonning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga koʻmak berishdan iborat boʻlishi zarurligi taʼkidlandi. Download 52.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling