Mutaxasislikka kirish
Download 19.24 Kb.
|
9-MI
FARMATSEVTIKA TA’LIM VA TADQIQOT INSTITUTI QAYTA TAYYORLOV KURSI TINGLOVCHISI JUMANIYOZOV BOBUR FARXODOVICH “MUTAXASISLIKKA KIRISH” FANIDAN MUSTAQIL ISHI Tekshiruvchi: Shakirov M. TOSHKENT 2023 Mavzu: Farmatsevtik hodimlar va mijozlar o‘rtasidagi muomala madaniyati. Rahbar jamoadagi asabiy tanglikni bartaraf eta bilishi lozim. X,ar bir kelishmovchilik tahlil etiladi va eng muhimi uni keltirib chiqaruvchi sabablar bartaraf etiladi. Kelishmovchiliklar tabiatiga ko‘ra, ishlab chiqarish va shaxsiy xarakterga ega. Mehnatni tashkil etish va me'yorlashdagi kamchiliklar, xususan, xodimning qaysi ishni, qanday hajmda bajarilishi lozimligi haqida aniq tasavvurga ega emasligi, rahbarning noo‘rin harakatlari, jamoa a'zolari o‘rtasidagi nomoslik kelishmovchiliklar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Kelishmovchiliklarni hal etishning ikki usuli mavjud: pedagogik va ma'muriy. Ishontirish usuli asosiy pedagogik usulidir. Hozirgi zamon rahbarining faoliyatida ijtimoiy vazifalarni hal eta olish, odamlar bilan ishlay olish, jamoada mehnat natijalaridan ma'naviy- ahloqiy va moddiy manfaatdorlikni vujudga keltirish, xodimlarga topshirilgan ish uchun ma'suliyat xissini tarbiyalash qobiliyati alohida ahamiyat kasb etadi. Dorixona rahbari, ishda yo‘l qo‘yilgan kamchilik uchun jazoni qo‘l ostidagi xodim tomonidan adolatli deb qabul qilinishiga ishonch hosil qilgandagina beradi. Jazoni tee-tez qo‘llash rahbarning qat'iyatsizligidan, uning bo‘shligidan va ishni tashkil eta olmasligidan guvohlik beradi. Xodimni maqtash, har doim jamoa oldida bo‘lishi, beriladigan tanbex esa uning izzat-nafsoniyatiga tegmasligi va qadr-qiymatini kamsitmasligi lozimligini yodda tutish kerak. Qo‘l ostida ishlayotgan har bir kishi shaxsini xurmat qilish, xodimlarga nisbatan qo‘pollikka yo‘l qo‘ymasligi zarur. Rahbarni qo‘l ostidagilar tomonidan qilingan tanqidga qanday qarashi uning faoliyatining muhim qirrasidir. Agar rahbar tanqid qiluvchiga emas, o‘ziga nisbatan chora ko‘rib, xatolarini tuzatar ekan, bu uning yetuklik sinoviga bergan bardoshi. Tanqid muammosi - qo‘l ostidagi xodimning fikriga, uning tashabbusiga hurmat muammosidir. Rahbarning yaxshi tashkilotchiligida hamma tarmoqlarda ahil, intizomli, mehnatsevar jamoa shakllanadi. O‘ta rivojlangan ishbilarmon o‘z mehnatini faqat o‘zi uchungina emas, balki boshqalar uchun, jamiyat va davlat uchun ham foydali ekaniga ishonadi. Ishbilarmon rahbarning ish uslubidan: - raqobat zaruriyatini e'tirof etadi, hamkorlik lozimligini tushunadi; - har bir shaxsni o‘zi kabi xurmat qiladi; - mulkning har bir shaklini, davlat hokimiyatini, ijtimoiy tartibni, qonunlarni xurmat qiladi; - ma'rifatni, fan va texnikani, informatikani, madaniyatni qadrlaydi, ekologiyani xurmat qiladi. - yangiliklarni ishga taqdim etishga intiladi. Tadbirkorlik ahloqi - butun dunyo ishbilarmonlarining amaliyotida ko’p yillar davomida orttirilgan tajribalardan kelib chiqqan xatti-xarakat me'yorlarining majmuidir. Bunday me'yorlarning o’zagi - xalq;aro xushmuomalalik tamoyillaridir, boshqacha aytganda, nimaiki hamkor davlat timsoli va vakili bo‘lsa, hammasini qat'iy hurmatlash va yod etishdan iborat. “Har qanday sharoitda ham xodimlaringizni, buyurtmachilaringizni, nazoratchi hokimiyatni, aksiyadorlaringizni, boshlig‘ingizni, hamkasabalaringizni, ta'minlovchilaringizni, hatto raqiblaringizni ham hech qachon aldamang”. Tadbirkorning bu burchlarini amerikalik menejer Robert Cheyz o‘zining “Boshqarish sirlari” degan kitobida aytib o‘tgan. Biznesda halollik - har qanday amaliy munosabatlarning zaminidir. Unga bepisandlik qilish oxir - oqibatda obro‘ni yo‘qotishga olib keladi. Obro‘ni bir marta yo‘qotgandan keyin, qayta tiklash juda qiyin. Ishonch - tadbirkorlik amaliyotining asosiy tamoyillaridan biri bo‘lib, uning ahamiyati ortib borayapti. O‘zaro ishonch juda muhim omil. Ishbilarmonlik munosabatlarida ikki pog‘ona mavjud: rasmiy va norasmiy. Rasmiylari o‘zaro tuzilgan turli kelishuvlar, shartnomalarga asoslanib, sheriklarining, sotuvchilarning, xaridorlar va boshqalarning huquqlarini aks ettiradi. Norasmiylari o‘zaro munosabatlar jarayonida shakllanib qoladi va hech qanday yozma majburiyatlar bilan bog‘liq bo’lmasligi mumkin. Bunday xolda umumiy ishning yutug’i hamkorlar o’rtasidagi o’zaro ishonch darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Madaniylashgan tadbirkorlik odobining shakllanish shart-sharoitlari quyidagilardan iborat: - siyosiy va iqtisodiy erkinlik, demokratik davlat, ko‘p partiyaviylik, so‘z, matbuot va e'tiqod erkinligi, tovar ishlab chiqaruvchilarning erkin raqobati, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda istalgan jismoniy va huquqiy shaxslarning tengligi, iste'molchining mustaqilligi va shu kabilar; - barqarorlik - kuchli ijrochi hokimiyat, siyosiy kurashning parlament vositalari, qonunlarning barqarorligi; - tashviqot - ommaviy axborot vositalari yordamida muvaffaqiyat qozonayotgan, yuksak ma'naviy tamoyillarni egallagan ishbilarmon qiyofasini yaratish, poraxo‘rlik, ta'magirlik, noxalol raqobatni qoralash; - huquq - nafakat tadbirkor faoliyatini cheklab qo‘yadigan eng umumiy, ijtimoiy standart hatti-harakatlarini me'yorlarini belgilaydi, balki undan kam bo‘lmagan darajada mamlakat biznesida uchraydigan salbiy xodisalar bilan kurashish hamdir. Uyushma - tadbirkorlarning kasaba uyushmalarini yaratish. Ular a'zoliylik darajasiga baho berishda xolis turishlari va guruh ma'naviyati me'yorlari buzilgan paytda eng qat'iy choralar ko‘rishlari lozim. “Biznesda toza qo‘l, moslashuvchanlik, tadbirkorlik, xalollik - jamiyatga xizmat qiladi”. D.Kornegi va boshqa mashhur kishilarning nasihatlarini o‘rganing. Ularni kundalik va ish bilan bog‘liq xayotimizning me'yori va tamoyili qilib oling. Biroq; uzil-kesil qoidalar bilan bir qatorda bizning endi oyoqqa turyotgan biznesimizda ishni yaxshi yurtishning yashirin nozik tomonlari uchraydi. Ularni ko‘ra bilish va ular yetuk uslubga aylanishiga ko‘maklashish - amaliy munosabatlar nazariyasining masalalaridan biri. Shuning uchun ham ish munosabatlarining tadbirkorlik amaliyotida nazariy jihatdan hali shakllanib ulgurmagan uslubini me'yorlashtirish o‘rinli emas. Tadbirkorning 80-90% vaqti muloqotlarga sarf bo‘ladi. Tadbirkor bo‘lish - muloqot ila olish demakdir. Amaliy va ishchan munosabatning asosiy vazifasi - hamkorlik. Xamkorlik sheriklarning o’zlarini bir-birlariga tanishtirishdan boshlanadi. Shuni unutmaslik kerakki, bunday paytda xar bir tomonning xayolida sherigi haqida: “Bu aslida kim o’zi?” degan savol tug’iladi. Shu savolga javob bera turib, biz munosabat turini tanlaymiz. Agar o’zini tanishtirish amalda isbotlanmasa, ko’ngil soviydi, munosabatlar uzilishiga boradi. Sheriklar bir-birining xatosi va kamchiliklariga ko’z yumishlari mumkin, lekin bularni kechirmaydilar. Shuning uchun ishchan munosabatning muhim tamoyillaridan biri - so‘zning ustidan chiqish va amalda isbotlashdir. Ishchan munosabatning aksariyat qismi muzokaralardan iborat. Muzokara mahorati ham - fan va san'at. Muzokara usullarini o‘rganish kerak. Suhbat mavzuidan qat'iy nazar bu usullari bir xil. Muzokara - kundalik hayotimizning omili. O‘z maqsadlarimizga erishish uchun biz hamma yerda turli sabablar bilan gaplashamiz. Biz ko‘pincha yomon gaplashamiz. Betoqat, xudbin, yon bermaydigan bo‘lib, ikkinchi tomonning manfaatlarini hisobga olmasdan ko‘pincha munosabatni buzib qo‘yamiz. Xulosada shuni ta'kidlash joizki, odob muammolari hamma mamlakatda (milliy, xududiy, mahalliy) muhim o‘rin tutadi. Eski muammolar: korrupsiya manfaatlar kurashi, beodoblik, kamsitish kabilar bilan bir qatorda, xususiylashtirish, mustaqillik, axborot texnologiyasi va boshqa yangiliklar bilan bog‘liq bo‘lgan yangi muammolar yuzaga keladi. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida ishbilarmon quyidagi hollarda: stul atrofida, jamoat, mehmondorchilik tashriflarida, jamoat joylarida va ko’chada, chet ellik deligatsiyani qabul qilish vaqtida, tabriklar va tanishuvlarda, deligatsiyani kutib olish jarayonida, avtomobillarga o‘tkazish vaqtida, ishtirokchilarni muzokaralar stoli tevaragiga joylashtirishda, rasmiy shaxslar bilan telefon orqali gaplashishda, ishbilarmonlar qabulida, yangi xodimni hamkasblarga tanishtirishda va hokazolarda ishbilarmonlik odobi me'yorlariga rioya qilishi kerak. Download 19.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling