Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi
Download 1.61 Mb.
|
107-Ўзб. янги тарихи-2022 YANGISI-2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchidan
- Tortinchidan
Ikkinchidan, O‘zbekiston tarixiy-jug'rofiy jihatdan xilma-xil sharoit va iqlimga ega bo'lgan mamlakat. Buning ustiga, turli hudud xalqlari umumiy tarixga ega bo'lgani bilan ruhiyati, yashash tarzi, voqelikka munosabati, uni idrok etish jihatidan ozmi-ko'pmi farq-lanadi. Bu hoi bir viloyatning o'zida ham turli ko'rinishlarda ko'zga tashlanadi. Ana shunday mamlakatda har bir hududning o'ziga xos jihatlarini hisobga olmaslik mumkin emas edi.
Xususan, qadimiy Xorazm mashhur matematiklari, astronomla-ri, tarixchilari va davlat arboblari bilan, Farg'ona vodiysi esa dunyo tan olgan shoir-u adiblari bilan mashhurdir. Uzoq davom etgan mustamlakachilik, haddan tashqari markazlashtirish natijasida mar-kazdan uzoqda yashaydigan aholining ilmiy-madaniy saviyasi ancha orqada qoldi. Bu mamlakat ishlab chiqarishiga, iqtisod va umuman taraqqiyotiga kuchli salbiy ta'sir ko'rsatdi. Ana shu salbiy oqibatlarni zudlik bilan bartaraf etish uchun ham joylarda universal ta'lim tizimini joriy etish hayot taqozosiga aylandi. Uchinchidan, viloyat universitetlarining tashkil etilishi hayot bilan ilmning, nazariya bilan amaliyotning yaqinlashuviga katta yor-dam berdi. Hozirgi kunda ilm-u fan sohasida ham raqobat muhiti hayotiy zarurat bo'lib qoldi. Busiz esa taraqqiyot bo'lmaydi. Ilm-fandagi raqobat yangi-yangi fikr va g'oyalarga turtki beradi, kishi dunyoqarashini kengaytiradi. Qaysi universitet o'z ixtirolari, ilmiy xulosa va ishlanmalari bilan nom chiqarsa, o'sha universitetning nufuz va e'tibori osha boradi. To'rtinchidan, viloyatlarning kelajak taraqqiyoti ana shu hu-dudlardagi oliy ta'lim markazlari bilan bevosita bog'liq. Viloyatlarda ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish uchun yangi sohalarni egal-lash, yangi ixtisosliklarni tashkil etish, zarur kadrlarni shu joylarda tayyorlash imkoniyati tug'ildi. Oldindan markazda o'qigan kadrlarni viloyatga yuborish masa-lasi ancha-muncha muammo edi. Viloyatlarda universitetlar tashkil etilishi bilan bu muammoning ham yechimi topildi. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling