Guliston davlat universiteti


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana29.11.2020
Hajmi0.77 Mb.
#155362
1   2   3   4   5
Bog'liq
boshlangich sinf oquvchilarining ogzaki nutqni ostirishda texnologiyasi


V. 

O‘quvchilarni baholash va rag‘batlantirish:  

Guruhlarning to‘plagan kartochkalari hisoblanadi. 

O‘quvchilar quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha rag‘batlantiriladi. 

                   O`quvchilarni rag`batlantirish. 

                  - eng bilimdon o`quvchi;  

                  - eng faol o`quvchi; 

                  - eng  zukko o`quvchi; 

                  -  ijodkor o`quvchi; 

                  - tashkilotchi o`quvchi; 

                  - jozibali ovoz sohibasi

                  - bo`lajak aktyor; 

                  - izlanuvchan o`quvchi  

 Faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi. 

 

Monitoring. 



O’quvchilarga  ―olmachalar‖ tarqatiladi.

 

 Darsdan olgan bilimlarini  natijalarini yozishlari va ―savatga‖ solishlari  asosida monitoring 

chiqariladi. 

                                          

 

 

VI. 

 Uyga vazifa:

 Matnni qayta so‘zlab berishga tayyorlanish. ―Ona- Vatan‖ mavzusida 

rasm ishlash. 


 

40 


 

 

 



Mavzu:

 Vatanjonim, Vatanim she`ri 

Maqsad: 

Ta'limiy  maqsad:

  O‘quvchilarning  to‘g‘ri,  ongli  va  ifodali  o‘qishga  o‘rgatish,  vatan 

haqidagi tushunchalarini kengaytirish, nutqini rivojlantirish, lug‘at boyligini oshirish. 

          



Tarbiyaviy  maqsad:

  O‘quvchilarda  Vatan  tuyg‘usini  shakllantirish,  Vatanga  muhabbat 

tuyg'usini  tarbiyalash,  ularni  fidoiylik,  himmat,  oliyjanoblik  kabi  insoniy  sifatlarni  anglab 

borishga o‘rgastish.  

Rivojlantiruvchi  maqsad:

  To‘g‘ri,  ongli,  ifodali  o‘qish  malakalarini  takomillashtirish. 

O‘quvchilarda birgalikda ishlash, o‘zaro  yordam, hamkorlik sifatlarini tarkib  toptirish.Mustaqil 

fikrlash qobiliyatini rivojlantirish. 



Dars turi:

 Yangi bilim beruvchi 



Dars shakli

: Noan‘anaviy. 



Dars metodi:

 Izohli o‘qish, ifodali o‘qish, mashq, taqdimot, klaster. 



Dars  jihozi:

  Darslik,  A4  farmatdagi  qog‘oz, 

kompyuter,  proyektor,  taqdimot,  madhiya 

yozilgan disk. 

 

Integratsiya: 

Ona tili, matematika, hayot bilan.                    



                               Darsning borishi:

  

O‘zbekiston Respublikasi Madhiyasi yangraydi. 



 

V.  Tashkiliy qism:

   a) salomlashish; 

                             

b) davomatni aniqlash

Bir o‘quvchi „O‘qish kitobi―ni ko‘tarib xattaxta oldiga chiqadi.

 

Darslik yuzasidan suhbat o;tkaziladi. 



O‘qituvchi: O‘qing, bu qaysi darslik? 

O‘quvchilardan biri: „O‘qish  kitobi― darsligi. 

O‘qituvchi: Bu darslikni kimlar yozgan ekan? 

O‘quvchi: Tal‘at Gafforova, Shahlo Nurillayeva, Zebiniso Mirzahakimova. 

O‘qituvchi: Hozir darsimiz –o'qish. ―O'qish kitobi‖ nima deydi?  

―O‘qish kitobi‖:  

Yozuvchilar, shoirlar  

Hayotidan so'zlayman.  

Navoiy va Boburlar  


 

41 


Ijodidan so'zlayman.  

-Qaynab toshar ilhomim,  

Qissa –yu, she'r, hikoya.  

Qiziqib o'qisangiz,  

Men xursand benihoya. 

  

 



 

d) guruhlarga birlashish. 

O‘quvchilar rasmlar asosida guruhlarga birlashadilar. 

    


    

VI. 


O‘tilganlarni takrorlash: 

O‘quvchilar 1- sinfda yod olgan she‘rlaridan aytib berishadi. 

VII. 

Yangi mavzu bayoni: 



Kirish suhbati:  

1.  Vatan dehganda nimani tushunasiz? 

2.  Nima ucun odamlar Vatanini sevadi? 

3.  Vatanini yaxshi ko‘rgan odamlar nima qiladi? 

Siz ham yaxshi xulqingiz bilan Vatanni sevishingizni namoyish qilishingiz lozim. 

Bugungi mavzumiz „Vatanjonim, Vatanim― she‘ri. 

She‘rni o‘qituvchi ifodali o‘qib beradi.  

She‘r muallifi haqida ma‘lumot beriladi

 Suyukli shoirimiz Po‘lat Mo‘min 1922-yilda tug‘ilgan. Uning birinchi she‘ri „Bahorga sayohat― 



1944-yilda yozilgan. Birinchi she‘rlar to‘plami 1949- yilda „Sayrang, qushlar― nomi bilan nashr 

etildi. 


Shoirning tinimsiz ijodiy mehnati tufayli „Hunardan unar―, „To‘g‘ri o‘sgan gul bo‗lar―, 

„Aql qayerda bo‗lar―, „Chang yutar botir―,  „Oftob va odob― kabi to‘plamlari; „Chanoqvoy bilan 

Qovoqvoy―, „Bahodirning botirligi―, „Suqatoy- konfetvoy― kabi ertaklari, pesalari yuzaga 

kelgan. 


Bolalar shoirining „Tuganmas kon―, „O‘qituvchi baho qo‗yganda―, „Yuqumli „2― lar―, 

„Bilsa bo‘lar ekanku!― kabi she‘rlari a‘lo va yaxshi o‘qish uchun intilayotgan bolalar haqida 

yozilgan.  

She‘r mazmuni ustida ishlanadi:

 

Vatanjonim, vatanim,  



 

42 


Ko‘zim quvnab ko‘rganim. 

Istiqboldan kulganim, 

O‘zbekiston- gulshanim. 

Birinchi to‘rtlikda shoir  Vatanini, tug‘ilib o‘sgan diyorini  chin dildan shodlanib ko‘rgan 

maskanim deb ta‘riflamoqda.Mustaqillikka erishib tobora rivojlanib borayotgan O‘zbekistonni 

gulshanga qiyoslamoqda.  

 

Bahra olib bag‘ringdan, 



Ulg‘ayaman mehringdan. 

Vatanjonim, vatanim, 

O‘zbekiston – gulshanim. 

Ikkinchi to‘rtlikda shoir o‘z vatanining bag‘rida, uning mehridan bahramand bo‘lib 

ulg‘ayayotgan yoshlar tilidan yozgan. Songgi ikki misrada O‘zbakiston vatanimiz gulshanga  

o‘xshatilgan. 

 

Sen o‘xshaysan onamga, 



Maqtay butun olamga. 

Vatanjonim, vatanim, 

O‘zbekiston- gulshanim. 

So‗nggi to‘rtlikda shoir  vatanini o‘z onasiga o‘xshatib, uni butun olamga maqtashga 

tayyorligini ifodalagan. So‘nggi ikki misra qaytarilgan. 

She‘r  o‘quvchilarga    qismlarga  bo‘lib  o‗qish,  jo‘r  bo‘lib  o‘qish  kabi  usullardan 

foydalanib o‘qitiladi. 

 

Lug‘at ishi o‘tkaziladi: 



Istiqlol- ozodlik, mustaqillik, 

Ko‘zim quvnab- chiroyli narsalarni ko‘rganda inson xursandchiligi ko‘zida aks etishi, 

Bag‘ir- insonning ko‘ksi, quchog‘i, 

Bahra olib bag‘ringdan- Vatan quchog‘ida, uning tuprog‘ida mehrni tuyish. 

 

Guruhlarda ishlash: 



1- 

topshiriq: 

Vatan haqida she‘r va maqollar topish. 

2- 


topshiriq: 

Reja asosida „Mening Vatanim― mavzusida hikoya tuzish. 

Reja: 

1.  Mening ko‘cham va uyim. 



2.  Mening mahallam. 

 

43 


3.  Men yashaydigan shahar (qishloq). 

4.  Men Vatanimni sevaman. 

„Taqdimot―  metodi: 

Har  bir  guruhdan  ikkitadan  o‘quvchi  chiqib,  bittasi  1-  topshiriq  bo‘yicha 

topilgan she‘r va maqollarni o‘qib bersa, ikkinchisi 2- topshiriq bo‘yicha hikoyani o‘qib beradi. 

 

Darslikdagi qo‘shimcha topshiriqlar bilan ishlash: 



Tez aytish:

 Zanjir, tandir, anjir.

 

 

 



Topishmoq:

 U yog‘ganda dala- qir, 

                     Kuladi qiqir-qiqir. 

                        

                      

 

Dam olish daqiqasi: 



Do'stlik haqidagi qo'shish qo‘l harakatlari bilan kuylanadi. 

 

Turli tuman bolalar ko'p jahonda, jahonda, 



Yig'ilsalar sig‘mas butun maydonga-maydonga. 

Bu, juda soz, bu juda soz! 

Juda soz! 

 

VIII.  Mustahkamlash



1. 


She‘r nima haqida ekan? 

2. 


Sizning Vataningiz qayer? 

3. 


Vatan kimga o‘xshatilyapti? Nima uchun?

 

 



―O‘zbekiston‖ krossvordi. 

 

44 


O’ 

 

 

 

 



 

 

 

 



 

 

 

 



 

 

 

 



 

 

 

 



 

 

 

 

 



 

 

 

 



 

 

 

 

 

 



 

 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 



1. 

Fanimiz nomi (O‘qish) 

2. 

Yer so‘zining sinonimi (Zamin) 



3. 

Fasllardan biri (Bahor) 

4. 

Janr (Ertak) 



5. 

Bilim manbayi (Kitob) 

6. 

Dorivor o‘simlik (Isiriq) 



7. 

Rang (Sariq) 

8. 

O‘zbekiston poytaxti (Toshkent) 



9. 

Quriyotgan dengiz (Orol) 

10. 

Gullar shahri (Namangan) 



 

 

45 


VII. 

O‘quvchilarni baholash va rag‘batlantirish:  

Guruhlarning to‘plagan kartochkalari hisoblanadi. 

 

                  



 

 

Faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi. 



 

Monitoring. 

O`quvchilarga  ―Qalamlar‖ rasmi tarqatiladi. Ularga bugun darsda o‘rganganlari haqida 

yozishari  va ―qalamdonga‖ solishlari asosida monitoring chiqariladi. 

 

 

 



VIII. 

Uyga  vazifa:

  She‘rni  yod  olish.  ―O‘zbekiston  mening  vatanim‖  mavzusida  rasm 

ishlash. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


 

46 


Xulosa va metodik tavsiyalar 

 

Har bir kishining  madaniyatligi uning so‘zi nutqi bilan o‘lchanadi. Nutq orqali kishining 



ichki dunyosi qobiliyati ham oydinlashadi. 

Ana  shunday  nutqni  rivojlantirishda  leksikologiya,  ya‘ni  so‘z  ma‘nosi  haqida  o‘quvchi 

tushuncha hosil qilsa o‘qituvchi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga to‘la erisha oladi. 

Biz  boshlang‘ich  sinflarda  e‘tiborni  asosan,  bolalarning  so‘z  boyligiga,  lug‘atiga 

qaratmog‘imiz  lozim.  Maktabda  lug‘at  va  nutq  ustida  ishlashni  shunday  uyushtirish  kerakki, 

natijada ko‘zlangan maqsadga erishish mumkin. 

Nutq ustida ishlash, birinchidan, o‘quvchiga ta‘lim-tarbiyaviy ta‘sir ko‘rsatadi, uning fikr 

doirasini  kengaytiradi,  ikkinchidan,  o‘quvchini  yangi-yangi  so‘zlar  bilan  tanishtiradi,  ayrim 

so‘zlarning  ma‘nosini  aniqlashtiradi,  tilimizning  boy,  nafis  ekanligini  ko‘rsatadi,  har  qanday 

fikrni  ifoda  qilish  uchun  so‘z  boyligimiz  etarli  ekanligini  isbotlaydi;  uchinchidan  ona  tili  va 

o‘qish darslarida nutq ustida mashg‘ulot olib borilar ekan, ma‘lum maqsadni ko‘zlab muntazam 

ravishda lug‘at ustida ishlashni ham unutmaslik talab qilinadi. 

So‘z turkumlarini o‘rganishda so‘z ma‘nolarini berilgan mashqda topish, berilgan gapda 

nuqtalar o‘rniga sinonim so‘zlarni qo‘llash, sinonim qatorlar hosil qilish mumkin. 

O‘quvchilar  nutqini  o‘stirish  jarayoni  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  quyidagi  tavsiyalar 

bermoqchimiz: 

nutq o‘stirishda darsliklarda  mashq va matnlardan, asarlardan foydalanish; 



nutq  o‘stirishda texnologik yondashuv; 

lug‘at  ustida doimiy ravishda ishlash; 



nutq o‘stirishda muammoli vaziyat yaratish

nutq o‘stirishda didaktik vositalardan foydalanish; 



mantiqiy mashqlardan  foydalanish. 

Mantiqiy  mashqlar  o‘quvchilarning  predmet  va  atrof-muhit  haqidagi  bilimlarini  tartibga 

solish va ularga to‘g‘ri fikrlash usullarini o‘rgatadi. 

Mantiqiy  mashqlarning  vazifasi  u  yoki  bu  predmet  va  hodislar  bilan  tanishish  asosida 

bolalarni  predmet  va  hodisalardan  muhimligini  umumiysini  ajratishga,  so‘z  bilan  aniq 

ifodalashga  o‘rgatish,  bolalarga  mantiqiy  usullar  tizimini  o‘rgatish  bilan  bilimini    materiallar 

tomondan boyitish va uni aqliy tomondan o‘stirish hisoblanadi. 

Mantiqiy  mashqlar  o‘quvchilarning  so‘z  boyligi  va  tilining  umumiy  o‘sishida  katta 

ahamiyatga ega bo‘lib, lug‘at ishi va tilga oid boshqa ishlar bilan bog‘lab olib boriladi. 



 

47 


Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, asosan ona tili va o‘qish darslarida o‘quvchilar nutqi 

ustida  ishlash,  eng  avvalo,  o‘quvchilarning  fanga  bo‘lgan  qiziqishini  oshiradi,  ularda 

mustaqillikni, o‘z fikrini to‘liq bayon etishni ta‘minlaydi.        

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 

 

  

1. 



Karimov I. A.  Yuksak ma‘naviyat – engilmas kuch. – T.: «Ma‘naviyat», 2008 

2.         Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi.  - T.: «Sharq», 1998. 

3. 

Almaboev A. «Ta‘limning seminar usuli». Xalq ta‘lim, – T.: 1995, 10-son, 19-20 bet. 



 

48 


4. 

Alavutdinova  N.  Ona  tilim–jonu  dilim.  Boshlang‘ich  ta‘lim,  -T.:  2001,  2-son,  6-7 

betlar 

5. 


Azimov  E.  Ona  tilidan  muammoli  dars.  Til  va  adabiyot  ta‘limi,  -  T.:  1993,  3-4 

qo‘shma son, 27 bet.  

6. 

Bektashev Sh. Ona tili darslarida o‘yin usulidan foydalanish. Til va adabiyot ta‘lim, -



T.: 1993, 5-6 qo‘shma son. 15-16 betlar. 

7. 


Bo‘ronova  Sh.  Ona  tili  darslarida  interfaol  metodlaridan  foydalanish.    Uzluksiz 

ta‘lim, 2004, 3-son. 

8. 

Karimova X. Seminar darsi. Xalq ta‘limi, -T.:  1990, 2-son, 22 bet. 



9. 

Mamatqulov E. Mehnat ta‘limi samaradorligida interfaol usullar. Maktab va hayot. -

T.: 2005, 1-son, 15-16 betlar. 

10. 


Ro‘ziboeva O‘.Sh. Tizimli yondashuv. Boshlang‘ich ta‘lim. -T.: 2002. 1-son.18-19 b. 

11. 


Ro‘ziboeva O‘.Sh. Kichik yoshdagi o‘quvchilar nutqini o‘stirish. –T.: ―O‘zbekiston‖, 

2001.  


12. 

Rahimbekova S. Yangi pedagogik texnologiya nima? Boshlang‘ich ta‘lim, -T.: 2001, 

4-son 12-13 bet. 

13. 


Tolipova  J. Hamkorlikda o‘qitish  texnologiyalari. Boshlang‘ich ta‘lim,  -T.:  2002, 1-

son, 10-11 betlar. 

14. 

Turg‘unov  S.  Boshlang‘ich  ta‘lim  muammolari.  Boshlang‘ich  ta‘lim,  -T.:  2004,  3-



son, 26-bet. 

15. 


Xoliqov E. Interfaol usullar. Ma‘rifat gazetasi, 2004, 7-son. 

16. 


Ergashev  F.N.  Yangi  pedagogik  texnlogiya  asosida  ma‘ruza  matnlari  yozish.  Xalq 

ta‘limi, -T.: 2001, 36-38 betlar. 

17. 

Yunusova Sh. Interfaol usullardan foydalanish. Boshlang‘ich ta‘lim, -T.: 2004, 5-son, 



15-bet. 

18. 


Qosimova K. Ona tili o‘qitish metodikasi. –T.: ―Nosir‖,  2009. 

19.    Husanboeva  Q.  Bola  o‘ylasin,  izlansin,  mustaqil  fikrlasin.  Boshlang‘ich  ta‘lim,  -  T.: 

2003. 4-son, 7-8 b. 

20.    Husanboeva  Q.  O‘qitishning  zamonaviy  metodlari  va  abadiy  ta‘lim.  Til  va  adabiyot 

ta‘limi, -T.: 2003, 2-son, 16-bet. 

 

 



Internet materiallari: 

 

 

 

49 


1. 

http  G‘G‘  bolalar  sarkor.  uz-bolalar  ommabop  informatsion  sahifasi.  Bolalarga 

foydali va qiziqarli bo‘lgan turli ma‘lumotlar keltirilgan. 

2. 


http: www referat.uz-Turli fanlardan referatlar to‘plamiga boy sahifa.  O‘quvchilarga 

juda foydali ma‘lumotlar keltirilgan.  

3. 

http:  G‘G‘  www.  online  bi-Informatsion  sahifa  bo‘lib,  unda  deyarli  ixtiyoriy 



mavzudagi ma‘lumotlarni topishingiz mumkin.  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling