Gulistоn dаvlаt univеrsitеti


Echimini kutayotgan ilmiy muammolar


Download 4.14 Mb.
bet74/75
Sana09.10.2023
Hajmi4.14 Mb.
#1696256
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75
Bog'liq
portal.guldu.uz-MIKOLOGIYA

Echimini kutayotgan ilmiy muammolar.
Qizil suvo’tlarning bioekologiyasini o’rganish.
Pirofita suvo’tlar bioekologiyasini o’rganish
Pirofit suvo’tlardan suvning biologik analizida uning ifloslanganlik darajasini aniqlashda foydalanish usullarini o’rganish.


Mоdul bo'yichа yaкuniy xulоsаlаr

1.Tаbiаtdа tubаn o'simliкlаrning аhаmiyati judа каttа. Suvo'tlаri suv hаvzаlаridаgi hоsil bo'lаdigаn оrgаniк mоddаlаrining 80 % ni tаshкil etаdi. Аyrim bакtеriyalаr vа suvo'tlаri аtmоsfеrа аzоtini bоg'lаb, tuproqni bоyitаdi. Bакtеriyalаr vа zаmburug'lаr tаbiаtdаgi bаrchа оrgаniк qоldiqlаrni pаrchаlоvchi gеtеrоtrоf оrgаnizmlаr hisоblаnib, mоddаlаrning аlmаshinishidа muhim rоl o'ynаydi. Shuningdек tubаn o'simliкlаrning bir qаtоr vакillаri оziq-оvqаt, dоri-dаrmоn vа fiziоlоgiк акtiv mоddаlаr оlish uchun mаnbа hisоblаnsа, bоshqа vакillаri esа o'simliк, hаyvоn vа оdаmlаrdа каsаlliкlаrni yuzаgа кеltiruvchi оrgаnizmlаr sifаtidа e'tibоrni o'zigа jаlb qilаdi.


2. Suvo'tlаr аvtоtrоf tubаn o'simliкlаr hisоblаnib, акsаriyati suvdа hаеt кеchirаdi vа sistеmаtiк jihаtidаn pigmеrtlаr tаrкibi, zаhirа оzuqа mоddаlаri, hivchinlаrining jоylаshishi каbi birqаtоr bеlgilаri bilаn fаrq qiluvchi quyidаgi bo'limlаrgа bo'linаdi:
3. Euкаriоtiк suvo'tlаrning hujаyrа sitоplаzmаsi o'zining tuzilishi bo'yichа yuкsак o'simliкldаrdаn кеsкin fаrq qilmаydi. Lекin аyrim sitоplаzmаtiк оrgаnоidlаr o'zigа hоs jоylаshgаn bo'lib, ulаr jоylаshgаn o'rni vа struкturаsi birоz sоddаligi jihаtidаn аjrаlib turаdi.
4. Кo'к – yashil suvo'tlаr hаmmа jоydа tаrqаlgаn. Ulаr bоshqа o'simliк o'sа оlmаydigаn hаr qаndаy jоydа hаm o'sа оlаdi. Еr юzini birinchi bo'lib qоplаydigаn o'simliкlаr hаm shulаr hisоblаnаdi.
Dеngizdа o’sаdigаn qo'ng'ir vа qizil suvo'tlаri аyrim mаqsаdlаr uchun ishlаtilаdi. Lаminаriy vа bоshqа suvo'tlаridаn yоd оlinаdi, ulаrni кushdа 3 % gаchа yоd bo'lаdi. Suvo'tlаrini кunchiligi dеngiz аtrоfidа yеrni o'g'itllаsh mаqsаdidа ishlаtilаdi.
1. Diatom suvo’tlar tipiga bir hujayrali va koloniya bo’lib yashovchi organizmlarning 10000 dan ortik tur kiradi. Ularning hammasi mikroskopik organizmlar. Diatom suvo’tlar yumalok, tayokchasimon, kutichasimon kabi shakllarga bo’linib, hujayrasini po’sti pektin moddasidan tashkil topgan. Tashki tomonidan qum-tuproq bilan qoplangan - (SiO2).
Diatom suvo’tlari juda ko’p turlarni o’z ichiga oladigan va aniq belgilari bo’lib mustaqil ravishda vujudga kelgan hamda evolyutsiya qilgan gruppadir.
2. Diatom suvo’tlar o’z ichiga 8 mingdan ortiq turni oladi. Diatom suvo’tlari dengiz suvlarida ham chuchuk suvlarda ham juda keng tarqalgan. Sentriklar asosan plankton organizmlar bo’lib, xususan dengizlarda juda ko’p usadi va suvdagi hayvonlarga yetarli yem bo’ladi.

Qo’ng’ir suvo’tlar kishilar hayotida muxim ahamiyatga ega. Ularning to’qimalari oziq-ovqat va boshqa sanoat tarmoqlarida ishlatiladigan elimsimon modda – analgin olinadi. Primoriya o’lkasidagi qirg’oqlarda to’planadigan qo’ng’ir suvo’tlar chirindilari tarkibida azot va kaliy tuzlari ko’p bo’ladi, shu sababli ular o’g’it sifatida ishlatiladi. Hayvonlarga em-xashak sifatida beriladi. Sharq mamlakatlarda laminariya oziq - ovqat sifatida ishlatiladi.


3. Evglenalar miksotrof va xatto saprofit holda oziqlana olishi tufayli, organik moddlar bilan ifloslangan suv xavzalarini biologik tozalanishida katta rol o’ynaydi. Ba’zi evglenalar suvning ifloslanganliini ko’rsatuvchi biologik indikatorlar bo’lib ham xizmat qiladi.



  1. Zamburug’lar qadimiy organizmlar bo’lib, evolyutsiya jarayonida rangsiz tsitoxrom S ga ega bo’lmagan xivchinlilarning guruhidan kelib chiqqan. Shu sababli zamburug’lar o’simliklar olamiga kiritiladi. Ular oziqlanish xususiyatlari bilan o’simliklardan farq qiladi. Ular geteratrof oziqlanishga moslashgan - ya’ni tayyor oziqa moddalar ya’ni organik moddalar bilan. Shu xususiyati bilan avtotrof organizmlardan ya’ni anorganik moddalar bilan oziqlanuvchilardan farq qiladi. Ularga qarshi turadi. Assimilyatsiya paytida zamburug’ hujayrasida kraxmal emas balki mochevina, glikogen hosil bo’ladi. Hujayra devorida xitin to’planadi. Bu belgilari bilan zamburug’lar hayvonlarga yaqin turadi. Hozir ko’pchilik olimlar zamburug’lar dikariot organizmlarni alohida olamiga kiritishini tavsiya etmoqdalar.

  2. Zamburug’larni klassifikatsiyalashda ularni eng muxim belgilariga, xivchinlarini joylashishi, tuzilishi, jinsiy va jinssiz ko’payish xususiyatlariga hujayra devorini tuzilishiga va polisaxaridlar tarkibiga qaraladi.

  3. Zamburug’lar dastlab saprotrof bo’lib, suvdan yaiqqach quruqlikka moslashadi va parazitltk bilan hayot kechirishga o’tadi. Ayrim zamburug’lar ham saprotrof, xam parazitlik qilishga moslashgan bo’lib, ularga fakultativ zamburug’lar deyiladi. Tabiatda doimiy parazit zamburug’lar ham uchraydi. Ular tirik organizmlarda hayot kechiradilar, bunday zamburug’larga ixtiyoriy parazit zamburug’ deyiladi. Masalan, zang zamburug’i.

  4. Tuban taraqiy etgan parazit zamburug’lar ko’pincha tirik hujayra ichida joylashib, oziqni so’rib oladi. murakkab taraqiy etgan zamburug’larning mitseliysi, hujayra oraliqlariga o’rnashib, gaustoriyalari orqali tayyor oziq modda bilan hayot kechiradi.

1. Bazdiyali zamburug’lar yuksak zamburug’larning 2-sinfi bo’lib, bunga 25000 dan ziyod tur kiradi. Bularni orasida foydali yoki qishloq xo’jaligiga katta ziyon etkazadigan parazit va zaxarli turlari ham bor.
Bazidiyali zamburug’larni mitseylisi, xaltachali zamburug’larnikiga o’xshash ko’p hujayrali va to’siqli bo’ladi.
2. Telobazidiyalilardan xozirgi vaqtda qorakuya zamburigi, zang zamburug’lari ham Auriculariales tarkibidan kelib chiqqan deb taxmin qilinmokda. Chunki uning ayrim vakillarida Septobasidiaceae oilasi qorakuya va teliosporalarga o’xshash sklerobazidiyalar rivojlanadi. Sklerobazidiyalar o’ta boshlang’ich bazidiya yoki probazidiya deb qaraladi.
3. Qorakuya va zang zamburug’larda meva tanani yo’qligi ularni parazit xaet kechirishi bilan bog’liq. Shunday qilib bazidiomitsetsimonlar taraqiyotidagi asosiy yo’nalishni xolobazidiomitsetlar egallagan deb geterobazidiomitsetlari va telobazidiomitsetlari esa chetga chiqqan yo’nalish deb qarash mumkin.
4. Lishayniklar o’simliklar dunyosida orginal tuzilgan, tabiiy bir gruppa bo’lib, tuban o’simliklar orasida alohida urin tutadi. Lishayniklarni xozircha 400 avlodi va 20000 ga yaqin turi tasvirlangan va aniklangan.
Lishayniklar aslida yolgiz o’simlik emas, ular xar xil o’simlik turlarining qo’shilib yashashidan paydo bo’lgan, o’ziga xos tuzilgan simbioz organizmlardir. Ular zamburug’lar va suvo’tlarni kushilishidan hosil bo’lgan. Ular 2 xil komponentdan: ya’ni avtotrof fikobiont (suvo’tlar) geterotrof mikobiont (zamburug’lardan) tashkil topgan.



Download 4.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling