Gulistоn dаvlаt univеrsitеti
Download 4.14 Mb.
|
portal.guldu.uz-MIKOLOGIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2- savol bayoni.
Nаzоrаt sаvоllаri.
1.Bir hujаyrаli кo'к - yashil suvo'tlаridаn xrоококкlаr qаyеrlаrdаn vа qаndаy hоlаtdа yashаydi? 2.Nоstок bizni shаrоitimizdа qаndаy rаyоnlаrdа qаndаy hоldа tаrqаlgаn? 3.Кo'к - yashil suvo'tlаrini mеdisinаdа qаndаy аhаmiyatgа egа? 4.Кo'к - yashil suvo'tlаri qаysi o'simliкlаr bilаn simbiоz hоldа yashаydi? savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi: Qizil suvo’tlarning tallomini hujayra tuzilishi, ko’payishi va xayot tarzi xakida bilim berish. Identiv o’kuv maqsadlari. 2.1. Qizil suvo’tlarini tallomini va hujayrasining tuzilishini xamda ularda uchrovchi pigmentlarni biladi. 2.2. Qizil suvo’tlar to’plovchi zapas oziqa moddalarni izoxlay oladi. 2.3. Qizil suvo’tlarni sinflarga bo’la oladi va asosiy vakillarini xarakterlay oladi. 2.4. Qizil suvo’tlarini ko’payishi va axamiyatini biladi. 2- savol bayoni. Qizil suvo’tlari - Rhodophyceae. qizil suv o’tlari dengizlarda uchraydigan o’simliklardir. Ular hamisha ko’p hujayrali va ba’zan ancha yirik bo’ladi hamda murakkab ravishda bugimlarga bo’linadi. Hujayrasi tselyulozali po’st bilan o’ralgan bir yadroli bo’ladi. Ularda ayrim donlar ko’rinishidagi bir talay xromotoforlari bor. Ularda perinoidlar bo’lmaydi. Xromotoforida xlorofildan tashqari qo’shimcha pigmentlar: 1. Ko’k fikotsian. 2. Fikoeritrin deb ataluvchi qizil rangli pigment bor. 2 tasi tabiatan oqsilga o’xshaydi. Xromoproteidlar deb shularni aytadi. Bu pigmentlar suvda eriydi va xalok bo’lgan hujayralardan ajrab chiqadi. Shu sababli xalok bo’lgan hujayralar ko’karib qoladi. Hujayralar tirik bo’lganda bunday xodisa bo’lmaydi, chunki ulardagi fikotsian va fikoeritrin xlomotoforning boshqa moddalari bilan birikma xolida bo’ladi. Qizil suvo’tlarda xarakat qiladigan xivchinli stadiya mutlaqo bo’lmaydi. Ularning jinssiz yo’l bilan ko’payishi xarakat qila olmaydigan yalang’och hujayralar ishtiroki bilan yuzaga chiqadi. Bunday hujayralar sporangiy moddasidan bittadan paydo bo’ladi. Bunga monosporalar deb ataladi ko’pchilik suvo’tlarida 4 tadan yuzaga keladi, bunga tetrasporalar deb yuritiladi. Jinsiy protsess doim oogamiya tipida o’tadi. Bu o’simliklarning onalik jinsiy organlari ko’pincha – karpogoniylar deb ataladi. Tipik korpogon kolbaga o’xshagan hujayradan tashkil topgan bo’lib, keng qorin qismi va ipga o’xshab cho’zilgan hamda trixogina deb ataladigan ustki qismidan iborat. Karpogonning korin qismida yadro bilan xromatoforlar joylashgan. Trixogina esa rangsiz protoplazma bilan to’lib turadi, lekin yoshligida o’z yadrosi bo’ladi. Bu yadro keyinchalik degeneratsiyaga uchraydi. Otalik organlari – anteridiylar, mayda - mayda rangsiz hujayralardan tashkil topgan bo’lib, ularning xar biridan bittadan otalik jinsiy elementi vujudga keladi. Bu element spermatozoidga tug’ri keladigan, biroq xarakatsiz bo’lgani uchun spermatsiy deb ataladigan bir yadroli rangsiz hujayra ko’rinishida tashqariga chiqadi. Spermatsiy passiv xolda suv oqimi bilan trixogina ustiga kelib o’tiradi va shu erda po’st bilan o’ralib, o’z moddasini yadrosi bilan birga trixoginaga quyadi, yadro pastga tushib, karpogonning qorin qismidagi yadro bilan qo’shilib ketadi. Otalanishdan keyin trixogina xalok bo’ladi, karpogonning qorin qismi esa kattalashib, sistokarpiy deb ataladigan ko’p hujayrali tuzilmaga aylanadi. Sistokarpiyda karposporalar deb ataladigan maxsus sporalar hosil qiladi. Chuchuk suvda uchraydigan batraxospermum - Batrachospermum, qizil suvo’tlarining oddiy vakili bo’la oladi. Uning tallomi sarg’ish - ko’kimtir rangda bo’ladi. Yirik hujayradan tashkil topgan sershoxli o’q ipdan iborat, uning kalta shoxchalari mutovkalar xolida bo’ladi. Bu shoxchalar bir talay xromotoforli mayda hujayralardan iborat bo’lib, assimilyatsiyada asosiy rolni o’ynaydi va shunga ko’ra assimilyatorlar deb ataladi. O’q iplari uchi bilan o’sadi, shuning uchun butun tallom o’sib, buyi 10-15 sm etadigan bo’lib qoladi. Jinssiz yo’l bilan ko’payish organi (monosporangiylar) jinsiy organlar (karpogon va anteridiylar) bir o’simlikning o’zida, ya’ni assimilyatorlar yuzaga kela oladi. Karpogon kalta shoxcha uchida joylashgan bo’lib, uch tomonida kengaygan trixogina bor. Otalanishdan keyin uning qorin qismidan xar tomonga kalta - kalta o’simtalar o’sib chiqadi, sirnidan malinaga o’xshab ketadigan tsistokarpiy hosil bo’ladi. Tsistokarpiyning perifirik qismidagi hujayralarning xar biridan bittadan karpospora vujudga keladi. Karposporalar hujayra moddasidan paydo bo’ladi. Hujayra po’stining yorilishi natijasida xivchinsiz yalang’och protoplast ko’rinishida tashqariga chiqadi. Qizil suvo’tlarining jinssiz yo’l bilan ko’payishi tetrosporalar ishtirokida yuzaga chiqadi. Jinsiy yo’l bilan ko’payishi shu jixatdan murakkabki, karpogon to’g’ridan – to’g’ri tsistokarpiy paydo qilmasdan bir qancha o’simtalar hosil qiladi, bu o’simtalar yordamchi yoki auksilyar hujayralar deb ataladigan maxsus tallom hujayralari bilan qo’shiladi. Shundan 2 lamchi qo’shilishdan keyin karposporalar gruppasi tsistokarpiy vujudga keladi. Yuqori darajali qizil suvo’tlarning tallomining tuzilishi jixatdan juda xilma - xil bo’ladi. Ba’zilarini tallomi bir qator hujayralardan tashkil topgan shoxlangan iplardan iborat bo’ladi. Masalan: Calithamnion - boshqalarida sirtdan shunga o’xshagan bo’ladiyu, lekin o’q ipi atrofida alohida po’sti borligi bilan ajralib turadi - Polysiphonia; plastinkasimon va boshqa shakldagi tallomlar ham bor. Delesseriya - Delesseria ning tallomi shaklan butaga o’xshaydi; uning kalta va yo’g’on tortgan shoxlarida patsimon tomirlangan yirik yirik och qizil rangli barglari bor. Qizil suvo’tlarning o’ziga xos xususiyatlari. Qizil suvo’tlari 2 ta sinfga bo’linadi: 1 sinf Bangiyanomalar - Bangiaphuceae. 2 sinf Floridiyanomalar - Florigophyceae. Birinchi sinf vakillarida hujayra xromotofori yulduzsimon bo’lib, odatda 1 ta perinoidga ega bo’ladi. Ularda hujayralar orasida poralar bo’lmaydi. Karpogenda trixogina yo’q. Karpogenlar urug’langandan keyin bo’linib, karposporalar hosil qiladi. Jinssiz ko’payish monosporalar vositasida boradi. Bu sinfni xarakterli vakili Porfiradir. U bizda shimoliy va janubiy dengiz kirg’oqlarida o’sadi. Tallomi bargsimon, to’q qizil rangda, substratga birikkan, uzunligi 50 sm ba’zilari 2 m ga boradi. Uni tallomi yulduzsimon xromotoforga ega. Anteridiy hujayralari bir necha marta bo’linib, mayda hujayralar hosil qiladi. Ana shu hujayralardan 1 tadan spermatsiya etiladi. Karpogen vegetativ hujayradan kamdan kam farq qiladi. Trixogina bo’lmaydi. Karpogen urug’langanidan keyin zigota hosil qiladi. Zigota bo’linganidan keyin devori yoriladi va yolong’och karposporalar suvga chiqadi. Bir necha kundan keyin po’st bilan o’ralib, tosh va molyuskalarga yopishib o’sadi va ipsimon tallomga aylanadi. Sporaning o’sishidan porfiraning bargsimon tallomi o’sadi. 1964-1967 yilda olim E.Man kuzatishlarida porfirani zigotasi reduksion bilinmasligi aniqlandi. Karposporasi diploid fazada saqlanib, uning o’sishidan diploidli porfira o’sadi. Porfirani ko’pchiligi sun’iy ravishda o’stirilib, ovqat sifatida ishlatiladi. Ikkinchi sinf Floridiyasimonlar vakillarini hujayrasida xromotoforlar parmetal tuzilgan, perinoidsiz. Hujayralar orasida poralar bor. Bunga baktrakaspermum vakil bo’ladi. Qizil suvo’tlarni ba’zi oddiy vallari (Batrachospermum ). Uning tallomi sarg’ish-ko’kimtir rangda bo’lib, yirik hujayralardan tashkil topgan sershoxli o’q ipdan iborat, uning kalta shoxchalari mutovkalar xolida bo’ladi. Bu shoxchalar bir talay xromatoforli mayda hujayralardan iborat bo’lib, assimiliyatsiyada asosiy rolni o’ynaydi va shunga ko’ra assimilyatorlar deb ataladi. Jinssiz yo’l bilan ko’payish organlari (monosporagiylar) hamda jinsiy organlar (karpogen va anteridiylar) bir o’simlikning o’zida, ya’ni assimilyatorlar yuzaga kela oladi. Ko’pchilik qizil suvo’tlari chuqur qatlamlarida o’sib, ular o’zining tipik qizil rangi bilan ajralib turadi. Qizil suvo’tlari xo’jalik jixatdan muxim ahamiyatga ega. Ulardan agar-agar degan modda olinadi. Mikrobiologiya sanoatida qattiq oziqa muxiti hamda qandolatchilikda foydalaniladi. Ba’zi turlari masalan porfira Xitoy, Yaponiya, Koreyada oziq ovqat sifatida istemol qilinadi. Download 4.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling