Guliston davlat universiteti xalqaro huquqi asoslari


§. Xalqaro huquqning universal manbalari


Download 333.3 Kb.
bet6/25
Sana04.04.2023
Hajmi333.3 Kb.
#1326464
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ma`ruza matn


§. Xalqaro huquqning universal manbalari

Shartnoma — xalqaro huquq manbai.
Shartnoma xalqaro huquq normalarining amaldagi yozma shaklidir. Xalqaro shartnoma ikki yoki undan ortiq xalqaro huquq subyektlari o'rtasidagi bitimdir. Xalqaro shartnoma mustaqil davlatlaming ixtiyoriylik va suveren tenglik asosida kelishilgan irodasi hisoblanadi. Zamonaviy xalqaro huquqning aksariyat normalari shartnoma xususiyatiga ega.
0‘tmishda ham, hozir ham qog'ozda qayd etilgan normalarni qo‘llashdagi aniqlik va qulaylik tufayli, xalqaro shartnomalar juda om- mabop hisoblanadi. Xalqaro-huquqiy tartibga solish vazifalarining mu- rakkablashib borishi natijasida xalqaro shartnomalaming mavqei tobora ortib bormoqda.
Hozirgi zamon xalqaro huquqiga xos eng muhim jihat ko‘p tomonla­ma shartnomalar soni va mavqeining ortib borayotganidir. Birgina MDH doirasida 200 tadan ziyod shunday shartnoma tuzilgan. Bu jarayon is- tiqbolda yanada rivojlanib borishini taxmin etish uchun asoslar yetarlidir.
Ko‘p tomonlama shartnomalar soni va mavqeining ortishi dunyoda faqat davlatlaming hamjihatlikdagi sa’y-harakatlari bilangina tartibga solish mumkin boigan global muammolar soni ko'payib ketayotgani bilan izohlanadi. Barcha davlatlar uchun umumiy prinsiplar va norma­lar asosida umumjahon tartibotini saqlab turish zarurati ham xuddi shu yo'nalishga qaratilgandir.
Xalqaro huquq nazariyasida xalqaro-huquqiy shartnoma deganda, xalqaro huquqning asosiy va muhim manbalaridan biri tushuniladi. Bu BMT Ustavida hamda BMT Xalqaro sudi statutida ham o‘z aksini topgan.
1969-yildagi Xalqaro shartnomalar huquqi to'g'risidagi Vena konven- siyasi hamda 1986-yildagi Davlatlar va xalqaro tashkilotlar o'rtasidagi shart­nomalar huquqi to'g'risidagi Vena konvensiyasining 2-moddasiga muvofiq, xalqaro shartnoma — xalqaro huquq tomonidan tartibga solinadigan dav­latlar va xalqaro huquqning boshqa subyektlari o'rtasidagi bitimdir.
Shartnoma xalqaro huquq subyektlari o'rtasida ular uchun yuridik majburiy bo'lgan qoidalar — ulaming o'zaro huquq va majburiyatlarini belgilash, o'zgartirish yoki bekor qilishga doir xalqaro-huquqiy norma- larni yaratish to'g'risidagi bitimni nisbatan aniq va muayyan shaklda ifoda etadi. Xalqaro huquq normalarining ko'pchiligi shartnomaviy xu- susiyatga egadir.
Xalqaro shartnomada xalqaro huquq manbayi sifatida ko'p marta qo'llashga mo'ljallangan umumiy normalar hamda aniq holatlar uchun ilova qilinadigan individual normalar, ya’ni universal va partikulyar normalar ifodalangan bo'lishi mumkin.
Xalqaro huquq manbalari sirasiga davlatlararo shartnomalami ham, shuningdek, xalqaro shartnomalar ishtirokidagi shartnomalami ham ki- ritish qabul qilingan. Unda barcha xalqaro shartnomalar, ularda ishti­rok etuvchilar sonidan qat’i nazar, xalqaro huquqning u yoki bu sub­yektlari uchun xalqaro huquq manbalari hisoblanishini ham ta’kidlash lozim. Ularga umumiy talablar qo'yiladi. Huquqiy asosli shartnomalar- gina xalqaro huquqning asl manbalariga mansub hisoblanadi, ya’ni bun­day shartnomalar sirasiga faqat ixtiyoriy teng huquqli xohish-iroda si­fatida xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplariga muvofiq, kuch ishlatmasdan va kuch ishlatish bilan tahdid qilmasdan tuzilgan shartnomalar kiradi.
Xalqaro huquq nazariyasida xalqaro shartnomalarning xalqaro hu­quq manbalari sifatidagi turli qirralari qayd etiladi. Ayniqsa, davlat manfaatlarini ifodalovchi va har qanday davlat qo'shilishi uchun ochiq bo'lgan universal shartnomalar muhim o'rin tutadi. Ular orasida BMT Ustavi xalqaro shartnomalar ichida oliy yuridik kuchga ega bo'lib, xalqaro huquqning asosiy manbayi sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.
Odat — xalqaro huquq manbai.
Odat BMT Xalqaro sudi statutining 38-moddasida «huquqiy norma sifatida qabul qilingan umumiy amaliyot»ning dalili, deb belgilangan. Bunda ikkita xususiyatini — umum qabul qilingan xulq-atvorni, shuningdek, uning yuridik norma (opinio juris) sifatida tan olinganini ko'rish mumkin.
Xalqaro odat normasi — ko'p yillar davomida hamma tomonidan qo'llanib kelinayotgan yurish-turish qoidalaridir. Xalqaro odatning uch asosiy xususiyati mavjud:
birinchisi, xalqaro odat normalari uzoq vaqt davomida qo'llanilgan;
ikkinchisi, xalqaro odat normalari xalqaro huquq subyektlari tomo­nidan tan olingan;
uchinchisi, xalqaro odat normalari huquqiy majburiyligi tan olingan.
Hozirgi zamon xalqaro huquqida odat normalarining ikkita turi mavjud.
Birinchisi, an’anaviy, amalda yozma holda bo'lmagan, biroq yu­ridik kuchi tan olingan odatdagi qoidalardan iborat.
Ikkinchisi — xalqaro odatning yangi turi bo'lib, uning tarkibiga uzoq muddatli amaliyot davomida yaratiladigan emas, balki bir nechta, hatto bitta hujjatda mavjud bo'lgan va qoida sifatida tan olingan nor­malar kiradi.
Ikkinchi turga mansub normalar avval shartnomalarda yoxud xalqaro kengashlar va tashkilotlar qarorlari kabi nohuquqiy hujjatlarda shakllanadi, keyinchalik esa ularning umumiy xalqaro huquq norma­lari degan maqomi e’tirof etiladi. Yuridik jihatdan bu normalar odat sifatida mavjud bo‘lsa-da, tegishli hujjatlar ular mohiyatining dalili bo‘lib xizmat qiladi.
Xalqaro tashkilotlar aktlari odatlarga yangi kuch bag‘ishladi. Ana shu aktlar ko‘magida odat normalari shakllanadi, qayd qilinadi, talqin etiladi, hayotda qo‘llaniladi. Ular tufayli odatning qator an’anaviy nuq- sonlarini bartaraf etishga muvaffaq bo’lindi. Endilikda odat anchagina tez, puxta va pishiq shakllarda yaratiladigan bo‘ldi, uning mazmuni ham hamma uchun tushunarli tus oldi. Xalqaro tashkilotlar rezolyutsi- yalari odatning amaldagi tasdig’ini topishida ko‘maklashadi, uning maz- mun-mohiyatini yangi shart-sharoitga shunday moslashtiradiki, nati- jada odatning hayot bilan bog’liqligi mustahkamlanib boradi.
Odatning shakllanish jarayonini anglash uchun ikkita asosiy tushun- chani aniqlashtirib olish kerak:
birinchidan, amaliyotni;
ikkinchidan, yuridik kuch (opinio juris) sifatida e’tirof etilishini.
Amaliyot subyektlar, ular organlarining harakatini yoxud harakat- dan tiyilishini anglatadi. Amaliyot yetarlicha aniq, bir xil bo’lishi kerak- ki, toki undan umumiy qoida chiqarish mumkin bo’lsin. Odatni belgi- lashda subyektlar pozitsiyasi, nuqtayi nazari yetarlicha aniq-ravshan ifoda etilgan amaliyot shakllari (bayonot, nota, kommyunike, xalqaro tashki­lotlar rezolyutsiyalari) tobora katta ahamiyat kasb etayotir.
Amaliyotning davomiyligi odatni tan olishda hech qachon hal etuv- chi ahamiyat kasb etmagan. Ko‘p narsa aniq shart-sharoitga bog‘liq bo’ladi. Keskin o’zgarishlar yuz bergan va paysalga solmay hal etishni taqozo qiluvchi yangi muammolar paydo bo’lgan paytlarda odat nor­masi yagona pretsedent, hodisa natijasida ham shakllanishi mumkin.
Ilk Yer sun’iy yo’ldoshining uchirilishi va bunga nisbatan davlat- larning sukut saqlashi chet davlatlar hududlari ustidan fazoda (kosmos- da) bezarar parvoz etish huquqi to‘g‘risida odat normasining paydo bo’lishiga olib keldi. Natijada amaliyot va opinio juris munosabatlarida o'zgarish yuz berdi. Agar ilgari ulardan birinchisi muhim mavqe egallab turgan bo’lsa, endilikda bu mavqega ikkinchisi egalik qila boshladi. Xalqaro huquqning umumiy normalarini shakllantirishda protest (no- rozilik) alohida ahamiyat kasb etadi. Protest bildirilmadimi, demak, davlat yangi odat normasiga rozi.
Xalqaro-huquqiy amaliyotda xalqaro shartnomalar eng aniq va nu- fuzli dalil sifatida xizmat qiladi. Kodifikatsiyalash odat huquqini siqib chiqarish va shartnoma huquqi bilan almashtirishga olib kelmaydi. Odat normasi kodifikatsiya konvensiyasiga kiritilganidan keyin ham o’zining awalgi shaklida mavjud bo’lib qolaveradi. Bunday hollarda mazmunan bir-biriga muvofiq ikkita norma — shartnoma va odat normalarining yonma-yon mavjud bo'lishi va amal qilishini kuzatish mumkin.
Amaliyotni belgilash, odat normalarini shakllantirish borasida BMT Xalqaro sudi alohida o'rin tutadi. Davlatlar sudlarining xalqaro huquq normalarini qo'llashdagi mavqei ham o'sib bormoqda. Ular faoliyati- ning natijasi o'laroq, amaliyot odat normalarining dalili sifatida tobora katta ahamiyatga ega bo'lib bormoqda.
Jami xalqaro-huquqiy tizimlaming o'zagi hisoblangan va ta’sir doirasi barcha davlatlar va xalqaro tashkilotlarni qamrab olgan umumiy xalqaro huquq odat normalaridan iboratdir.
Shuningdek, partikulyar, ya’ni ayricha odat ham mavjudki, u chek- langan doiradagi davlatlarning alohida manfaatlarini ifodalaydi. Shu bois bunday xalqaro-huquqiy odatning shakllanishi barcha manfaatdor davlatlarning roziligini taqozo etadi.
Xalqaro huquq nazariyasida xalqaro-huquqiy odat deganda, xalqaro amaliyotda shakllanib ulgurgan va xalqaro huquq subyektlari tomoni­dan yuridik majburiy ekanligi tan olingan yurish-turish qoidasi tushuni­ladi. Xalqaro odat aynan davlatlar amaliyoti natijasida tashkil topadi, bunda u huquqiy norma sifatida tan olinishi orqali xalqaro-huquqiy odat normasi, degan mazmun kasb etadi. Bunday norma xalqaro odat shaklida o'zining tashqi ifodasiga ega bo'ladi.
Xalqaro-huquqiy normalar yaratishning shartnomaviy shaklidan farqli o'laroq, xalqaro-huquqiy odat tegishli qoidalar shakliga mos holda aniq ifoda etilgan yuridik hujjat sifatida namoyon bo'lmaydi. U xalqaro hu­quqning barcha yoki ayrim subyektlari o'rtasida takrorlanadigan xalqaro harakatlar samarasi o'laroq, yuzaga keladi va aniq shaklga ega nor- madan ko'ra muayyan xulq timsolida ko'proq namoyon bo'ladi. Bu­ning natijasida davlatlarning ziddiyatli va muntazam o'zgarib turadigan amaliyotida xalqaro odat huquqi normalarini bo'laklarga ajratish aksar hollarda o'ta qiyinchilik bilan kechadi.
Xalqaro-huquqiy odatga xos jihatlarga uning uzoq muddat qo'llanishi va xalqaro munosabatlar ishtirokchilari uchun yuridik majburiy kuchga egaligiga nisbatan ishonch mavjudligi kiradi. Bunda xalqaro huquq sub­yektlari amaliyotining uzoq muddatliligi nisbiy ahamiyat kasb etadi. Hozirgi zamon xalqaro munosabatlarida odat normalarini (masalan, xalqaro kosmik huquq) qisqa muddat oralig'ida yaratish tajribasi mavjud.
Xalqaro-huquqiy odat xalqaro huquq manbayi sifatida tan olinishi nuqtayi nazaridan universal (umumiy) yoki cheklangan doiradagi xalqaro munosabatlarda tan olinishi nuqtayi nazaridan partikulyar (mintaqaviy yoxud mahalliy) bo'lishi mumkin. Oxirgi holatda xalqaro-huquqiy odat xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplariga (jus cogens) zid kelmasligi kerak.
Hozirgi zamon xalqaro huquqida odat normalarining ikki turi mavjud. Birinchisi an’anaviy bo'lib, amaliyotda yozilmagan qoida sifatida shakl- langan va yuridik kuchga egaligi tan olinadi. Ikkinchisi — yangi tur, unga uzoq muddatli amaliyot chog'ida yaratiladigan emas, balki bir necha yoki bitta hujjatdagi qoidalarni xuddi shu mazmunda tan olish orqali yuzaga keladigan normalardir. Xalqaro odatlar birinchi navbatda davlatlar amaliyotida yaratiladi. Odat normalarining yaratilishida hozirgi davrda xalqaro tashkilotlar qarorlari ham muhim rol o'ynaydi. Xalqaro tashkilotlar o'z faoliyati jarayonida odat normalari yaratilishi uchun ham ko'maklashishi mumkin. Bunga misol sifatida BMT Xavfsizlik kengashi doimiy a’zolarining ovoz berishdan tiyilib turish amaliyotini aytsak bo'ladi.
Xalqaro-huquqiy odatni xalqaro-huquqiy odatiylikdan farqlash lo­zim. Xalqaro huquq nazariyasida odatiylik deganda, davlatlaming yu­ridik majburiy kuchga ega bo'lmagan umumiy amaliyoti tushuniladi. Odatiylik asosan ayni shu jihati bilan xalqaro-huquqiy odatdan farqla- nadi. Xalqaro takalluf ko'rsatish normalari ham odatiylikka kiradi. Elchi- lik va dengiz tantanali marosimlari (xususan, davlat rahbari yoki huku- mat boshlig'ini kutib olish tantanali marosimi; ochiq dengizda kema- laming o'zaro mushakbozligi) odatiylikka yana bir misoldir. Odatiylik xalqaro huquq normasi sifatida namoyon bo'lishi mumkin (ya’ni, bar­cha xalqaro muomala ishtirokchilari uchun yuridik majburiylik kuchiga ega xulq qoidasi sifatida namoyon bo'lishi mumkin). Buning uchun odatiylik xalqaro-huquqiy odatga yoki huquqning shartnomaviy nor- masiga aylanishi kerak bo'ladi.
Ta’kidlash joizki, hozirgi zamon xalqaro huquqi aslida ko'p jihat- dan shartnoma huquqi hisoblansa-da, xalqaro-huquqiy odat baribir uning xalqaro huquq manbayi sifatidagi ahamiyatini saqlab qolmoqda. Hozir­gi zamon xalqaro munosabatlarida shartnoma va odat huquqlari o'rtasida o'zaro bog'liqlik kuzatiladi.
Odat normalari o'zlarining xalqaro shartnomalarda mustahkamlab qo'yilishi orqali shartnoma huquqi normalariga aylanadi. Bunda ular ko'pincha shartnomaviy yo'l bilan bekor qilinadi, o'zgartiriladi yoki rivojlantiriladi (masalan, xalqaro huquqni kodifikatsiyalash va ilg'or rivoj- lantirishga doir xalqaro shartnomalarda). Bundan tashqari, shartnoma normasi, agar u hamma tomonidan e’tirof etilib, odat huquqining umum tan olingan normasiga aylansa, tegishli shartnomada ishtirok etmayot- gan davlatlar uchun ham odat sifatida namoyon bo'lishi mumkin. Ma­salan, 1968-yildagi Yadroviy qurollarni tarqatmaslik to'g'risidagi shart­nomada hozircha dunyoning barcha davlatlari ishtirok etmayapti, ammo uning aynan barcha davlatlar uchun majburiy normalar sifatidagi qoi- dalarini tan olish tobora kengroq tasdig'ini topmoqda.
Hozirgi zamon xalqaro huquqi va xalqaro munosabatlar amaliyoti tahlilidan xulosa qilish mumkinki, ayni bir masala yuzasidan shartnoma normalari bilan birga odat normalari ham amal qilishi mumkin.

  1. Download 333.3 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling