Guliston davlat universiteti xalqaro huquqi asoslari
§. Davlatlarning bir tomonlama hujjatlari
Download 333.3 Kb.
|
portal.guldu.uz-Ma`ruza matn
§. Davlatlarning bir tomonlama hujjatlari Davlatlarning bir tomonlama aktlari miqdor jihatidan xilma-xil bo’lib, ular xalqaro huquq ijodkorligida muhim o’rin tutadi. Bu aktlarni bir necha guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruh: davlat tomonidan chiqariladigan va boshqa davlatlar uchun muayyan oqibatlarga ega bo’lishi mumkin bo’lgan aktlar. Buni davlatlarning Jahon okeanida o’z huquqi va yurisdiksiyasini o’rnatishiga qaratilgan bir tomonlama aktlar misolida tushuntirish mumkin. Masalan, davlat okean orqali o’tadigan (xuddi Rossiyaning Kamchatka shar- qiy sohili bo’ylab o’tgan dengiz chegarasi kabi) o’z chegara chiziqlarini e’lon qiladi. Bu aktning ta’sir kuchi asosida sohilbo’yi davlati ochiq dengizdan, ya’ni davlatlar umum foydalanadigan dengiz maydonidan tegishli qismini egallab oladi. Ayni chog’da, ana shu hududga bevosita tutash boshqa davlat mavjud bo’lmasa, demak sohilbo’yi davlati bu borada qo’shimcha muzokaralar o’tkazishga majbur emas. Shu bilan birga, sohilbo’yi davlatining ushbu akti boshqa davlatlar uchun baliq ovlash, boshqa xil tabiat zaxiralariga egalik qilish, shuningdek, hududiy dengiz deb e’lon qilingan suvlarda suzish chog’ida sohilbo’yi davlati qonun- chiligiga amal qilish kabi majburiyatlarni yuzaga keltiradi. Ammo sohilbo’yi davlatining tegishli tartibda chop etilgan mazkur aktiga nisbatan boshqa davlatlar tomonidan noroziliklar kelib tushma- gan taqdirdagina xalqaro huquqning yangi normasi vujudga kelgani haqida gapirish mumkin. Bunday hollarda sohilbo‘yi davlatining bir tomonlama akti e’tirozsiz tan olinganining qayd etilishi o‘rinli bo'ladi. Bu — bir tomonlama akt bilan o'z-o'zidan normalar darrov yaratilaver- maydi, deganidir. Bu holda ham norma bitim yordamida yaratiladi, bitim esa bir tomondan, bir tomonlama akt tuzilishi, ikkinchi tomon- dan, uning sukut saqlash ko'rinishidagi tan olishi tufayli tashkil topadi. Xalqaro-huquqiy amaliyot shuni ko'rsatmoqdaki, davlatlar o'zlari uchun yuridik oqibatlarga ega bir tomonlama aktlar, agar mavjud xalqaro huquq normalariga asoslangan bo'lsa, bunday aktlami tan olishga ko'proq moyildir. Aytaylik, 12 dengiz mili kengligida, BMTning Dengiz huquqi bo'yicha konvensiyasida ko'zda tutilganidek, hududiy dengiz chega- ralarini belgilash yoki odatiy huquqda mustahkamlanib qolganidek, che- gara daryosining o'rtasidan chegara chizig'i o'tkazish biron-bir e’tirozga sabab bo'lmaydi. Ikkinchi guruh: bayonotlar, notalar, davlat rahbarlarining chiqish- Iari va boshqalar. Bunday aktlardan istalgani davlatning zimmasiga ba- yonot berilganiga muvofiq tarzda yo'l tutish bo'yicha muayyan majburiyatlar yuklaydi. Tinch okeani orollaridagi Fransiya yadro quroli sinovlari bo'yicha ishni ко Tib chiqishda BMT Xalqaro sudi fransuz hukumati sinovlami to'xtatish to'g'risida bergan bayonotning yuridik ahamiyatiga e’tibor qaratdi. Sud tomonidan fransuz hukumati bayonoti uning uchun xalqaro-huquqiy majburiyatni yuzaga keltirishi belgilandi. Bu kabi bayonotlar yuridik yoki faktik holatlarga nisbatan huquqiy majburiyatlar yaratishga qodirligidan kelib chiqib, ushbu holatning umume’tirofga molik ekani ta’kidlandi. Bayonot berayotgan davlatning maqsadi ushbu bayonot uning shart- lariga muvofiq tarzda majburiy tus olishidan iborat bo'lgan hollarda tegishli bayonot yuridik majburiyat hisoblanadi. Biroq bu mutlaqo — davlatning xohish-irodasiga bog'liq va u o'z majburiyatlarini o'zi ista- gan paytda bemalol bekor qilishi mumkin, degani emas. Sud tomonidan huquqiy majburiyatlaming yaratilishi va ijro etilishini tartibga soluvchi prinsiplardan biri halollik, vijdoniylik prinsipi ekani qayd etildi. Shunday qilib, manfaatdor davlatlar bir tomonlama deklaratsiyalar- ni e’tiborga olishi va ulaiga ishonch bildirishi mumkin va shu tariqa yuzaga keladigan majburiyatlar hurmat qilinishini talab etishga haqli- dir. Bunday aktlar bayonot bergan davlat uchun majburiyatlarni yuzaga keltirishi barobarida, boshqa davlatlarga huquq va shu huquqdan foydalanish shartlarini vujudga keltiradi. Huquqdan foydalanishga rozilik bildirgan tomonlar tegishli shartlarni ham bajarishga majburdir. Xalqaro-huquqiy amaliyot boshqa davlatlar o'zlariga qo'yilgan shart- larni buzgan hollarda bir tomonlama majburiyatdan bosh tortishning qonuniyligidan kelib chiqadi. Misol uchun Sobiq SSSR, AQSH ham shu yo‘ldan borishi sharti bilan yerosti yadro sinovlarini amalga oshir- maslik yuzasidan o‘z zimmasiga bir tomonlama majburiyat olgandi. Qo‘shma Shtatlar tomonidan yadro sinovlari o‘tkazilganidan so‘ng SSSR hukumati 1986-yil aprelida bundan keyin o‘zini zimmasiga olgan maj- buriyatidan ozod, deb hisoblashi to‘g‘risida bayonot berdi. Uchinchi guruh: xalqaro huquqda tan olinishi juda muhim ahamiyat - ga ega bo'lgan aktlar. Qaysidir yuridik akt yoki vaziyatni tan olgan davlat ana shu e’tirofiga qarshi ish tutishga haqli emas. Boz ustiga, qoida bo'yicha, e’tirof qaytarib olinishi mumkin emas. E’tirofga misol sifatida yangi dav- latlaming paydo bo'lishi, davlat chegaralarining faktik o'zgarishi, nizoli huquqlar va da’volarning tan olinishi hollarini ko'rsatish mumkin. To'rtinchi guruh: e’tiroz — e’tirofga mutlaqo zid bo'lgan aktdir. Bu akt yordamida davlat muayyan vaziyatga nisbatan o'zining noroziligini, da’vosini va huquqiy oqibatlarga ega boshqa holatlarni izhor etadi. Protest natijasida tegishli vaziyat manfaatdor davlatlar o'rtasida nizo mav- zusiga aylanadi. U e’tiroz bildirayotgan davlat uchun hech qanday maj- buriyatlami yuzaga keltirmaydi. Beshinchi guruh: voz kechish — davlatning huquq, da’vo, vakolat- dan bosh tortishi bo'lib, ular shu paytdan e’tiboran mavjud bo'lmaydi. Oltinchi guruh: sukut saqlash ko'rinishidagi voz kechishning alohida holati estoppel bo'lib, uning mazmuni tomonlar o'z harakatlari bilan bog'lanib qolganini va bu harakatlarga tayangan va o'zi ham shu bo'yicha harakat qilgan tegishli tomonga ziyon yetkazadigan tarzda talablar qo'yish mumkin emasligini bildiradi. Masalan, 1969-yilgi Shartnomalar huquqi bo'yicha Vena konvensiyasining 45-moddasiga muvofiq, agar davlatga qoida buzilish fakti ma’lum bo‘lsa-yu u shartnoma o'z kuchini yo'qotayotganiga sukut saqlash ko'rinishida rozilik bildirgan deb hisob- lansa, shundan so'ng ushbu davlat shartnomani bekor qilishning qoida buzilish shaklidagi asosiga murojaat qilish huquqidan mahrum bo'ladi. §. Xalqaro huquq ta’limoti (doktrinasi)ning o'rni Klassik xalqaro huquqni shakllantirishda yuristlaming mehnati alohida o'rin tutadi. Hatto XX asrga qadar xalqaro huquqqa olimlar huquqi, doktrinal, nazariy huquq sifatida qarab kelindi. Sudlar deyarli bu- tunlay «buyuk olimlar»ga tayanar edi. XXI asrga kelib turli mamlakat yuristlarining jamoaviy fikri katta ahamiyat kasb eta boshladi. Bu ay- niqsa Xalqaro huquq assotsiatsiyasi, Xalqaro huquq instituti kabi no- davlat tashkilotlarining hujjatlarida yaqqol aks etgan. Konvensiya loyi- halarini tayyorlash bilan shug'ullanuvchi xalqaro organlar a’zolarining katta qismi xalqaro huquq professorlaridan iborat. BMTning Xalqaro huquq Komissiyasi bunga yaqqol misol sifatida xizmat qilishi mumkin. Hozirgi davrda xalqaro huquq manbalari hisobidan «xalqaro huquq doktrinalari» deb nomlanuvchi manbalami, ya’ni xalqaro huquq sohasi atoqli olimlarining ishlarini to‘laligicha istisno etib bo'lmaydi. Bunday ishlar ko'pincha ayrim xalqaro-huquqiy qoidalami, shuningdek, muayyan davlatlaming xalqaro-huquqiy pozitsiyasini aniqlashtirishda qo'l keladi. Xususan, nizolashayotgan tomonlar o'zlarining xalqaro sudlov organ- lariga taqdim etadigan hujjatlarida ba’zi hollarda xalqaro huquqning turli masalalari bo'yicha mutaxassislarning fikrlaridan foydalanadilar. Bu esa huquqning ushbu sohasi manbalari doirasini aniqlashtirish chog'ida hisoblashish zarur bo'lgan faktdir. Yuqoridagi fikrlardan ko'rinib turibdiki, xalqaro huquq doktrinasining o'ziga xalqaro huquq manbayi sifatida qaralmaydi. U normalarni belgi- lashda ko'magi tegadigan qo'shimcha vositadan boshqa narsa emas. ll-§. Xalqaro huquqni kodifikatsiya qilish Amalda zamonaviy xalqaro huquq normalarini muayyan bir tizimga keltirish xalqaro huquqni kodifikatsiyalash deyiladi. Kodifikatsiyalash jarayonida xalqaro huquq normalari aniqlanadi, rivojlantiriladi hamda yangilari ishlab chiqiladi. Xalqaro huquq normalari kodifikatsiyasi bilan BMTning Xalqaro huquq Komissiyasi va qatorqo'mitalari shug'ullanadi. Xalqaro huquq Komissiyasi BMTning xalqaro huquq normalarini kodifikatsiya qiluvchi asosiy organidir. Komissiya 25 a’zo-ekspertdan tashkil topgan. Uning a’zolari BMT Bosh Assambleyasi tomonidan saylanadi. Xalqaro huquq bo'yicha Komissiya 1949-yildan faoliyat ko'rsatib kel- moqda. O'zining yarim asrdan ortiq faoliyati davomida komissiya ko'plab xalqaro konvensiya loyihalarini ishlab chiqqan. Xalqaro huquqning o'ziga xos jihatlari va normalarining shakllanish jarayoni taqozosiga ko'ra, xalqaro huquq manbalari ro'yxatini va ular ta’rifini belgilab beruvchi, barcha xalqaro huquq subyektlari tan olgan qandaydir huquqiy hujjat mavjud emas. Xalqaro huquq normalari shartnoma va odatlarda mustahkamlab qo'yiladi, shunday ekan, faqat konvensiyalar (xalqaro shartnomalar) va xalqaro odatlar xalqaro huquq manbalariga mansubdir. Umumiy xalqaro konvensiyalar deganda, barcha davlatlar ishtirok etadigan shartnomalar anglanadiki, ulaming matni butun xalqaro hamjamiyat uchun majburiy bo'lgan normalar, ya’ni umumiy xalqaro huquq normalaridan iborat bo'ladi. Xalqaro huquqni kodifikatsiyalash bilan bog'liq izchil jarayon da- vom etayotganiga qaramay, odatlarning xalqaro hayotda tutgan o'mi saqlanib qolmoqda. Ba’zi xalqaro munosabatlarning o'zi ayrim davlat- larda shartnomaviy normalar yordamida, boshqalarida esa odatlar bilan tartibga solinishi mumkin. Ayni chog‘da (aksariyat yuristlar xuddi shunday fikrda) xulq-atvor qoidasini odat sifatida tasniflash murakkab masala, chunki shartnomaviy normalardan farqli o'laroq, odat qandaydir yaxlit hujjat sifatida yozma ko'rinishda rasmiylashtirmaydi. Shu munosabat bilan odat mavjudligini aniqlash uchun yordamchi vositalar: sud qarorlari va doktrinalar, xalqaro tashkilotlar qarorlari, shuningdek, davlatlarning bir tomonlama hujjat- lari hamda xatti-harakatlaridan foydalaniladi. Yordamchi vositalardan biri — sud qarorlariga BMT Xalqaro sudi, shuningdek, boshqa xalqaro miqyosdagi sud va arbitraj organlari qarorlari ham kiradi. Nizoni BMT Xalqaro sudiga yoki boshqa xalqaro sudlov organiga havola etar ekan, davlatlar ko'pincha nizolashayotgan to- monlar uchun majburiy hisoblangan odat normasi bor-yo'qligini aniq- lab berishni so'raydi. §. Xalqaro huquqda norma ijodkorligi Davlatlararo xalqaro munosabatlami shu munosabatlaming mustaqil subyektlari o'rtasida o'zaro huquq va majburiyatlami o'matish yo'li bilan tartibga soluvchi alohida yuridik normalar tizimi sifatida xalqaro huquq o'ziga xos norma ijodkorligi jihatlariga ega. Bu sohada norma ijodkorligining o'ziga xosligi shundaki, bu jarayonda subyektlarning o'zi ixtiyoriy xohish-iroda asosida ishtirok etadi. Xalqaro huquq normasi negizida doimo shu normani yaratishning yagona usuli hisoblangan subyektlar bitimi yotadi. Bitimlaming shakllanishi va huquqiy normada mustahkamlanishi muayyan protsessual tartibda amalga oshadi. Ana shu tartibga muvofiq kelishib olingan qoida o'zida odat yoki shartnoma shaklini mujassam etib, yuridik kuchga ega bo'ladi. Bu xalqaro ommaviy huquq kelishuv mazmunini kasb etadi, deb hisoblash uchun im- kon beradi. Kelishuvsiz hech kim xalqaro ommaviy huquq xulq qoidasini belgilash huquqiga ega emas. Shunday ekan, xalqaro huquqqa nisbatan «qonunchilik», «xalqaro qonuniylik» kabi tushunchalarni qo'llash bir qadar noo'rindir. Umumiy xalqaro huquq normalarini shakllantirishda protest (e’tiroz) bildirish muhim o'rin tutadi. E’tiroz bildirilmaganligi, davlat yangi nor- maga roziligini anglatadi. Xalqaro huquqda norma ijodkorlik xalqaro shartnomalar tuzish orqali yoki odatlarni shakllantirish yo'li bilan amalga oshiriladi. Bu jarayonda xalqaro tashkilotlar, awalo BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari rezolyutsiyalari hamda qarorlari katta ahamiyatga ega bo'ldi. Ushbu hujjatlarda ko'pincha allaqachon shakllangan odat —huquq normalari qayd etiladi, shuningdek, xalqaro munosabatlar subyektlarining muayyan xulq qoidalari rag'batlantiriladiki, bu yangi norma va odatlar yuzaga kelishi uchun sabab bo'ladi. Kodifikatsiya amaldagi xalqaro-huquqiy normalami tizimlashtirish, ziddiyatlami bartaraf etish, kamchiliklarni to'ldirish va eskirgan nor- malarni yangilari bilan almashtirish jarayoni ekaniga alohida urg‘u be- rish zarur. Bundan kelib chiqadiki, kodifikatsiya huquq ijodkorligi jarayoni demakdir. Davlatlar va ularga tegishli tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan rasmiy kodifikatsiya hamda davlat ishtirokisiz, jamoat tashkilotlari va alohida jismoniy shaxslar tomonidan joriy etiladigan norasmiy kodifikatsiya farqlanadi. Bunda norasmiy kodifikatsiyaning asosiy turi sifatida olimlar yoki ularning tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan doktrinal (nazariy) kodifikatsiyani misol qilib keltirish o'rinlidir. Norma ijodkorligi alohida ko'rinishda — xalqaro huquq subyektlarining davlatlar bir tomonlama hujjatlarini tan olish yo‘li bilan ham ro‘yobga chiqishi mumkin. Bir tomonlama hujjatlar sirasiga bayonotlar, notalar, davlat arboblarining chiqishlari va boshqalar kiradi. Majburiyat bir tomonlama hujjatlaming asosiy turi hisoblanadi (masalan, birinchi bo‘lib yadro qurolini qo‘llamaslik yuzasidan Rossiyaning majburiyati). Bir tomonlama hujjatlaming yana bir turi— e’tirofdir. u yoki bu yuridik hujjatni, vaziyatni e’tirof etar ekan, endilikda davlat ana shu e’tirofiga qarshi ish qilish huquqiga ega emas. Bundan tashqari, odatda, e’tirofni ortga qaytarib (chaqirib olib) bo'lmaydi. Bir tomonlama hujjatlaming boshqa bir turi protest (e’tiroz) (e’tirofga qarama-qarshi hujjat) hisoblanadi. Bu hujjatda davlat muayyan vaziyat- ga, da’voga va huquqiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo'lgan barcha holatlarga qarshi o'z e’tirozini bayon etadi. Bir tomonlama hujjatlaming navbatdagi turi voz kechish bo'lib, bunda davlat o'z huquqi, da’vosi, vakolatlaridan voz kechadi hamda shu paytdan e’tiboran ular barham topadi. Voz kechish qat’iy yakuniy va ortga qaytarib bo'lmaydigan mazmun kasb etadi. Sukutga asoslangan voz kechishning asosiy ko'rinishi estoppel bo'lib (estoppel-da’vo, e’tiroz huquqidan mahrum- lik), u ingliz umumiy huquqidan kirib kelgan hamda mazmuniga ko'ra, tomonlar o'z xatti-harakatlari bilan bir-biriga bog'liq ekanini va ana shu harakatga suyangan holda o'zini risoladagidek tutgan boshqa tomongan ziyon keltiradigan talablar qo'yishi mumkin emasligini anglatadi. Shunday qilib, xalqaro huquq nazariyasi ikkita asosiy manba— xalqaro shartnomalar va xalqaro-huquqiy odatlarga muvofiq ravishda xalqaro huquq normalarini yaratishning ikkita asosiy usulini ko'zda tutadi. Xalqaro huquqning shartnoma (konvensiya) va odat normalarining majburiy yuridik kuchi bir xildir. Bu davlatlar amaliyotida, BMT Us- tavida, BMT Xalqaro sudi statutida va 1969-yildagi Xalqaro shartnomalar huquqi to'g'risidagi Vena konvensiyasida mustahkamlab qo'yilgan. 13-§. Konstitutsiya va xalqaro huquq Har qanday davlatning tashqi siyosiy faoliyati u yoki bu darajada konstitutsiyaviy tartibga solish predmeti bo'lib kelgan. XVIII asming oxiri — XX asr boshlarida qabul qilingan konstitutsiyalar «urush huqu- qini» suverenitetning zaruriy belgisi deb bilib, «urush e’lon qilish huquqi»ning oliy hokimiyat tizimidagi an’anaviy huquqlardan biri sifatida qabul qilgan. O'sha davrda ham «Tinchlikka qaratilgan moddalar» mavjud bo'lgan. 1791-yilgi Fransiya Konstitutsiyasida istilochilik urushidan voz kechish holatlari, 1931-yilgi Ispaniya Konstitutsiyasida esa «urushdan milliy siyosat quroli» sifatida foydalanishdan voz kechish holatlari o'z aksini topgan. Ikkinchi jahon urushidan keyin vaziyat keskin o'zgardi. «Tinchlikka qaratilgan moddalar» Italiya, Yaponiya, GFR va bir qancha boshqa davlatlaming konstitutsiyalaridan o'rin oldi. Yaponiyaning 1947-yilgi Konstitutsiyasi 9-moddasida urushdan butunlay voz kechish va mam- lakatda qurolli kuchlarni tuzishni man etish qoidalari mustahkamlan- gan. XX asming ikkinchi yarmida qabul qilingan konstitutsiyalarda dav- latlarning tashqi siyosiy faoliyatini tartibga solishning kengayishi yaqqol namoyon bo'ldi. Bu, eng awalo, tashqi siyosatning ayrim prinsiplarini rasmiy e’lon qilish, urush e’lon qilish va xalqaro shartnomalar tuzish bilan bog'liq masalalarni tartibga solish, xalqaro va ichki huquqning o'zaro munosabatlari, davlat organlarining xalqaro shartnomalami tuzish, ratifikatsiya va denonsatsiya qilish bo'yicha vakolatlarini belgilash, inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi hamkorlik — fuqarolik, in- sonning huquq va erkinliklari, ekstraditsiya va boshpana huquqi, davlatlararo iqtisodiy va harbiy-siyosiy integratsiyani tartibga solish masalalarida tartibga solishda ko'rinadi. Intematsianallashuv — zamonaviy konstitutsionalizmning asosiy xususiyatlaridan biri. U dunyodagi demokratik davlatlardagi kons- titutsiyalarning xalqaro huquq bilan yaqinlashishida namoyon bo'lmoqda. Ayrim davlatlaming konstitutsiyaviy huquqi erishgan yutuqlar xalqaro miqyosda umumlashtirilib, xalqaro huquqning muhim hujjatlari — dek- laratsiyalar, konvensiyalar, paktlarga kiritilgan. Ushbu hujjatlar ishti- rokchi davlatlarga o'zlarining milliy qonunchiliklariga u yoki bu turdagi demokratik konstitutsiyaviy-huquqiy institutlarini kiritish majburiyatini yuklaydi (masalan, insonning huquq va erkinliklari). Xalqaro huquqning milliy tizimlarga bo'lgan ta’siri ham oshib bor- moqda. Ko'pgina konstitutsiyalarda xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalari milliy konstitutsiyaviy huquqning tarkibiy qismiga kiradi. GFRning Asosiy qonunidagi 25-moddasiga asosan, «xalqaro huquqning umumiy qoidalari Federatsiya huquqining tarkibiy qismiga kiradi». Ular qonunlardan ustun bo'lib, federal hudud aholisi uchun bevosita huquq va majburiyatlar yaratadi, deb yozib qo'yilgan. Fransiya Konstitutsiyasining 55-moddasida «tegishli ravishda qabul qilingan yoki ratifikatsiya qilingan shartnomalar yoki kelishuvlar ichki qonunlardan kattaroq kuchga ega bo'ladi», — deb qayd qilingan. TO’RTINCHI MAVZU. XALQARO HUQUQ УА MILLIY HUQUQNING 0‘ZARO MUNOSABATI §. Xalqaro va milliy huquqning o‘zaro munosabati §. Konstitutsiya va xalqaro huquq §. Xalqaro huquq normalarining milliy huquqqa bo'lgan trans- formatsiyasi (implementatsiyasi) §. Xalqaro va milliy huquqning o'zaro munosabati Xalqaro va milliy huquq (davlatning ichki huquqi) turli sohalarda amal qiladigan va bir-biriga bo'ysunmaydigan mustaqil huquq tizimlari hisoblanadi. Ayni chog'da, ular o'zaro murakkab munosabatlar bilan bog'langandir. Keng ma’noda qaralganda, xalqaro va milliy huquqlarning harakat sohalari bir-biriga juda yaqin bo'lib, u tegishli huquq subyektlarining o'zaro harakati jarayonida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlami qamrab oladi Amaliy jihatdan yondoshganda, xalqaro va milliy huqu- qlaming harakat sohasi qanchalik o'zaro yaqin bo'lmasin, ular turlicha- dir. Birinchidan, xalqaro huquq subyektlari sifatida — davlatlar, milliy huquq subyektlari sifatida esa, jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek, ushbu davlatlaming organlari namoyon bo'ladi. Ikkinchidan, tartibga solish obyekti xalqaro huquqda — xalqaro (davlatlararo) munosabatlar, milliy huquqda esa, mamlakat ichkarisidagi ijtimoiy munosabatlar kiradi. Uchinchidan, xalqaro huquqda normativ manbalarni davlatlar, bitim asosida yaratadi, milliy huquq manbalarini esa, qonunlar hamda davlatning oliy hokimiyat va boshqaruv organlarining qonunosti hujjatlari tashkil etadi. To'rtinchidan, milliy huquq normalariga rioya etishni alohida davlat majburlov apparati ta’min etgani holda, xalqaro huquq normalariga amal qilishni ta’minlash alohida yoki jamoa tarzida majburlovchi usul- larni qo'llash yo'li bilan ro'yobga chiqariladi, bunda majburlovni qo'llash doirasi va shakllari maxsus prinsiplar hamda xalqaro huquq normala- rida belgilangan bo'ladi. Xalqaro huquqning milliy huquq bilan bo'lgan o'zaro munosabat- laridagi chuqurlashuv ijtimoiy hayotni baynalmilallashtirish bilan belgi- lanadi. Xalqaro huquq bo'yicha majburiyatlarni vijdonan bajarish prinsipi- ga muvofiq, har qanday davlat o'z hokimiyatini amalga oshirishda, jumladan qonunlar va ma’muriy qoidalarni o'rnatishda o'z zimmasidagi xalqaro majburiyatlarni muvofiqlashtirib oladi. Shu bilan birga, davlat- laming suveren tengligi prinsipi har bir davlatga o'z milliy huquqiy tizimini o'zi tanlash, shuning barobarida, o'z ichki davlat huquqining xalqaro huquq bilan o'zaro munosabat tartibini belgilash uchun imkon beradi. Bu xalqaro huquq davlat zimmasiga muayyan majburiyat yuk- laydi, uni mamlakat ichida amalga oshirish tartibini esa, agar xalqaro- huquqiy normada boshqa xil qoida mavjud bo'lmasa, milliy huquq belgi- laydi. Shunday qilib, xalqaro huquq va davlat ichki huquqi ikki mustaqil o'zaro bog'liq huquq tizimidir. Ular bir-biriga muayyan ta’sir ko'rsatadi hamda har biri o'z makonida harakat qiladi. Xalqaro va milliy huquqning o'zaro munosabati bo'yicha uch xil nuqtayi nazar mavjud. Birinchi nuqtayi nazar tarafdorlari xalqaro huquqning milliy huquq normalaridan ustunligini e’tirof etadilar va hozirgi kunda ko'pchilikni tashkil etadilar. Xalqaro huquqning ustunligi aksariyat davlatlaming konstitutsiyalarida, xususan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi- ning Muqaddimasida ham mustahkamlangan. Demak, birinchi nuqtayi nazar xalqaro huquq ustunligi nazariyasini asoslaydi. Ikkinchi nuqtayi nazar bo'yicha xalqaro huquq va davlat ichki hu- quqi o'zining subyektlari, manbalari, obyektlari, harakat qilish sohasi bo'yicha mustaqil huquq tizimlaridir. Bu nuqtayi nazar namoyondalar- ining ta’limoti dualistik nazariya nomini olgan. Uchinchi nuqtayi nazar XIX asrda Germaniyada tarqalgan bo'lib, unda davlat ichki huquqining xalqaro huquqqa nisbatan ustunligi olg'a surilgan. Xalqaro huquq tizimi va davlatning ichki huquqi tizimi bir-biridan umuman ajralgan va alohida holda mavjud bo'lmaydi. Xalqaro huquqda norma ijodkorligi milliy huquq tizimlariga ta’sir ko'rsatishi hamda bu davlatlarning tashqi siyosati va diplomatiyasida hisobga olinishi fakt sifatida e’tirof etiladi. Xalqaro huquq o'z navbatida milliy qonunchilikka ta’sir ko'rsatadi. Qator davlatlarda ratifikatsiya qilingan xalqaro shartnomalar to'g'ridan to'g'ri milliy qonunchilikning bir qismiga aylanadi. Ko'plab davlatlar qonunlarida shunday qoida belgi- langanki, unga ko'ra, qonundagi qoidalar bilan xalqaro shartnoma normalari o'rtasida tafovut mavjud bo'lgan hollarda xalqaro shartnoma qoidalari ustuvor sanaladi. Xalqaro huquq subyektlari, prinsip nuqtayi nazaridan olganda, xalqaro majburiyatlarga rioya qilmaganliklarini oqlash uchun o'z qonunchiligi- ga havola qilishlari mumkin emas. Davlatlar o'z zimmalariga olgan xalqaro majburiyatlarni sidqidildan bajarishlari zarur. §. Konstitutsiya va xalqaro huquq Har bir davlatning milliy huquqi ular qabul qiladigan xalqaro huquq normalari mazmuniga ta’sir ko'rsatadi: biron-bir davlat o'zining g'oya va dasturlariga zid keluvchi xalqaro majburiyatlarni zimmasiga olmay- di. Shu bilan birga, milliy huquq xalqaro huquqning milliy huquqiy tizimga kirib kelishi huquqi darajasi va shartlarini belgilaydi va bunda davlatlarning asosiy qonunlari bo'lmish konstitutsiyalari hal etuvchi ahamiyat kasb etadi. Xalqaro huquqning bironta normasi konstitutsiya- ni chetlab o'tgan holda milliy huquqqa kirib kelishi mumkin emas. Xalqaro huquq normalarining milliy huquqqa kirib kelish qoidalari turli mamlakatlarda turlichadir. Ayrim davlatlarning konstitutsiyalarida xalqaro huquqning milliy huquqdan ustun turishi va uning mamlakat ichkarisidagi bevosita ta’siri to'g'risida so'z boradi. Aslida bu ham xalqaro huquqning konstitutsiya bo'yicha kirib kelishi huquqi to'g'risidagi qoi- dadir. Dunyoning aksariyat mamlakatlarida xalqaro huquqning, bir to- mondan, odat normalari, ikkinchi tomondan shartnomaviy normalar- ning kiritilishi tartiblari o'rtasida farqlar mavjud. Masalan, AQSHda xalqaro odat huquqi mamlakat milliy huquqining uzviy qismi sanaladi va ijro yoki qonun chiqaruvchi hokimiyatga mansub xalqaro shartnomayoxud boshqa biron-bir normativ hujjat yoki sud qarori mavjud bo'lmagan taqdirda, sudlar undan tegishli maqsadlarda foydalanishi ko'zda tutila- di. Yevropa mamlakatlari huquqiy tizimlarida bu masala boshqacharoq hal etilganini kuzatish mumkin. Masalan, Germaniyada umumiy xalqaro huquq normalari mamlakat milliy huquqiga qo'shilibgina qolmay, ayni chog'da qonunlar oldida ustuvor kuchga ham egadir. Gollandiyada esa xalqaro odat huquqining barcha normalari qo'llanishi shartligi nazarda tutilgan. Xalqaro shartnomalarga va milliy huquqning o'zaro munosabatiga kelsak, bu masalaning ikkita yechimi ma’lum: birinchidan, xalqaro shartnoma qoidalari maxsus qonun chiqarish evazigagina milliy huquq kuchiga ega bo'ladi (Buyuk Britaniya, Hindis- ton, Nigeriya); ikkinchidan, tegishli tartibda ratifikatsiya qilingan va rasmiy tarzda chop etilgan xalqaro shartnoma qoidalari to'g'ridan to'g'ri milliy huquq normalari kuchiga ega bo'ladi. Ko'pincha bunday hollarda milliy huquqda xalqaro-huquqiy normalarning mamlakat huquqiy tizimidagi ustunligi o'rnatiladi (Fransiya, Gretsiya, Ispaniya). Yevropadagi aksariyat mamlakatlarda konstitutsiyaga zid bo'lgan xalqaro shartnomaning imzolanishiga faqat konstitutsiyaga tegishli o'zgartish kiritilganidan keyingina yo'l qo'yiladi. §. Xalqaro huquq normalarining milliy huquqqa bo'lgan transformatsiyasi (implementatsiyasi) Xalqaro huquq normalarining milliy huquqqa kirib kelish jarayoni xalqaro huquq normalarining milliy huquq normalariga aylanishini ko'zda tutgan holda, odatda, transformatsiya deb ataladi. Bunda xalqaro-huquqiy norma o'z mazmunini saqlab qolsa-da, uning shakli ba’zan o'zgaradi. Shu bois, bu o'rinda implementatsiya, ya’ni xalqaro huquq normalarining milliy huquq normalariga kirib borishi haqida ham so'z boradi. Transformatsiya quyidagicha bo'lishi mumkin: birinchidan, umumiy — bunda davlatning o'zi qabul qilgan xalqaro- huquqiy normalarning barchasi yoki ayrim turlari mamlakat huquqining uzviy qismi ekanini belgilaydi; ikkinchidan, individual — bunda alohida xalqaro-huquqiy norma yoki normalar guruhi maxsus hujjat orqali mamlakat huquqiga kiritila- di; uchinchidan, bevosita — bunda xalqaro shartnoma qoidasi, shartnoma qabul qilingani to'g'risidagi aktning to'g'ridan to'g'ri ta’sir kuchi natijasi o'laroq, milliy huquqdan ustunlik qiluvchi qoida asosida yuzaga keladi. Ayni chog'da, xalqaro huquq normasi mamlakat milliy huquqining uzviy qismi sifatida qo'llanishi uchun u o'z-o'zidan ijro etiladi- gan, ya’ni bevosita qo'llash uchun yaroqli bo'lishi zarur; to'rtinchidan, bilvosita — bunda xalqaro shartnoma asosida shartnoma mazmunini o'zida aks ettiruvchi milliy normativ hujjat chiqarila- di. Implementatsiyaning alohida turi — havola etish bo'lib, u qonunda muayyan qoidalar tegishli xalqaro shartnomaga muvofiq ravishda qo'llanishi yoki tegishli vaziyatda muayyan xalqaro shartnomaning qo'llanishi zarurligi qayd etilgan holatlami nazarda tutadi. Milliy huquqqa kirib kelar ekan, xalqaro huquq normalari unda alohida mavqega ega bo'ladi. Mamlakat huquqiy tizimining uzviy qismi sifatida ular o'z maqsad va prinsiplariga mos ravishda, shuningdek, unda belgilangan protsessual tartibga muvofiq tarzda qo'llanadi. Kelgusida bunday xalqaro-huquqiy norma o'z tarkibidan olingan xalqaro shartnoma taqdiridan mustaqil holda mavjud bo'ladi. U xalqaro shartnoma to'xtatilganidan keyin ham amal qilib qolaverishi mumkin. Transformatsiya davlatda maxsus qonun chiqarish yoki ushbu davlat hududida xalqaro shartnoma kuchda ekanini va barcha shaxslar uning talablariga rioya etishga majbur ekanini qonunlar asosida e’lon qilish yo'li bilan ro'yobga chiqarilishi mumkin. Shunday nuqtayi nazar ma’lumki, unga ko'ra davlatning xalqaro shartnomani ratifikatsiya qilish yoki ma’qullash fakti uning milliy qonunchiligi ajralmas bo'lagiga aylanishi bilan tengdir. Xalqaro huquq nazariyasida ushbu yondashuv (retsepsiya) ko'pincha davlatning ichki huquqiy hujjatlarida xalqaro- huquqiy hujjat ifodasining aniq bayon etilishini belgilash maqsadida qo'llanadi. Ba’zan retsepsiya deganda, davlatning milliy qonunchilik yordamida o'z xalqaro majburiyatlarini bajarishini ta’min etishi tushuniladi. Xalqaro huquq milliy qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshi- rishga ham o'z ta’sirini ko'rsatadi. Milliy qonun chiqaruvchi hokimiyat xalqaro huquqqa zid keladigan qonunlar chiqara olmaydi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat davlatning zimmasidagi xalqaro majburiyatlar bilan cheklab qo'yilgandir — u xalqaro huquq normalarini ro'yobga chiqarish uchun zarur qonunlar chiqarishga majbur. Xalqaro huquqning milliy, shu jumladan konstitutsiyaviy huquqqa ta’sirining kuchayib borishi xalqaro majburiyatlar mamlakat konstitutsi- yasiga muvofiqligini nazorat qilishning yangi shakllari yaratilishiga sabab bo'ladi. Bunda tobora keng urf bo'lib borayotgan konstitutsiyaviy sudlar muhim o'rin tutib, ularning asosiy vazifasi qonun hujjatlarining kon- stitutsiyaga nechog'li mos ekanini kuzatib borishdan iborat. Xalqaro shartnomalarning konstitutsiyaga mosligini nazorat qilish ular uchun yangi bir vazifadir. Sudlar ushbu masalaga g'oyat ehtiyotkorlik bilan yondashadi. Masalan, umumiy prinsiplar xalqaro huquq bilan demokratik davlatlar milliy huquqini bir-biriga yaqinlashtirishga xizmat qiladi. Shunday ekan, milliy sudlarning huquqning umumiy prinsiplarini qo'llash borasidagi dastlabki tajribasini ijobiy baholamaslik mumkin emas. Sivi- lizatsiyalashgan davlat degan huquqiy tushuncha izchil qaror topmoq- da. O'z huquqiy tizimida xalqaro huquqning asosiy prinsiplarini, shuningdek, imperativ normalar sifatida inson huquqini mustahkamla- gan davlat tsivilizatsiyalashgan degan nomga munosibdir. BESHINCHI MAVZU. XALQARO HUQUQDA HUDUD Download 333.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling