Guliston davlat universiteti xalqaro huquqi asoslari


§. Davlatning tashqi aloqalar olib boruvchi organlari tizimi


Download 333.3 Kb.
bet15/25
Sana04.04.2023
Hajmi333.3 Kb.
#1326464
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ma`ruza matn


§. Davlatning tashqi aloqalar olib boruvchi organlari tizimi

Diplomatik huquq yoxud tashqi aloqalar huquqi12 — xalqaro huquq­ning alohida mustaqil tarmog'i bo'lib, rasmiy davlatlararo munosabat­lami tartibga solib turadi.
Tashqi aloqalar huquqi har bir davlatning markaziy hokimiyatiga tegishlidir. Tashqi aloqalarni an’anaviy ravishda ijroiya hokimiyati or­ganlari amalga oshiradi. Har qaysi organning aniq vakolatlari konsti- tutsiyada va boshqa qonun hujjatlarida belgilanadi.
Demak, xalqaro munosabatlami muayyan davlat nomidan harakat qiladigan maxsus organlar amalga oshiradi. Har bir davlatning tashqi ishlar organlari shu davlat organlarining muhim tarkibiy qismidir. Dav­latning tashqi funksiyalarini amalga oshirishning muhim shakli diplo­matik faoliyat hisoblanadi.
Har bir davlatning tashqi ishlar bilan shug'ullanuvchi organlarini ikki guruhga bo'lish mumkin:
birinchi guruh: davlat ichidagi tashqi ishlar organlari;
ikkinchi guruh: xorijdagi tashqi ishlar organlari.
Davlat ichidagi tashqi ishlar organlariga quyidagilar kiradi:

  1. davlat boshlig'i;

  2. parlament;

  3. hukumat;

  4. tashqi ishlar vazirligi (1969-yildagi Xalqaro shartnomalar huquqi to'g'risidagi Vena konvensiyasining 7-moddasi). Xalqaro huquqqa mu­vofiq, o'z rasmiy maqomiga ko'ra quyidagilar maxsus vakolatlarsiz dav­lat nomidan ish ko'radi:

Davlat rahbarining vakolatlari prezidentlik respublikalarida, ayniq­sa, katta ahamiyat kasb etadi. O'zbekiston Respublikasining Konsti- tutsiyasiga muvofiq, Prezident davlat rahbari sifatida xalqaro munosa­batlarda O'zbekiston Respublikasi nomidan ish ko'radi. U tashqi siyo­sat borasida rahbarlikni amalga oshiradi, muzokaralar olib boradi, shartnomalar va bitimlarni imzolaydi. Prezident o'z huzurida akkredi- tatsiyadan o'tgan chet davlatlar diplomatik va boshqa vakillarning is- honch va chaqiruv yorliqlarini qabul qiladi.
Oliy Bosh qo'mondon sifatida Prezident urush holatlarini hisobga olib, xalqaro huquqda ko'zda tutilgan vakolatlami, shu jumladan o'zini o'zi mudofaalash maqsadida qurolli kuchlardan foydalanish, neytarilitet e’lon qilish, sulh tuzish va hokazolami amalga oshiradi.
Parlamentar respublikalarda tashqi aloqalami amalga oshirishda asosiy vazifa hukumatga tegishli bo'ladi.
Parlament tashqi aloqalar bilan shug'ullanuvchi muhim organdir. Parlamentning xalqaro ishlardagi ishtiroki O'zbekistonning xalqaro majburiyatlarini ifodalovchi qonunlar qabul qilish, shartnomalami rati- fikatsiya qilishda qatnashishi bilan belgilanadi. O'zbekiston Konstitutsi­yasida parlamentning urush va tinchlik masalalariga taalluqli qonunlar qabul qilish vakolatlari alohida ko'zda tutilgan. Hozirgi kunda xalqaro munosabatlarda ham milliy parlamentlarning, ham xalqaro parlament- lararo tashkilotlaming o'rni tobora oshib bormoqda. Bu borada BMT bilan Parlamentlararo Ittifoqning o'zaro hamkorligi diqqatga sazovordir13.
Tashqi ishlar vazirligi davlatning tashqi aloqalarini boshqarish bilan shug'ullanuvchi ijro organidir. Ular markaziy devon, shuningdek, chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalardan iborat. Tashqi ishlar vazirli- gining asosiy vazifalari Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi to'g'risidagi Nizomda belgilab berilgan14.
Davlatning xorijdagi tashqi ishlar organlariga quyidagilar kiradi:

  1. diplomatik vakolatxonalar: elchixona va missiyalar;

  2. konsullik vakolatxonalari;

  3. xalqaro davlatlararo tashkilotlardagi vakolatxonalar;

  4. xalqaro konferensiyalardagi delegatsiyalar;

  5. maxsus missiyalar.

Shunday qilib, davlatning tashqi aloqalarni olib boruvchi organlari faoliyati, huquqiy maqomi va funksiyalarini tartibga soluvchi huquqiy nor­malar yigindisi diplomatik va konsullik huquqi deyiladi.

  1. Download 333.3 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling