Guliston davlat universiteti xalqaro huquqi asoslari


§. 0‘zbekiston Respublikasida diplomatik xizmatning huquqiy asoslari


Download 333.3 Kb.
bet14/25
Sana04.04.2023
Hajmi333.3 Kb.
#1326464
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ma`ruza matn


§. 0‘zbekiston Respublikasida diplomatik xizmatning huquqiy asoslari

  • §. 0‘zbekiston Respublikasida konsullik xizmati

    1. §. Tashqi siyosat va diplomatiya

    Keng ma’noda olganda, siyosat — negizi muayyan hokimiyatni xalqa­ro munosabatlaming u yoki bu sohasi bo'yicha xalqaro sahnada (davlat hokimiyatini yoki davlat hukmronligini) qo'lga kiritish, saqlab turish va undan foydalanish muammosidan iborat ijtimoiy guruhlar o'rtasidagi munosabatlar bilan bog'liq faoliyat sohasidir. O'z navbatida, davlat aho- lining xalqaro hamjamiyatda ishtirok etishi, vakilligini taqdim etishi va o'z manfaatlarini himoya qilishi uchun zarur shakl kasb etgan jamiyat siyosiy tashkiloti sifatida namoyon bo'ladi.
    Davlatning tashqi siyosiy faoliyati ijtimoiy faoliyatning o'ziga xos mazmun kasb etuvchi shakllaridan biridir. U davlatning muayyan or­ganlari bilan davlat siyosiy manfaatlarini ro'yobga chiqarish bo'yicha, awalambor, xalqaro munosabatlaming turli sohalarida hukmronligini qo'lga kiritishi, saqlab turish va undan foydalanish bo'yicha shunga vakil qilingan shaxs o'rtasidagi sa’y-harakatlar mujassamligini o'zida namoyon etadi. Ayni chog'da, bunday faoliyatni e’tirof etilgan xalqaro normalarga rioya qilmay turib, amalga oshirib bo'lmaydi. Xalqaro huquq normalari va prinsiplari, diplomatiya faoliyati jarayonida shakllanar ekan, davlat­larning barcha asosiy guruhlari uchun maqbul bo'lgan kompromiss- murosa ko'rinishida ko'zga tashlanadi. Shu bois, ular aslida ham sinfiy mazmun kasb etmaydi. Davlatning o'z tashqi siyosatini xalqaro huquq­da belgilangan tartibda diplomatik tadbirlar, usullar va uslublar yor- damida amalga oshirish diplomatiya, deb ataladi.
    Keng ma’noda, «diplomatiya» tushunchasi davlatlar o'zaro muno- sabatlarini o'rnatadigan va saqlab turadigan, bir-birlari bilan aloqalarni yo'lga qo'yadigan hamda siyosiy yoki yuridik kelishuvlarni shu ishlar uchun maxsus vakillar orqali ro'yobga chiqaradigan barcha vositalarni qamrab oladi. Shu ma’noda, diplomatiya bir-biri bilan qurolli nizo ho- latida bo'lgan davlatlar o'rtasida mavjud bo'lishi mumkin. Ammo bu tushuncha iqtisodiy va harbiy nizolarning moddiy jihatidan ko‘ra, do‘stona bo'ladimi yohud dushmanlik maqsadidami, yuzaga keladigan munosabatlarga ko‘proq taalluqlidir.
    Tor ma’noda olganda, diplomatiya — xalqaro muzokarolar yuritish san’atidir. Diplomatiya doirasi va shakli xalqaro huquqda belgilanadi. Shu bilan birga, diplomatiya xalqaro huquq normalarini yaratish va joriy etish vositasi ham hisoblanadi. Tashqi siyosat, diplomatiya va xalqaro huquqning xalqaro munosabatlar tizimidagi uzviy birligi hamda o'zaro bog'liqligi xuddi ana shunda namoyon bo'ladi.
    Odatda diplomatiya doimiy diplomatik vakolatxonalari almashinuvi bilan bog'liq va bunday doimiy vakolatxona davlatlarga BMT va bshqa yirik hukumatlararo tashkilotlarga o'z a’zoligini moddiylashtirishi uchun zarur. Bundan tashqari, maxsus missiyalar (yoki ad hoc diplomatiyasi) hamda davlatlaming konferensiyalarida ad hoc (ya’ni muayyan muno- sabat bilan) vakillari mavjud bo'ladi.
    Diplomatik aloqalami tartibga soluvchi xalqaro huquq normalari davlatlaming uzoq yillik amaliyoti natijasida ishlab chiqilgan va nafaqat ushbu amaliyotning o'zi bilan, balki milliy huquqning qonunchilik huj­jatlari va sud qarorlari bilan ham tasdig'ini topadi. Ushbu sohaga oid huquq endilikda ma’lum darajada Diplomatik aloqalar to'g'risida Vena konvensiyasi (1961-yil) bilan kodifikatsiyalangan. Ushbu konvensiya o'zining qoidalarida «to'g'ridan to'g'ri ko'zda tutilmagan» masalalami tartibga soladigan xalqaro odat huquqi normalarini chetlab o'tadi va, tabiiyki, davlatlar u yoki bu qoidani shartnomaviy tartibda yoxud xulq- atvorga asoslangan sukutli bitim yo'li bilan o'zgartirish borasida er- kindir.
    Tashqi aloqalar bo'yicha davlat organlarining maqomi va funksiya- lariga taalluqli (boshqacha qilib aytganda, davlatlararo rasmiy munosa- batlami o'rnatish va amalga oshirish tartibini me’yorga solib turuvchi) xalqaro-huquqiy normalar tizimi xalqaro-huquqiy amaliyotda diploma­tik huquq, deb ataladi.
    Diplomatik huquq normalariga quyidagilar kiradi: birinchidan, diplomatik vakolatxonalar almashish va ularning faoli­yati bilan bog'liq holda yuzaga keladigan davlatlararo munosabatlarni tartibga soluvchi normalar;
    ikkinchidan, bir davlat tomonidan boshqasiga maxsus missiyalar, shu jumladan, u yoki bu tashqi siyosiy masalani hal etish uchun dele- gatsiya yoxud vakil yo'llash bilan bog'liq holda yuzaga keladigan muno- sabatlami tartibga soluvchi normalar;
    uchinchidan, davlatlaming xalqaro tashkilotlarga vakillik qilishi hamda u yoki bu davlat hududida xalqaro tashkilotlaming faoliyat yuritishi bilan bog'liq holda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soluvchi nomalar, shu jumladan, xalqaro tashkilotlar, xalqaro doiradagi mansab- dor shaxslar va xizmatchilar imtiyozlari hamda immunitetiga doir nor­malar;
    to‘rtinchidan, keyingi yillarda diplomatik huquqqa konsullik huqu­qini kiritish bo'yicha harakatlar borligini, bu bir paytning o'zida diplo­matiya va konsullik xizmatlarining tashqi ishlar mahkamasi doirasida birlashtirilganligi holati bilan izohlanadi.
    Xalqaro tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslari va xizmatchilari immuniteti hamda imtiyozlariga doir masalalar, qoidaga ko'ra, muay­yan xalqaro tashkilot a’zolari yoxud xalqaro tashkilot va u hududida o'z faoliyatini amalga oshirayotgan tegishli davlat o'rtasida tuziladigan maxsus shartnomalar orqali tartibga solinadi.

    1. Download 333.3 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling