Guliston davlat universiteti xalqaro huquqi asoslari


§. 0‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining huquqiy


Download 333.3 Kb.
bet22/25
Sana04.04.2023
Hajmi333.3 Kb.
#1326464
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ma`ruza matn


§. 0‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining huquqiy

asoslari
O'zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatini xalqaro iqti­sodiy munosabatlaiga oid ko'p tomonlama va ikki tomonlama shart­nomalar hamda milliy qonunlar asosida amalga oshiradi. Bu borada 1998-yiI 14-mayda «Tashqi iqtisodiy faoliyat to'g'risidagi» maxsus qonun qabul qilingan. Ushbu qonunning yangi tahriri 2000-yil 26-mayda qabul qilindi19. Bu qonun tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bog'liq munosabatlami tartibga soladi. Qonunning asosiy vazifalari tashqi iqti­sodiy faoliyatni amalga oshirishda O'zbekiston Respublikasining:

  • iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash;

  • iqtisodiy suvereniteti va iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish;

  • milliy iqtisodiyotini rivojlantirish;

  • iqtisodiyotini jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi uchun shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir.

Tashqi iqtisodiy faoliyat deganda, O'zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslarining xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar bilan o'zaro foydali iqtisodiy aloqalami oTnatishi va rivojlantirishga qaratilgan faoliyati tushuniladi.
O'zbekiston Respublikasida ro'yxatga olingan yuridik shaxslar, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash joyiga ega bo'lgan va yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro'yxatga olingan jis­moniy shaxslar tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug'ullanishga haqlidir- lar.
0‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining asosiy prin­siplari quyidagilardan iborat:

  1. tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining erkinligi va iqtisodiy mustaqilligi;

  2. tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining tengligi;

  3. savdo va iqtisodiy munosabatlami amalga oshirishdan o'zaro manfaatdorlik;

  4. tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari davlat tomonidan himoya qilinishi.

O'zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining asosiy yo'nalishlariga quyidagilar kiradi:

  • xalqaro iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik;

  • tashqi savdo faoliyati;

  • chet el investitsiyalarini jalb qilish;

  • O'zbekiston Respublikasidan tashqaridagi investitsiya faoliyati.

O'zbekiston Respublikasining xalqaro iqtisodiy va moliyaviy hamkorligi
ishlab chiqarish, moliya, bank va sug'urta faoliyati, ta’lim va kadrlami tayyorlash, turizm, sog'liqni saqlash, ilmiy-texnikaviy, madaniy, ekologi- ya, gumanitar va boshqa sohalarda tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari­ning xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar bilan o'zaro foydali aloqalami o'matishi va kengaytirishiga qaratilgan tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishdir.
Xalqaro tovar ayirboshlash sohasidagi tadbirkorlik faoliyati tashqi savdo faoliyati hisoblanadi. Tashqi savdo faoliyati tovarlami eksport va import qilish yo'li bilan amalga oshiriladi.
Tovarlaming O'zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga, ularni qayta olib kirish majburiyatini olmasdan, olib chiqib ketilishi, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoidalar belgilanmagan bo'lsa, eks­port deb e’tirof etiladi.
Tovarlami O'zbekiston Respublikasining bojxona hududiga, ulami qayta olib chiqib ketish majburiyatini olmasdan, olib kirish import deb e’tirof etiladi.
Chet ellik investorlar tomonidan tadbirkorlik faoliyati obyektlariga hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatning boshqa turlariga kiritilayotgan moddiy va nomoddiy ne’matlaming barcha turlari hamda ularga bo'lgan huquqlar, shu jumladan, intellektual mulkka bo'lgan huquqlar, shuningdek, chet el investitsiyalaridan olinadigan har qanday daromad O'zbekiston Respublikasi hududidagi chet el investitsiyalari deb e’tirof etiladi.
O'zbekiston Respublikasidan tashqaridagi tadbirkorlik va boshqa faoliyat obyektlariga moddiy va nomoddiy ne’matlami hamda ularga bo'lgan huquqlarni qo'yish bilan bog'liq tashqi iqtisodiy faoliyat sub- yektlari harakatlarining yig'indisi 0‘zbekiston Respublikasidan tashqari- dagi investitsiya faoliyati deb e’tirof etiladi.
O'zbekiston Respublikasidan tashqaridagi investitsiya faoliyati qonun hqjjatlarida belgilangan tartibda quyidagi yo'llar bilan amalga oshirilishi mumkin:

  1. yuridik shaxslar tashkil etish yoki ustav fondlarida (kapitallarda) ulushbay asosda, shu jumladan mol-mulk va aksiyalar sotib olish yo'li bilan qatnashish;

  2. O'zbekiston Respublikasidan tashqarida vakolatxonalar, filiallar va boshqa alohida bo'linmalar ta’sis etish;

  3. qimmatbaho qog'ozlarni, shu jumladan, xorijiy davlatlaming re- zidentlari tasdiqlagan qarz majburiyatlarini sotib olish;

  4. konsessiyalami, shu jumladan, tabiiy resurslarni qidirish, izlab topish, qazib olish yoxud ularda foydalanishga mo'ljallangan konsessi­yalami qo'lga kiritish;

  5. mulk huquqini, shuningdek, yeiga hamda boshqa tabiiy resurs- Iarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqini qo'lga kiritish.

O'zbekiston Respublikasida xorijiy davlatlaming savdo va iqtisodiy masalalar bo'yicha vakolatxonalari O'zbekiston Respublikasining tegishli xorijiy davlatlar bilan tuzadigan xalqaro shartnomalari asosida ta’sis etiladi.
Ajnabiy yuridik shaxslar O'zbekiston Respublikasi hududida O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq vakolatxo­nalar ochishga haqlidirlar.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish quyidagi .yo'llar bilan amalga oshiriladi:

  • tashqi iqtisodiy faoliyatning qonunchilik negizini shakllantirish va takomillashtirish;

  • valyuta bilan tartibga solish;

  • soliq bilan tartibga solish;

  • tarif va notarif tartibga solish;

  • O'zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlariga rioya etili- shi uchun himoya, kompensatsiya va dempingga qarshi choralarni qo'llash;

  • tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilash, shu jumladan, miqdoriy cheklovlar o'matish hamda tovarlaming ayrim tur- lari eksport va import qilinishi ustidan davlat monopoliyasini o'matish;

  • qurol-yarog'lar, harbiy texnika, ikki xil maqsadda ishlatilishi mumkin bo'lgan tovarlar va texnologiyalarga nisbatan eksport nazorati- ni o'matish;

  • olib kiriladigan va olib chiqiladigan tovarlami sertifikatlash;

  • texnikaviy, farmakologiya, sanitariya, veterinariya, fitosanitariya, ekologiya standartlari va talablarini belgilash;

  • tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari uchun preferensiya va imti­yozlar berish.

O'zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga so- lishda Vazirlar Mahkamasi quyidagi vakolatlarga ega:

  1. tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqadi;

  2. O'zbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizligini, iqtisodiy mustaqilligi va iqtisodiy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlaydi;

  3. O'zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi xalqaro shartnomalarini tuzadi;

  4. O'zbekiston Respublikasining to'lov balansini ishlab chiqadi;

  5. chet eldan olinadigan kreditlar uchun O'zbekiston Respublikasi hukumatining kafolatlarini beradi;

  6. O'zbekiston Respublikasining chet ellardagi mulkiga egalik qila­di, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi.

O'zbekiston Respublikasining Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishda vakolatli davlat organi hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi:

  1. tashqi iqtisodiy faoliyatda davlat siyosati olib borilishini, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda O'zbekiston Respublikasining iqti­sodiy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlaydi;

  2. tashqi iqtisodiy faoliyatning qonunchilik negizini takomillashti- rishga doir takliflami ishlab chiqadi;

  3. qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlari doirasida tashqi iqti­sodiy faoliyat subyektlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va tartibga solib turadi;

  4. tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishda davlat boshqaruv or­ganlari ishini muvofiqlashtiradi.

O'zbekiston Respublikasida qonun hujjatlari bilan tovarlar eksporti, importini taqiqlash hamda cheklash belgilanishi mumkin va ular quyi­dagi maqsadlarni ko'zlaydi:

  • milliy xavfsizlikni ta’minlash;

  • fuqarolar hayoti va sog'lig'ini muhofaza qilish, hayvonot va o'simlik dunyosini hamda atrof-muhitni muhofaza qilish;

  • ijtimoiy axloq-odobga va huquq-tartibotga rioya etish;

  • O'zbekiston Respublikasi xalqining madaniy merosini saqlash;

  • madaniy boyliklami noqonuniy olib chiqish, olib kirish va ularga bo'lgan mulk huquqlarini boshqalarga o'tkazishdan himoya qilish;

  • O'zbekiston Respublikasining to'lov balansini saqlab turish;

  • O'zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarish;

  • tiklab bo'lmaydigan tabiiy resurslar tugatilishining oldini olish;

  • O'zbekiston Respublikasining boshqa manfaatlarini himoya qi­lish.

Tashqi iqtisodiy faoliyat to'g'risidagi shartnomani amalga oshirish natijasida yuzaga keladigan nizolar shartnomada nazarda tutilgan tartibda hal qilinadi. Shartnomada nizolarni hal qilishni tartibga soluvchi qoi­dalar bo'lmagan taqdirda, qo'llaniladigan huquq va hal qilinadigan joy xalqaro xususiy huquqning umume’tirof etgan normalariga muvofiq belgilanadi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan nizolari O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq hal qilinadi.
O'zbekiston Respublikasi bojxona bojlari, soliqlar va ularga teng kuchga ega bo'lgan yig'imlami bekor qilishga, tovarlarni eksport va import qilishning miqdoriy cheklovlariga, tovarlaming erkin harakat qilishi yo'lidagi boshqa to'siqlarni bekor qilishga qaratilgan erkin savdo to'g'risida xorijiy davlatlar bilan xalqaro shartnomalar tuzishi mumkin.
O’NINCHI MAVZU. XALQARO EKOLOGIYA HUQUQI20

  1. §. Xalqaro atrof-muhit huquqi, uning taraqqiyoti va prinsiplari

  2. §. Atrof-muhitning xilma-xil turlarini muhofaza qilish

  3. §. Hayvonot va o'simliklar dunyosi muhofazasi

  4. §. O'zbekiston Respublikasining xalqaro ekologik hamkorligi

  5. §. Xalqaro atrof-muhit huquqining nazariy muammolari

  1. §. Xalqaro atrof-muhit huquqi, uning taraqqiyoti va prinsiplari

Xalqaro atrof-muhit huquqi atrof-muhit muhofazasi, uning zaxi- ralaridan unumli foydalanish borasida xalqaro huquq subyektlari o'rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi xalqaro huquq prinsiplari va normalari majmuyidir.
Uzoq davr mobaynida tabiiy muhitni asrab-avaylash na jamiyat va na davlat uchun ustuvor qadriyat hisoblanmagan. Bu borada BMT us- tavidek muhim dasturilamal hujjatda ham tabiiy muhit haqida biror so'z deyilmaganligini eslatishning o'zi kifoya.
Keyingi o'n yilliklarda tabiiy muhitni asrab avaylash Yerda hayot davom etishining zaruriy sharti sifatida umuminsoniy qadriyatlardan biriga aylanib bormoqda. Ammo buni anglab yetish jarayoni juda sust kechmoqda. 1972-yilning iyun oyida umuminsoniy miqyosdagi ilk an- juman — Atrof-muhit muammolari bo'yicha BMT konferensiyasi bo'lib o'tdi va unda dastlabki muhim hujjat — BMTning Atrof-muhit muam­molari bo'yicha Stokgolm deklaratsiyasi qabul qilindi
Shundan so'ng xalqaro atrof-muhit huquqi ayrim omillar asosida rivojlana boshladi.
Birinchidan, xalqaro «yumshoq» huquq hujjatlari — rezolyutsiyalar, deklaratsiyalarni qabul qilish yo'li bilan rivojlandi. Bunga BMT Bosh Assambleyasi 1980-yilda qabul qilgan «Davlatlarning Yertabiatini hoziigi va kelgusi avlod uchun saqlab qolish uchun tarixiy javobgarligi to‘g‘risida»gi rezolyutsiyasini, shuningdek, 1982-yilda Xalqaro nohu­kumat tashkilotlar kongressi tomonidan qabul qilingan «Tabiat umum­jahon xartiyasi»ni misol sifatida keltirish mumkin.
1992-yil Rio-de-Janeyroda davlatlar, xalqaro tashkilotlarning nufuzli vakillari, olimlar ishtirokida bo'lib o'tgan Atrof-muhit va taraqqiyot bo'yicha BMT konferensiyasi muhim tarixiy ahamiyatga ega bo'ldi. Konferensiyada mazkur muammoning holati turli nuqtayi nazarlar bo'yicha o'rganildi va uni hal etishning yangi, zamonaviy yo'llari ishlab chiqildi. Xususan, Rio deklaratsiyasi (Global sheriklikning yangi shakl- lari negizida atrof-muhit muhofazasi bo'yicha xalqaro hamkorlik kelishilgan prinsiplarining yangilangan majmuyi), «XXI asr kun tartibi» nomli deklaratsiya va bir qator konvensiyalar qabul qilindi. Ana shu barcha hujjatlaming asosi global hamkorlik konvensiyasi hisoblanadi. O'zbekiston Iqlim o'zgarishi to'g'risida va biologik xilma-xillik haqida- gi ramkali konvensiyalaming 154 ta ishtirokchisidan biridir.
Ikkinchidan, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasiga doir xalqaro shartnomalami ishlab chiqish orqali. Hozir bunday shartnomalaming soni ikki yuztaga yetdi. Bu xalqaro shartnomalar hamkorlikning ayrim sohalariga yoki alohida jug'rofiy hududlaq»a taalluqlidir.
Xalqaro atrof-muhit huquqi rivojida xalqaro tashkilotlar yetakchi o'rin tutadi. Ayniqsa, BMTning o'rni alohida bo'lib, Bosh Assambleya bu bo­rada prinsipial rezolyutsiyalar qabul qiladi. Shuningdek, Iqtisodiy va Ijti­moiy kengash (EKOSOS) ekologiya masalalari bilan muntazam shug'ullanadi. Bunda BMT tizimidagi boshqa tashkilotlar hamda uning mintaqaviy komissiyalari ham muhim ahamiyat kasb etadi. BMTning Sanoat taraqqiyoti bo'yicha tashkiloti (YUNIDO), YUNESKO, Atom energiyasi bo'yicha xalqaro agentlik (MAGATE), Jahon sog'Iiqni saqlash tashkiloti (JST), Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) kabi ixtisoslashgan muassasalarining har biri o'z sohasi bo'yicha atrof-muhit muhofazasiga oid qoidalami ishlab chiqish bilan shug'ullanadi.
Maxsus xalqaro tashkilot — YUNEP haqida alohida to'xtalib o'tish joizdir. Yuridik jihatdan u 1972-yiIning dekabrida Bosh Assambleya- ning 1972-yilgi Insonni o'rabturuvchi atrof-muhit muammolari bo'yicha
BMT konferensiyasi tavsiyalariga muvofiq Ьафо etilgan yordamchi or­gan hisoblanadi. YUNEP doirasida huquqiy masalalar ishlab chiqiladi, konvensiyalami tayyorlash borasida tashabbuskorlik ko'rsatiladi. YUNEP vakillari turli muammolar bo'yicha bitimlar ishlab chiqish maqsadida o'tkaziladigan ko'plab konferensiyalarda ishtirok etadi.
YUNEPning rahbariy organi 58 nafar a’zodan iborat Boshqaruv- chilar kengashi bo'lib, BMT Bosh Assambleyasi tomonidan to'rt yil muddatga saylanadi. Boshqaruvchilar kengashi zimmasiga quyidagi vazi- falar yuklatilgan:

  1. tashkilot faoliyatiga umumiy rahbarlik va BMT tizimi doirasida insonni o'rab turuvchi atrof-muhit sohasiga taalluqli dasturlami mu- vofiqlashtirish;

  2. yuzaga keladigan muammolar hukumatlar tomonidan tegishli tartibda ko'rib chiqilishiga erishish maqsadida jahon miqyosida atrof- muhitning holatini muntazam kuzatib borish;

  3. atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi xalqaro hamkorlikka ko'maklashish va hokazolar.

YUNEP qarorgohi Nayrobida (Keniya) joylashgan.
Atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari xalqaro huquqning inson huquqlari, dengiz huquqi, havo huquqi, kosmik huquq va hatto qurolli mojarolar huquqi kabi turli sohalariga taalluqli bitimlarda o'ziga xos tartibga solish obyektiga aylanmoqda.
Xalqaro huquqning asosiy prinsiplari xalqaro ekologiya huquqining umumiy prinsiplari hisoblanadi.

  1. yilgi deklaratsiyada o'z ifodasini topgan xalqaro atrof-muhit huquqining maxsus prinsiplar quyidagilardan iborat:

  1. insonning atrof-muhitga nisbatan munosib va farovon yashash imkonini beradigan darajadagi huquqi;

  2. atrof-muhitni hozirgi va kelgusi avlodlar farovonligi yo'lida muho­faza qilish;

  3. tabiat zaxiralaridan ekologik jihatdan asoslangan holda oqilona foydalanish.

Quyidagi bir qator tabiat muhofazasiga qaratilgan prinsiplar esa xalqaro huquqning boshqa tarmoqlaridan o'rin oladi:

  • dengiz muhitini ifloslantirishni taqiqlash; atrof-muhitning radioaktiv zaharlanishiga yo'l qo'ymaslik;

  • tabiiy muhitga ta’sir etuvchi vositalardan harbiy maqsadlarda yoki boshqa har qanday dushmanlarcha foydalanishni taqiqlash.

  1. Bularning barchasi bir qadar umumiy prinsip — atrof-muhitni muho­faza qilish prinsipining shakllanishiga xizmat qiladi. Ayni chog'da boshqa davlatlaming tabiatga ziyon yetkazganlik uchun javobgarlik prinsipi shakl- lanayotir §. Atrof-muhitning xilma-xil turlarini muhofaza qilish

Atrof-muhitning alohida turlari xalqaro-huquqiy jihatdan muho­faza qilinadi.

  1. Dengiz muhiti xalqaro-huquqiy muhofazaning dastlabki obyektlaridan biridir. BMTning 1982-yilgi Dengiz huquqi bo'yicha konvensiyasida dengizni kemalar ifloslantirishiga barham berishning umumiy prinsip­lari va tabiiy zaxiralami qazib olish bo'yicha yol-yoriqlar, Jahon okea- nida davlatlarning zaxira qazib olish faoliyatiga oid shartlar hamda ular­ning dengiz muhitini muhofaza etish yuzasidan vakolatlari belgilangan.

Ayniqsa, dengizni neft bilan ifloslantirishga qarshi kurashga alohida e’tibor berilgan. Ilk ekologik universal konvensiya — 1954-yildagi Den­gizni neft bilan ifloslantirishning oldini olish bo'yicha London konven­siyasi xuddi shu muammoga bag'ishlangan. Unda kemalardan neft va neft aralashmalarini to'kish taqiqlab qo'yilgan. Tankerlar bilan bog'liq bir qator avariyalardan keyin yangi konvensiyalar qabul qilindi, 1969- yilgi Ochiq dengizda neft bilan ifloslantirishga sabab bo'ladigan avari- yalarga (falokatlarga) aralashish to'g'risidagi Bryussel konvensiyasida qirg'oqbo'yi davlatlariga g'oyat katta vakolatlar berilgan. Hatto ular qirg'oqni va qirg'oqbo'yi suvlarini jiddiy tarzda ifloslantirish xavfi yuza­ga kelgan taqdirda kema va yukni yakson qilish huquqiga ega. Konven- siyada xuddi shunday hollarda dengizning boshqa moddalar bilan ham ifloslantirilishiga qarshi bir qator qat’iy choralar belgilangan (1973-yilgi protokol).
Tabiiyki, neft bilan ifloslantirish oqibatida yetkazilgan ziyonni qop- lash to'g'risidagi masala ham kun tartibidan o'rin olgan. 1969-yildagi Neft bilan ifloslantirishdan kelib chiquvchi zarar uchun fuqarolik javob- garligi to'g'risidagi Bryussel konvensiyasi aynan shu masalaga bag'ishlangandir. Unda kema egalarining mutlaq, ya’ni aybiga bog'liq bo'lmagan holdagi javobgarligi mustahkamlangan va shu bilan birga, uning hajmlari yuqori ko'rsatkichlarda bo‘lsa-da, cheklab qo'yilgan. Neft bilan ifloslantirish oqibatlariga qarshi kurash davlatlarning hamji- hatlikdagi harakatlarini taqozo etadi. 1990-yilgi Neft bilan ifloslanti­rish hollariga tayyorlikni ta’minlash, u bilan kurash va hamkorlik bo'yicha konvensiya xuddi shunday harakatlami tashkillashtirishga qaratilgan.
Kemalardan har qanday ishlatib bo'lingan chiqindilami tashlashni man etish masalalari 1973-yilgi Dengizni kemalar ifloslantirishining oldini olish bo'yicha konvensiyada ko'zda tutilgan. 1972-yildagi Dengizni chi- qindilar va boshqa materiallar bilan ifloslantirishning oldini olish bo’yicha konvensiya esa ekologik zararli moddalami dengizga ko'mish muam- molariga bag'ishlangan.
Mintaqaviy darajada ham qator bitimlar tuzilgan. Bu borada 1976­265yilgi O'rta Yer dengizini ifloslanishdan muhofaza etish to'g'risidagi kon­vensiya ilk keng qamrovli konvensiya hisoblanadi. 1992-yilgi Qora den- gizni ifloslanishdan muhofaza etish to'g'risidagi konvensiya yerdagi iflos- lantiruvchi manbalar to'g'risidagi, favqulodda vaziyatlarda neft va boshqa zararli moddalar bilan ifloslantirishga qarshi kurashda hamkorlik ha­qidagi masalalarga taalluqlidir.

  1. yilgi Dengizni kemalar bilan ifloslantirishning oldini olish bo'yicha konvensiyada Boltiq dengizi «alohida hududlar» toifasiga kiri- tilgan. Bunday hududlarga nisbatan ifloslantirishga barham berish bo­rasida yuqoriroq talablar qo'llaniladi. Boltiqbo'yi mamlakatlari 1974- yilda Boltiq dengizi hududidagi dengiz muhitini muhofaza etish bo'yicha Xelsinki konvensiyasini tuzganlar. Uning o'ziga xosligi dengizni quruq- likdan turib ifloslantirishni man etishi bilan izohlanadi. Konvensiya negizida Boltiq dengizi hududidagi dengiz muhitini muhofaza etish bo'yicha komissiya tashkil etilgan. Ammo tez orada konvensiya qoi­dalari yetarli emasligi ayon bo'lib qoldi va 1992-yilda Boltiq dengizi hududidagi dengiz muhitini muhofaza etish bo'yicha yangi konvensiya qabul qilinib, unda bu borada yanada qat’iyroq talablar qayd etilgan. Uning ta’sir kuchi ichki suvlaming muayyan qismiga ham taalluqli bo'lib, bunday ta’sir doirasining chegaralari har bir davlat tomonidan belgila­nadi.

  1. Daryolar va ко‘llaming suvlari katta farqlarga ega bo'lganligi tufayli ular to'g'risida umumiy konvensiyalar ishlab chiqishning im­koni topilmagan. Hatto Yevropa Kengashi 1974-yilda tayyorlagan mint­aqaviy konvensiya uchun zarur miqdordagi ratifikatsiyalarto'planmagan. Daryolami ifloslantirishga barham berish to'g'risidagi ayrim qoidalar boshqa masalalarga bag'ishlangan bitimlar tarkibida ham mavjuddir. Yuqorida zikr etilgan Boltiq dengizi to'g'risidagi konvensiya ana shu dengizga quyiladigan daryolarga ham taalluqlidir. Muhofaza masala­lari qirg'oqbo'yi davlatlari bitimlari bilan hozircha qoniqarsiz tarzda bo‘lsa-da, hal etilmoqda. Ijobiy natija sifatida Reyn suvlarini muho­faza etishning tegishli normalari va tashkiliy shakllariga e’tibor qara- tish mumkin. 1963-yilda Reynni ifloslanishdan muhofaza etish to'g'risida Bern konvensiyasi imzolangan. Uni ro'yobga chiqarish maqsadida komissiya ta’sis etildi. Ushbu komissiya 1976-yilda Reynni ximikaliylar bilan ifloslanishdan hamda xloridlardan muhofaza etish to'g'risidagi konvensiyalar tayyorlagan.

Chuchuk suv iste’molining ortib borishi va uning zaxiralari chek- langanligi munosabati bilan chuchuk suvli havzalarni muhofaza qilish masalasi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Buning natijasi o'laroq, xalqaro ekologiya huquqining yangi qirralari yuzaga kelmoqda. Hayot talablari- dan kelib chiqqan holda BMTning Xalqaro huquq komissiyasi xalqaro suv oqimlaridan kema qatnovidan boshqa yo'nalishlarda foydalanish huquqi to'g'risidagi moddalar loyihasini tayyorladi va Bosh Assamble­yaga taqdim etdi. Suv oqimlari deganda, nafaqat ochiq, balki yaxlit bir oqimni tashkil etgan va, odatda, yagona chiqish yo‘li sari oqadigan yer osti suvlari tizimi tushuniladi. Muayyan qismlari boshqa davlatlarda joylashgan suv oqimlari xalqaro suv oqimlari hisoblanadi. Bunday suv oqimlarining rejimi hududiy jihatdan bog'liq bo'lgan davlatlar o'rtasidagi bitimlar bilan belgilanadi. Bu davlatlaming har biri bitimda ishtirok etish huquqiga egadir.
Davlatlar suv oqimlaridan ulaming muhofazasini tegishlicha ta’minlay oladigan darajada foydalanishga majbur sanaladi. Ular suv oqimlari muhofazasida adolatli asoslarda ishtirok etishga va bu maqsadga eri­shish yo'lida hamkorlik qilishga majburdirlar.

  1. Havo muhitining muhofazasi xalqaro atrof-muhit huquqida biror- bir ko'rinishda aks etmagan. Mazkur masala ikki tomonlama va min­taqaviy darajalarda hal etiladi. YXHT doirasida 1979-yilda tayyorlan- gan va keyinchalik bir qator protokollar bilan to'ldirilgan Katta maso- falarda havoni ifloslantirish to'g'risidagi konvensiya bu boradagi yagona muhim qadamdir. Unda havoda keng ko'lamda tarqalib ketadigan va jamiki tirik jonzotga ziyon yetkazadigan kislotali yomg'irlarni yuzaga keltiruvchi oltingugurtning atmosferaga chiqarilishini qisqartirishga alo­hida e’tibor qaratilgan.

Tabiat muhofazasida issiqxona ta’siri, ya’ni atmosferaning asosan avtoulovlardan chiqadigan uglerod gazi bilan to'yinishi oqibatida dunyo miqyosida iqlim isishi kuchayishining oldini olish borasidagi hamkorlik muhim yo'nalish hisoblanadi. Bu borada 1992-yili BMTning lqlimni o'zgartirish to'g'risidagi ramkali konvensiyasi qabul qilingan. Unda ham- korlikning umumiy qoidalari va asosiy yo'nalishlari belgilab berilgan. Davlatlaming umumiy javobgarligi o'rnatilgan, ayni chog'da ularning iqtisodiy salohiyatidagi farqlari inobatga olinmagan. Iqlimning salbiy o'zgarishlaridan ko'proq zarar ko'radigan, boshqa tomondan esa bun­day hollarga qarshi chora qo'llash imkoniyatlari juda oz bo'lgan rivojla- nayotgan mamlakatlar manfaatlariga ayniqsa alohida e’tibor qaratish zarur.
Ozon qatlami Yerni Quyoshning ultrabinafsha nurlarining zararli ta’siridan saqlab turadi. Inson faoliyatining salbiy oqibatlari natijasi o'laroq, bugungi kunda ana shu qatlam anchagina siyraklashib qolgan va ayrim hududlar ustida «ozon tuynuklari» paydo bo'lgan. Shu bois 1985-yilda Ozon qatlamini muhofaza qilish bo'yicha konvensiya qabul qilindi. Unda ozon qatlami ahvolini nazorat qilish va uni muhofaza etish borasida hamkorlik masalalari to'g'risida so'z boradi. 1987-yilda Ozon qatlami siyraklashishiga olib keluvchi moddalarga doir Monreal protokoli qabul qilingan. Ushbu qatlamga salbiy ta’sir etuvchi mod- dalami ishlab chiqarish borasida cheklashlar belgilangan.

  1. §. Hayvonot va o‘simliklar dunyosi muhofazasi

1972-yilgi Insonni o'rab turuvchi atrof-muhit muammolari bo'yicha Stokgolm konferensiyasida ma’qullangan prinsipga muvofiq, Yer zaxi­ralari, shu jumladan, havo, suv, yeryuzasi, hayvonlar, o'simliklar hozirgi va kelgusi avlod manfaatlari uchun jiddiy rejalashtirish va boshqarish yo'li bilan muhofaza etilishi zarur.
Umumiy strategiya nohukumat tashkilot — Xalqaro tabiatni va tabiiy zaxiralami saqlash ittifoqi tomonidan ishlab chiqilgan va 1982-yilda «Jahon tabiatni saqlash strategiyasi» harakat dasturi sifatida chop etil­gan. Hujjatni tayyorlash jarayonida hukumatlar va xalqaro tashkilotlar bilan ko'plab maslahatlashuvlar o'tkazilgan. «Jahon tabiatni saqlash strategiyasi»ning maqsadi o'z zaxiralarini tartibga solishda hukumatlar- ga samarali usullarni taklif etish yo'li bilan tirik zaxiralami saqlab qolish natijasida barqaror rivojlanishga erishishlariga ko'maklashishdan ibo­ratdir. «Strategiya» muhim ekologik jarayonlami va tuproqni tiklash va muhofaza etish, oziq moddalami qayta ishlash, suvni tozalash, biologik xilma-xillikni saqlash kabi o'zini o'zi saqlab qolish tizimlarini qo'llab- quwatlashga yo'naltirilgan. Aksariyat muhim hayotiy jarayonlar aynan ana shularga bog'liqdir. Hayvonlar va o'simliklarning muayyan turlari, shuningdek, ekotizimdan foydalanishni qo'Ilab-quwatlashni ta’minlash vazifasi qo'yilmoqda.
Bunday maqsadlarga iloji boricha tezroq erishish kerak bo'ladi. Yeming o'z aholisini moddiy ne’matlar bilan ta’minlash imkoniyatlari tobora kamayib bormoqda. O'rmonlaming kesib yuborilishi va ulardan noto'g'ri foydalanish oqibatida har yili millionlab tonna tuproq yo'qolib borayotir. Sanoati rivojlangan mamlakatlaming o'zidagina imoratlar va yo'llar qurilishi tufayli har yili uch ming kvadrat kilometr hajmdagi qishloq xo'jalik maydonlari foydalanishdan chiqmoqda.
«Strategiya»da o'z maqsadlarini ro'yobga chiqarishning muhim vosi- talaridan biri sifatida tabiiy zaxiralar to'g'risidagi qonunchilikning takomil- lashtirilishi ko'zda tutilgan. Davlatning yanada samarali va keng qamrovli bo'lgan ichki ekologik huquqini yaratish zarur. Davlatlar tabiatning bar­cha unsurlari o'zaro hamjihat, bir-biriga bog'liq, butun atrof-muhit yaxlit global tizimdan iborat ekani faktini tushungan holda siyosat yuritganda- gina tabiatning jamiki xilma-xil dunyosi, shu jumladan, insoniyat ham yashab qolishini ta’minlashga erishish mumkin.
Qayd etilgan tashkilot Tabiat umumjahon xartiyasini ham tayyorla- gan bo'lib, u 1982-yili BMTning Bosh Assambleyasi tomonidan maqul- langan va tantanali ravishda e’lon qilingan. Mazkur xartiyada tirik zaxi- ralardan ularning tiklanish imkoniyatidan ortiq darajada foydalanilmas- lik tuproq hosildorligini saqlash va oshirib borish, zaxiralar, shu jumla­dan, suv iloji boricha qayta ishlanishi va ulardan qaytadan foydalanish, qayta tiklanmaydigan zaxiralarni katta tejamkorlik asosida ishlatish zarur- ligi qayd etilgan.
Hayvonot va o‘simlik dunyosiga bag'ishlangan konvensiyalar ichida

  1. yilgi Umumjahon madaniyati va tabiat merosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiyani qayd etish maqsadga muvofiqdir. U alohida ahamiyatga ega tabiat majmualarini, yo‘qolib borayotgan hayvonot va o‘simlik turlari mavjud joylarni muhofaza qilish borasida hamkorlikni ta’minlashga.qaratilgan. 1983-yilgi Tropik o'rmonlar to'g'risidagi bitim esa o'simliklardunyosi muhofazasiga bag'ishlangan. 1973-yilgi Yo'qolib ketish xavfi ostida bo'lgan yowoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo to'g'risidagi konvensiyaning dunyo miqyosidagi ahamiyati beqi- yos bo'lib, unda bunday savdo ustidan nazorat qilishning asoslari belgi­lab berilgan.

Konvensiyalarning aksariyati hayvonot dunyosi turlari — kitlar, tyu- lenlar, oq ayiqlar muhofazasiga bag'ishlangan. Bu borada nomla- nishidanoq mazmun-mohiyati anglashilib turgan 1992-yilgi Biologik xil- ma-xillik to'g'risidagi konvensiyani alohida qayd etish o'rinlidir. Shuningdek, 1979-yilgi Ko'chib o'tayotgan yowoyi hayvonlar turlarini muhofaza qilish to'g'risidagi konvensiya ham muhim ahamiyatga ega­dir.

  1. §. O'zbekiston Respublikasining xalqaro ekologik hamkorligi

O'zbekiston borgan sari global ekologik muammolarning tazyiqini his etmoqda. YUNESKO ma’lumotlariga ko'ra, respublikamizda eng katta hisoblangan Abramov muzligi yer kurrasining isishi sababli keyin- gi 30-yilda o'z hajmining 18 foizini yo'qotdi. Haroratning yana 0,5 darajaga ko'tarilishi muzlikning yana 17 foizi erib ketishiga va natijada ichimlik suvi sifatining yomonlashishiga olib kelishi mumkin21. Shu va boshqa ekologik muammolar sabab O'zbekiston xalqaro ekologik ham- korlikda ishtirok etmasligi mumkin emas.
Mustaqillik davrida O'zbekiston quyidagi xalqaro konvensiyalarga qo'shilgan:

  1. Iqlim o'zgarishi bo'yicha chegaralangan konvensiya (1993-y.)

  2. Biologik rang-baranglik to'g'risidagi konvensiya (1996-y.)

  3. Xavfli chiqindilarni chegaradan olib o'tish va ulami yo'qotish nazorati bo'yicha Bazel konvensiyasi (1996-y.)

  4. Hududlaming cho‘lga aylanishi bo‘yicha konvensiya (1996-y.)

Konvensiyalar bo'yicha qabul qilingan majburiyatlarni amalga oshi­rish borasida faol ishlar olib borilmoqda. O'zbekistonni BMT Yevropa Konvensiyasiga a’zolikka qabul qilish masalasi ko'rib chiqilmoqda. Keyingi yillarda, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza etish va tabiat- dan oqilona foydalanish sohasida o'zaro totuvlik va hamkorlik to'g'risida Turkiya Respublikasi (1996-y.) va Xitoy Xalq Respublikasi (1997-y.) bilan ikki tomonlama xalqaro shartnomalar imzolandi. Niderlandiya qirolligi Vengriya, Slovakiya Respublikasi, Isroil, Lyuksemburg, Litva kabi mamlakatlar bilan shartnomalar tayyorlandi. MDH doirasida Marka- ziy Osiyo respublikalari bilan tabiatni muhofaza etish sohasida o'zaro hamkorlik bo'yicha uch tomonlama shartnoma, Gruziya, Belorusiya, Ukraina bilan ikki tomonlama shartnomalar imzolandi. O'zbekiston Davlatlararo ekologik kengashning (DEK) faol a’zosidir, uning uchin­chi sessiyasi 1993-yilning may oyida Toshkentda bo'lib o'tdi. Mazkur sessiyada DEK a’zolari bo'lmish mamlakatlaming ekologiya sohasidagi hamkorligiga oid dolzarb masalalar ko'rib chiqildi va respublika tomo­nidan bir qator shartnoma va nizomlami imzolash haqida qaror qabul qilindi. .
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Yer xartiyasini tasdiqlashni ko'zlamoqda, u jahon mamlakatlari uchun muhim hujjat bo'lib qolishi kutilmoqda. Barqaror rivojlanish bo'yicha O'zbekiston milliy komissi- yasining tashabbusiga ko'ra, mazkur xartiyaning birinchi milliy muhoka- masi Toshkentda o'tkazildi. Xavf-xatarsiz, barqaror taraqqiyotni ta’minlash maqsadida jamiyat asos qoidalarni joriy etadi. Chunonchi, ular ekologik tizimlar butunligini himoyalash va tiklash; atrof-muhitga yetkazilayotgan ziyonni qoplash emas balki oldini olish; qaytarib bo'Imas yoki jiddiy zarar yetkazishi mumkin bo'lgan harakatlatga chek qo'yish majburiyatini yuklaydi.

  1. §. Xalqaro atrof-muhit huquqining nazariy muammolari

Shuni nazardan qochirmaslik kerakki, «atrof-muhit himoyasi» tushunchasi «tabiat muhofazasi» degan tushuncha bilan ayrim jihat- lardan o'xshash bo'lishiga qaramay, ular aynan bir xil, o'zaro muqobil tushunchalar emas. Dastawal tabiat va uning resurslari muhofazasi si­fatida paydo bo'lib, tabiat muhofazasi bilan bog'liq maqsadlarni o'z oldiga qo'yar ekan, atrof-muhit unsurlari (masalan, atmosfera havosi, dengiz muhiti, chuchuk suvzaxirasi, hayot sifati, ishlab chiqarish muhiti kabilar) ilk bor BMT ning Atrof-muhit muammolari deklaratsiyasida (1972-yil) qayd etilgan.
Xalqaro-huquqiy amaliyot quyidagilardan foydalanish va ularni muhofaza etish borasida ijtimoiy munosabatlami tartibga soluvchi xalqaro huquq tarmog‘i, degan tushunchani anglashda qarashlar yakdilligi mavjud emasligidan dalolat beradi:

  1. tabiiy (jonli) muhit (flora, fauna) obyektlari;

  2. jonsiz muhit (dengiz va chuchuk suv havzalari, ya’ni gidrosfera), havo havzasi (atmosfera), tuproq (litosfera), yeiga yaqin kosmik bo‘shliq obyektlari;

  3. insonning tabiat bilan o’zaro bog'liq bo’lgan faoliyati jarayonida yaratilgan «sun’iy» muhit obyektlari.

Ayrim xalqaro huquq bo’yicha mutaxassislar «ekologiya» tushun­chasi jonli organizmlar va ular tashkil etadigan hamjamiyatlaming o’zaro hamda atrof-muhit bilan munosabatlari to'g’risidagi fan ma’nosini angla- tishdan kelib chiqib, «atrof-muhit» atamasini yuqorida sanab o’tilgan obyektlardan foydalanish va ulami muhofaza qilish borasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi xalqaro huquq tarmog’ini ifodalash uchun qo'llaydi.
Xalqaro amaliyotda yuzaga keladigan huquqiy munosabatlarni ifo­dalash uchun har ikki atamani ham qo'llash tajribasi mavjud. Masalan,

  1. yilda Rio-de-Janeyroda bolib otgan BMT konferensiyasida xalqaro huquq subyektlari ortasida yuzaga keladigan muayyan bir munosabat- lam i ana shu har ikki atama bilan ifodalash tajribasi qollangan.

Xalqaro ekologiya huquqining xalqaro huquq tarmogi sifatida shakl- lanish jarayoni davom etmoqda.
Xalqaro-huquqiy nazariyada atrof-muhit muhofazasi sohasidagi dolzarb masalalarga quyidagilar kiradi:

  1. ekologik xavfsizlikning yangi, butun jahon konsepsiyasini belgi­lash. Bu sayyoramizning ekologik tartiblari o’rtasidagi o’zaro bog'liqlik tizimini, shuningdek, ular o’rtasida mavjud bo'lib turgan jonli tabiiy muvozanatni asrash va saqlab turish kabilami o’z ichiga oladi. Ushbu konsepsiyaga ko’ra, atrof-muhit muhofazasi bilan xalqaro xavfsizlik o’rtasida bevosita aloqa o’rnatiladi. Ekologik xavfsizlikning huquqiy mazmuni davlatlaming o’z faoliyatini shunday bir tartibda amalga oshirish majburiyatidan iboratki, toki bunda ekologik inqirozlarning mahalliy, milliy, mintaqaviy va global darajalarda kuchayib borayotgan ta’siri is- tisno etilsin;

  2. atrof-muhitni insoniyatning hozirgi va kelajak avlodlari farovon- ligi yo’lida himoyalash va yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni tashkillashtirish va amalga oshirish borasida xalqaro hamkorlikni rivoj­lantirish. Ushbu masalani butun jahon darajasida hal etish yo’lida 1972- yil Atrof-muhit bo'yicha BMT dasturi (YUNEP) ta’sis etilgan.

YUNEPning asosiy vazifalari quyidagilar:
atrof-muhit jabhasida hamkorlikka ko’maklashish va tegishli tavsi­yalar ishlab chiqarish;

  • BMT tizimi doirasida atrof-muhit muhofazasi jabhasidagi siyo- satga umumiy rahbarlik qilish;

  • doimo ma’ruzalami tayyorlash va muhokama qilish;

  • atrof-muhit muhofazasi xalqaro huquqini rivojlantirishga ko'maklashish;

  • urush davrida atrof-muhitni muhofazalashga qaratigan norma- laming ta’sirchanligini oshirish (1868-yilgi Sankt-Peterburg deklaratsi­yasi, 1907-yilgi quruqlikdagi urush qonunlari va odatlari to'g'risidagi Gaaga konvensiyasi va uning nizomi, 1949-yilgi urush davrida fuqaro aholisini himoyalash to'g'risidagi Jeneva konvensiyasi va 1977-yilgi 1 qo'shimcha protokol, 1977-yilgi Tabiiy muhitga ta’sir ko'rsatish vosita- laridan harbiy yoki boshqa har qanday dushmanlik yo'li bilan foydala- nishni taqiqlash to'g'risidagi konvensiya, shuningdek, atrof-muhit himo- yasi repressaliy sifatida tabiiy muhitga keng ko'lamli, uzoq muddatli va jiddiy ziyon yetkazgan yoki yetkazish ehtimoli bo'lgan harbiy harakat­lami amalga oshirish usullari va vositalarini qo'llash prinsipi mustahkam- langan hujjatlar — 1980-yilgi odatdagi qurol-yarog' konkret turlarining qo'llanishini taqiqlash yoki cheklash to'g'risidagi konvensiyalar norma­lari shular jumlasidandir. Shuningdek, atrof-muhitni qandaydir hujum obyektiga aylantirilishi man etiladi);

amaliyotgaifloslantiruvchi to'lashga majburligi» prinsipi bo'yicha) joriy etish.
O’N BIRINCHI MAVZU. XALQARO NIZOLARNI TINCH YO‘L BILAN HAL ETISH HUQUQI

  1. §. Xalqaro nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish asoslari

  2. §. Xalqaro nizolarni hal etishda xalqaro tashkilotlarning o‘rni

  3. §. Xalqaro nizolarni tinch yo‘l bilan hal etishning xalqaro- hu­

quqiy vositalari

  1. §. Xalqaro nizolarni hal etishning xalqaro sudlov vositalari

  • Xalqaro arbitraj

  • Xalqaro sud

  1. §. Xalqaro nizolarni tinch yo‘I bilan hal etish huquqining rivoj- lanish tendensiyalari

  1. §. Xalqaro nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish asoslari

Xalqaro nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish huquqi — davlatlararo nizolarni tinchlik vositalari bilan barqarorlashtirish tartibini belgilab beradigan prinsiplar va normalar majmuyidir.
Xalqaro huquqning bu mustaqil sohasi negizida nizolarni tinch yo‘1 bilan hal etish prinsipi yotadi. Bu prinsip nizolarni faqatgina tinch yo‘l bilan hal etish vositalari bilan barqarorlashtirish majburiyatini yuklaydi. Yana bir prinsip mavjud bo'lib, bu nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish vositalarini erkin tanlash prinsipidir.
Xalqaro to'qnashuvlarni tinch yo‘l bilan hal etish to'g'risidagi Kon­vensiya 1899-yili Gaaga tinchlik konferensiyasida qabul qilingan. Shun­dan buyon mazkur muammoga bag'ishlangan qator xalqaro-huquqiy aktlar qabul qilindi. BMT Ustavida mazkur masalaga taalluqli alohida bob mavjud. BMT Bosh Assambleyasi bu borada bir qancha rezolyutsi­yalar qabul qilgan va ular orasida 1982-yilgi Xalqaro nizolarni tinch yo'l bilan hal etish to'g'risida Manila deklaratsiyasi alohida ahamiyatga molik. Shuningdek, bu sohada ko'plab mintaqaviy hujjatlar ham qabul qilingan.
«Xalqaro nizo» atamasi ikki xil, ya’ni tor va keng ma’nolarda qo'llanadi. Tor ma’noda muayyan ishtirokchilar, yetarlicha ochiq-oy- din o'zaro da’volar, muayyan aniq bir predmet bilan bog'liqlikni ifo- dalovchi vaziyatlargina tushuniladi. Keng ma’nodagi xalqaro nizo de­ganda, davlatlararo munosabatlarda yuzaga keladigan va ko'pincha «vazi- yat» deb ham ataladigan har qanday nizoli holatlar anglashiladi. Bu borada BMT Ustavida xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlab turishga tahdid solishi mumkin bo'lgan vaziyatlarga alohida toifa sifatida e’tibor qaratilgan (34-modda).
«Nizo» bilan «vaziyat» iboralari o'rtasidagi tafovut yuridik ahami­yatga ega. Nizo BMT Xavfsizlik Kengashida ko'rib chiqilayotganda Ken- gashning nizoda ishtirok etayotgan a’zosi ovoz berishdan tiyilishga maj­bur, «vaziyat» ko'rib chiqilayotganda esa bunday majburiyat talab etil- maydi. Tinchlikka tahdid soluvchi nizolarga nisbatan BMTning Xavfsizlik Kengashi alohida huquqlardan foydalanish imkoniga ega. U bunday nizolaming har qandayini o'z tashabbusi asosida o'rganib chiqishi, uni barqarorlashtirish yuzasidan tegishli protseduralarni tavsiya etishi, shuningdek, nizoni hal etish shartlarini taklif qilishi mumkin.
Bundan tashqari, BMT Ustavida nizolaming yana ikki xil toifasi ko'rsatilgan. Bularga yuridik va boshqa nizolar kiradi. Yuridik nizolar- ning ajratib ko'rsatilishi nisbiy ahamiyatga ega. Xalqaro sud Statutida yuridik nizolar sirasiga, awalo, shartnomani talqin etishga, xalqaro huquqqa tegishli har qanday masalaga, xalqaro majburiyatlarning bu- zilganligini ko'rsatuvchi faktlar mavjudligiga, majburiyatni buzganlik uchun undirib olinadigan to'lovlarga taalluqli nizolar kiritilgan. Amali­yot shuni ko'rsatmoqdaki, davlatlar siyosiy, ya’ni noyuridik nizolar, ayniqsa, davlatning muhim manfaatlariga daxldor nizolarni uchinchi birtomonga ko'rib chiqish uchun topshirmasdan, ikki tomonlama asosda hal etishni afzal biladi.
BMT Ustavining 33-moddasiga muvofiq, davom etishi xalqaro tinch­lik va xavfsizlikka tahdid solishi mumkin bo'lgan har qanday nizoda ishtirok etayotgan tomonlar, awalo, nizoni muzokaralar, o'rganib chi­qish, vositachilik, sulh, arbitraj, sudlov ishi, mintaqaviy organlarga yoki bitimlarga murojaat qilish yo'li yoxud o'zi tanlagan boshqa tinch yo'l bilan hal etish vositalari bilan hal etishga intilmog'i zarur.

  1. §. Xalqaro nizolarni hal etishda xalqaro tashkilotlaming o'rni

Xalqaro tashkilotlaming nizolarni hal etishdagi o'rni ustuvor dara­jada siyosiy mazmun kasb etsa-da, baribir ishtirokchilaming xalqaro huquqqa muvofiq ravishda harakat qilishi talab etiladi. Siyosiy protse­dura, asosan, tomonlaming pozitsiyalarini yaqinlashtirish va ular o'rtasida kelishuvga erishish maqsadlariga qaratiladi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotida Bosh Assambleya va Xavfsizlik Kengashi nizolashayotgan davlatlarni nizoni hal etish borasida har qan­day tinch yo'l bilan hal etish vositasidan foydalanishga da’vat etishi mumkin. BMTga a’zo bo'lmagan davlat o'zi ishtirokchi tomon hisoblan­gan har qanday nizo haqida BMT Bosh Assambleyaga yoki Xavfsizlik Kengashiga ma’lum qilishi mumkin.
Har qanday nizo yoki ixtilofga olib kelishi yoxud nizo qo'zg'ashi mumkin bo'lgan vaziyatlar tinchlik-osoyishtalikka tahdid solishda dav- om etishi mumkin yoki yo'qligini aniqlash maqsadida BMT Xavfsizlik Kengashi ulami oTganib chiqishi mumkin. BMTning har qanday a’zosi ana shunday nizo yoxud vaziyat haqida Xavfsizlik Kengashiga ma’lum qilish huquqiga ega. Bu kabi holatlarda Xavfsizlik Kengashining rezol- yutsiyalari tavsiyaviy ahamiyatga ega bo'ladi. Tomonlarning o'zaro kelishuviga ko'ra har qanday nizo ko'rib chiqish uchun BMTning Xavf­sizlik Kengashiga topshirilishi mumkin va bunday hollarda Xavfsizlik Kengashi tegishli tavsiyalar beradi. Masalan, Malta va Liviya o'rtasida 1980-yilda yuzaga kelgan kontinental shelfni belgilash to'g'risidagi nizo bo'yicha BMTning Xavfsizlik Kengashi Xalqaro sudga murojaat qilish- ni tavsiya etgan va ushbu tavsiya bajarilgan.
BMTning Bosh Assambleyasi Ustav doirasida har qanday masalani, shu jumladan, xalqaro nizolarni muhokama etish va tegishli qarorlar qabul qilish huquqiga ega. U davlatlar o'rtasidagi do'stona munosabatlarga ziyon yetkazishga qodir bo'lgan har qanday vaziyatni tinch yo'l bilan barqaror- lashtirishga oid ko'riladigan tegishli choralarni tavsiya etishi mumkin.
Barcha mintaqaviy xalqaro tashkilotlar nizolarni hal etishda bir- biriga o'xshash bo'lgan mexanizmlardan foydalanadilar.
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) 1992-yilda Sulh va arbitraj to'g'risidagi konvensiyani qabul qilgan bo'lib, unda YXHT doirasida Sulh va arbitraj palatasini ta’sis etish ko'zda tutilgan.
Palataga murojaat qilishdan oldin, nizolashayotgan tomonlar boshqa vositalar, birinchi navbatda, muzokaralardan foydalanishlari darkor. Bular natija bermagan taqdirda tomonlardan har biri nizoni shu munosabat bilan tuziladigan sulh komissiyasi ixtiyoriga topshirishi mumkin. Bunda boshqa tomonning, agar tegishli nizo o'zining hududiy yaxlitligiga daxldor ekani to'g'risida bayonot bermasa, roziligi talab qilinmaydi.
Bu boradagi ishlaming natijasi xalqaro nizoni tinch yo'l bilan hal etish to'g'risidagi takliflardan iboratdir. Agar muayyan tomonlardan biri ana shu takliflarga rozi bo'lmasa, ular YXHTning Vazirlar kengashiga topshiriladi.
Arbitraj yurisdiksiyasi fakultativ mazmunga ega. Nizolarni uning ixtiyoriga topshirish uchun tomonlarning roziligi bo'lishi kerak.
Yevropa Kengashi 1957-yilda Nizolarni tinch yo'l bilan hal etish to'g'risidagi Yevropa konvensiyasini qabul qilgan. Konvensiyada, Xalqaro sud Statutida bo'lganidek, nizolar yuridik va boshqa xil nizolarga ajra- tilgan. Konvensiyadagi tomonlar yuridik nizolarga nisbatan sudning majburiy yurisdiksiyasini qabul qilgan. Buning natijasi o'laroq, tomon­larning har biri boshqasining roziligisiz ham nizoni sudga topshirishi mumkin. Noyuridik nizolar uchun esa sulh (murosa) protseduralari va arbitraj ko'zda tutilgan.

  1. §. Xalqaro nizolarni tinch yo‘I bilan hal etishning xalqaro-huquqiy vositalari

Murosa vositalari suveren davlatlaming o'zaro munosabatlarida yu­zaga kelgan nizolar va kelishmovchiliklami tinch yo'l bilan barqaror- lashtirishda muhim o'rin tutadi. Bu vositalarning mazmun-mohiyatiga kelsak, bunda nizo tomonlar o'rtasidagi bevosita muloqot va bitimlar yordamida barham topadi.
Nizolarni tinch yo'l bilan hal etish vositalariga quyidagilar kiradi:

  1. muzokaralar;

  2. maslahatlashuvlar (konsultatsiyalar);

  3. xayrli xizmatlar;

  4. vositachilik;

  5. faktlaming aniqlanishi (tergov protsedurasi);

  6. sulh (murosa protsedurasi).

Muzokaralar tomonlaming o'zaro ma’qul bir bitimga erishish maq- sadiga qaratilgan bevosita aloqalami anglatadi. Shartnoma amaliyotida «nizolar diplomatik kanallari bo'yicha hal etiladi» degan qoida qabul qilingan. Muzokaralar olib borish alohida tashkiliy tayyorgarlikni talab etmaydi, bu jarayon davomida nafaqat siyosiy, balki yuridik masalalar ham uchinchi tomon aralashuvisiz hal etilishi mumkin.
Muzokaralar ikki tomonlama, shuningdek, ko'p tomonlama bo'lishi mumkin. Har qanday vaziyatda ham muzokaralar vijdonan olib borili- shi zarur. Muzokaralar umumiy qoida tariqasida nizolarni hal etishning boshqa xil vositalaridan oldin bo'lib o'tadi.
Maslahatlashuvlar (konsultatsiyalar) — muzokaralaming bir turi bo'lib, ikki xil ko'rinishda bo'ladi:

  • alohida rasmiyatchiliklarsiz ayni bir vaqtdagi muloqot;

  • muayyan bitim ijrosini nazorat etish yoki davlatlar o'rtasidagi munosabatlarni umumiy monitoring qilish maqsadida amalga oshirila­digan muntazam bir shakldagi muloqot.

Ko'pincha maslahatlashuvlar rasmiy muzokaralardan oldin bo'lib o'tadi. Bir qator xalqaro shartnomalarda kelishmovchiliklami masla­hatlashuvlar va muzokaralar yo'li bilan barqarorlashtirish ko'zda tutil­gan.
Xayrli xizmatlar uchinchi tomonning nizolashayotgan tomonlar o'rtasida bevosita aloqa o'matish borasidagi faoliyatidir. Xayrli xizmat­lar davlat, uning mansabdor shaxsi, xalqaro organ yoki tashkilot, ular­ning mansabdor shaxslari, nufuzli xususiy shaxs tomonidan ko'rsatilishi mumkin. Xayrli xizmat ko'rsatish uchun nizoning barcha ishtirokchi- laridan rozilik olinishi kerak. Ba’zi hollarda tomonlar uchinchi tomon­ning muzokaralarda bevosita ishtirok etishi va imkon qadar kengroq vakolatlarga ega bo'lishiga rozilik bildiradi. Bunday hollarda xayrli xiz- matlar vositachilikka aylanishi ham mumkin. Masalan, 1962-yilgi Karib krizisi davrida SSSR BMT Bosh kotibining xayrli xizmatlariga rozilik bildiigan va bu AQSH bilan muzokaralar boshlashga ko'mak bergan, natijada esa yirik davlatlar o'rtasida yadro mojarosi yuzaga kelishi xav- figa barham berilgan.
Vositachilik — nizoni hal etish yo'llaridan biri bo'lib, bunda uchin­chi tomon nizolashayotgan tomonlami o'zaro da’volar bo'yicha kelish- tirish va ularga ma’qul keladigan takliflarini kiritish uchun muzokara- larda ishtirok etadi. 1899 va 1907-yillardagi xalqaro to'qnashuvlarni tinch yo'l bilan hal etish to'g'risidagi Gaaga konvensiyalarida belgila- nishicha, vositachining roli tomonlami nizoli da’volar yuzasidan kelish- tirish va ularning bir-biriga bo'lgan qarama-qarshilik kayfiyatini tarqa- tib yuborishdan iboratdir.
Vositachi vazifasini davlat ham, xalqaro organlar va tashkilotlar ham, shuningdek, alohida shaxslar ham bajarishi mumkin. BMT Bosh Assa­mbleyasi va BMT Xavfsizlik Kengashining Bosh kotibi orqali ko'p marotaba vositachilik vazifasini bajarilgan. 1952-yilda Hindiston va Pokiston o'rtasida Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki vositachi bo'lgan.

  1. yili Chili bilan Argentina o'rtasidagi nizoda esa katoliklar kardi- nali vositachilik qilgan.

Xayrli xizmatlar va vositachilik protseduralarining o'ziga xosligi shun- daki, ular norasmiy va maxfiy holda o'tkaziladi. Vositachining takliflari tomonlar uchun majburiy ahamiyatga ega emas. Vositachilik natijalari qo'shma kommyunike, bitim yoki jentelmencha kelishuvda o'z aksini topadi.
Faktlaming aniqlanishi (surishtiruv protsedurasi, tergod) — nizo ne­gizida yotgan faktlarni, xususan, bitimlami buzish faktlarini aniqlash zarurati yuzaga kelganda qo'llaniladigan protsedura hisoblanadi. Bun­day hollarda, odatda, tomonlarning teng sonli vakillaridan iborat qo'shma komissiya tuziladi. Ba’zan komissiyaga uchinchi tomon vakillari ham kiritiladi. Ba’zida komissiya o'rnini alohida shaxs, xususan, muayyan tashkilotning mansabdor shaxsi o'tashi ham mumkin. 1963-yiIgi «Fakt­larni aniqlash usullari to'g'risidagi masala» rezolyutsiyasida BMT Bosh Assambleyasi bu vositaning, xususan, xalqaro tashkilotlar doirasida fakt­larni xolislik bilan aniqlashning ahamiyatini alohida ta’kidlagan. Protse­dura tomonlami tinglash, guvohlardan surishtirish, tegishli joylami borib ko'rishdan iborat bo'lishi mumkin. Protsedura natijalari tomonlarga ma’lum qilinadigan hisobotda aks etadi. Ayrim shartnomalarda fakt­laming aniqlanishi yakunlariga katta e’tibor qaratiladi.
Sulh (murosa protsedurasi) o'zida faktlaming aniqlanishi va vosi- tachiflkni birlashtiradi. Odatda, sulhni murosa komissiyasi amalga oshi­radi. Bunday komissiya xalqaro nizo predmetini aniqlaydi, tegishli ma’lumotlarni to‘playdi va tomonlami kelishtirishga intiladi. Komissi- ya o'z faoliyati natijalari haqida nizolashayotgan tomonlami xabardor qiladi.
Aksariyat ko'p tomonlama konvensiyalarda sulh komissiyasini shakl- lantirishning birgina usuli ko'zda tutiladi. Unga ko'ra tomonlardan har biri komissiya tarkibiga ikkitadan vakil tayinlaydi, hosil bo'lgan to'rtlik beshinchi vakilni tayinlaydi va u komissiya raisi hisoblanadi. Ba’zan komissiya a’zolari yoki faqatgina rais xalqaro tashkilot tomonidan tayin- lanadi.

  1. §. Xalqaro nizolarni hal etishning xalqaro sudlov vositalari: xalqaro arbitraj va xalqaro sud

Deyarli siyosiy usul hisoblangan murosa vositalaridan farqli o'laroq, xalqaro nizolarni hal etishning sudlov vositalari qaror qabul qilish aso­sida ham, protsess, ya’ni jarayon sifatida ham yuridik mazmun kasb etadi.
Sudlov ishidan maqsad, murosa protsedurasida bo'lgani kabi o'zaro kelishuv bitimiga erishishdan iborat emas, balki nizoni sudlov organi yoki tomonlarning o'zi hal etishi uchun qo'llanadigan huquqiy norma­larni o'rnatishdan iboratdir. Ammo, sudlov organi barcha xalqaro nizo ishtirokchilarining manfaatlarini hisobga oladigan tegishli qaror chiqarish- ga intilmas ekan, degani emas.
Murosa protsedurasida yakuniy qaromi tomonlar chiqaradi, sudlov protsedurasida esa bunday qaror xalqaro organ tomonidan chiqariladi. Uning qarori tomonlar uchun yuridik majburiy kuchga egadir.
Xalqaro nizolarni hal etishning sudlov protsedurasi arbitraj va sud yo'li bilan amalga oshiriladi.
Xalqaro arbitraj — nizolashuvchi tomonlar davlatlar va xalqaro tashkilotlar hisoblangan nizolarni ko'rib chiqadigan hakamlar sudi. Bu sudni turli mamlakatlarning yuridik shaxslari murojaat etadigan xalqaro tijorat sudidan farqlash lozim.
Aksariyat hollarda arbitraj aniq nizoni ko'rib chiqish uchun tuziladi (ad hoc arbitraji). Bunday arbitrajning tarkibi va faoliyat tartibi kelishuv bitimi yoki oddiygina kompromiss deb ataladigan bitimda belgilab qo'yiladi.
Doimiy arbitraj muayyan xalqaro tashkilot tomonidan yuritiladigan arbitrlar ro'yxatidan iboratdir. 1907-yilgi Gaaga konvensiyasiga muvofiq,Gaagada Hakamlar sudining doimiy palatasi ta’sis etilgan. Ar­bitrlar ro'yxatini BMT Xalqaro sudining Kotibiyati yuritadi. BMTning a’zo davlatlari tomonidan arbitrlar tarkibiga shu davlatlaming vakilligi ostida eng nufuzli olimlar kiritilgan. 1930-yilgacha Xalqaro sudning doimiy palatasi bir qancha nizolarni, jahon urushidan keyin esa faqat bittagina nizoni ko‘rib chiqqan. Hakamlar sudining doimiy palatasi tajri- basidan boshqa arbitrajlami tuzish chog‘ida foydalanilgan.
Tomonlar tayinlaydigan a’zolar va ular rozilik bildirgan superarbitr hisobiga doimiy arbitraj ad hoc arbitrajini yoki aniq nizoni ko'rib chi- qishda arbitrajning hozir bo'lishini tashkillashtiradi. Ko'p tomonlama shartnomalarda, aksariyat hollarda, superarbitming xalqaro mansabdor shaxs, masalan, BMT Bosh kotibi tayinlash imkoniyati ko'zda tutilgan bo'ladi. Ko'pchilik hollarda arbitraj uch yoki besh nafar arbitrdan ibo­rat bo'ladi. Lekin nizolar yagona arbitr tomonidan hal etilgan hollar ham ma’lum. Tomonlar arbitrajda o'z agentlarini vakil qilib qo'yadi.
Ad hoc arbitraji orqali nizoni hal etish chog'ida tomonlar qo'llaniladigan huquqqa ham, ya’ni arbitraj o'z qarorini chiqarishda asoslanadigan xalqaro shartnomalarga e’tibomi qaratadi. Shuningdek, tomonlar nizoni ko'rib chiqish protsedurasini ham o'zaro kelishib oladilar.
Doimiy arbitraj, odatda, o'z protsedurasiga muvofiq faoliyat yurita­di. Arbitraj qarori tomonlar uchun majburiydir.
Keyingi yillarda ad hoc arbitraji ko'magida bir qator xalqaro ni­zolar, ayniqsa, dengiz chegaralariga taalluqli nizolar hal etilgan. Xalqaro sud — doimiy asosda faoliyat yuritadigan, mustaqil sud- yalardan tashkil topgan, nizolarni xalqaro huquq asosida hal etadigan va yuridik majburiy kuchga ega qarorlar chiqaradigan muassasa. Doimiy asosda faoliyat yuritadigan sud xalqaro huquq normalarini qo'llash va talqin etish borasida izchillik bilan ishlashga arbitrajga nisbatan ko'proq moslashgan.
Ilk bor suveren davlatlar Millatlar Ligasi Statuti negizida xalqaro sud 1922-yilda ta’sis etilgan. Bu o'rinda Xalqaro adliya doimiy palatasi ko'zda tutilmoqda. Qariyb 20-yillik tarixida mazkur palata 37 ta nizoni ko'rib chiqqan va Millatlar Ligasi Kengashi so'rovlari bo'yicha 28 ta maslahat xulosasi qabul qilgan.
Mazkur palata o'mida keyinchalik BMTning Xalqaro sudi tashkil etilgan va uning Statuti negizi sifatida Xalqaro odil sudlov doimiy pa­latasi ning Statutidan foydalanilgan.
Muayyan ishni ko'rib chiqishda Xalqaro sud a’zolari to'la tarkibda hozir bo'lishi yoki nizolashayotgan tomonlarning iltimosiga muvofiq, tegishli masala uch yoxud undan ortiq sudyalardan tashkil topgan pa­lata tomonidan ko'rib chiqilishi ham mumkin. Davlatlar o'rtasidagi ni- zolami ko'rib chiqish bilan bir qatorda, Xalqaro sud BMTning Bosh Assambleyasi va Xavfsizlik Kengashi so'rovlari bo'yicha ham maslahat xulosalari chiqaradi. O'tgan yillar davomida Xalqaro sud 20 tadan ortiq ana shunday xulosa chiqargan.
Xalqaro sud vakolatlarining o'ziga xosligi shundaki, awalo, faqat davlatlargina nizolashuvchi tomonlar bo'lishi mumkin. Xalqaro sud uni tan olgan davlatlarga nisbatangina majburiy yurisdiksiyaga ega hisobla­nadi. Bunday tan olish ikki shaklda amalga oshirilishi mumkin.
Statut ishtirokchisi hisoblangan davlat oldindan, bu borada alohida ahdlashuvlami kutib o‘tirmay, Xalqaro sudning: shartnomani talqin etish bo'yicha barcha huquqiy masalalar; xalqaro huquqqa taalluqli har qan­day boshqa masalalar; xalqaro majburiyatni buzish sifatida talqin etili­shi mumkin bo'lgan faktlaming mavjudligi; xalqaro majburiyatlarni buzganlik uchun to'lanadigan tovon pulining mazmuni va miqdori yu­zasidan majburiy yurisdiksiyaga egaligini tan oladi (Statutning 35-mod- dasi). Bunday bayonotlar ozchilik davlatlar tomonidan e’lon qilingan bo'lib, ko'pincha ayrim nizolarni, masalan, hududiy muammolarga, harbiy harakatlarga tegishli va boshqa masalalar bo'yicha nizolarni Xalqaro sud yurisdiksiyasidan chiqarish to'g'risidagi shartlarni ko'zda tutadi. Bugungi kunda BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolaridan faqat Buyuk Britaniya Xalqaro sudning 35-modda bo'yicha yurisdiksi- yasini tan oladi va bunda u ham bir qator nizolar toifalarini ushbu sud yurisdiksiyasidan chiqarib tashlashni shart qilib qo'ygan.
Xalqaro sud yurisdiksiyasi nizolar bo'yicha maxsus qabul qilinadi­gan muayyan shartnoma tomonidan, mazkur shartnomani qo'llash va talqin etish munosabati bilan, tan olinishi ham mumkin.
Sobiq Ittifoq xalqaro organlarda nizolarni xolis ko'rib chiqish im- koniyatiga ishonchsizlik bilan yondashgan va hech qachon nizolarni sudlarda ko'rib chiqishda muayyan bir tomon sifatida qatnashmagan. Uning so'nggi yillarida shakllangan yangi siyosiy tafakkur konsepsiya- sining amal qila boshlashi natijasidagina bu borada ma’lum bir o'zgarishlar yuz bergani kuzatilgan. Xususan, Xalqaro sudning rolini kuchaytirish ma’qulligi to'g'risida bayon qilingan. Sobiq Ittifoq bir qator, asosan, xalqaro jinoyatlar hisoblanadigan xatti-harakatlarga taalluqli shartno- malami talqin etish va qo'llash chog'ida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan nizolar bo'yicha Xalqaro sudning majburiy yurisdiksiyasini tan olgan. Shunga qaramay, BMT Xalqaro sudida sudlov ishi muhokamasi to- monlaridan biri sifatida ishtirok etmagan.
Xalqaro sud nizolarni xalqaro huquq negizida hal etadi va bunda qo'llanadigan normalar doirasini o'zi belgilaydi. Tomonlar rozi bo'lgan hollarda nizoni adolat negizida hal etish imkoniyati ham ko'zda tutil­gan. Ammo bu imkoniyatdan davlatlar foydalanmagan.
Xalqaro sud qarori majburiy va qat’iy, bu hukm ustidan shikoyat- ga o'rin yo'q. Ishning xulosasiga hal etuvchi ta’sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan yangi shart-sharoitlar ochilgan hollarda bu qaror sudning o'zi tomonidan qayta ko'rib chiqilishi mumkin. Xalqaro sud qarorining bajarilmasligi xalqaro-huquqiy javobgarlikka sabab bo'ladi. Agar bir tomon qarorni ijro etmas ekan, ikkinchi tomon bu haqda BMT Xavf- sizlik Kengashiga murojaat qilishi mumkin. Xavfsizlik Kengashi bu borada tegishli tavsiyalar berish va hatto Xalqaro sud tomonidan qaror ijrosi ta’minlanishiga erishish uchun tegishli choralar ko'rish huquqi­ga ham ega, ayni chog'da, bu harakatlami amalga oshirishga majbur emas.
Xalqaro sud qarori faqatgina shu ishda ishtirok etayotgan tomonlar uchun va shu ish bo'yicha majburiydir. Boshqacha aytganda, qaror shu kabi hollarda boshqa davlatlar uchun ham majburiy tusga kiradigan sud pretsendentini yuzaga keltirmaydi

O’N IKKINCHI MAVZU.
XALQARO NIZOLARNI TINCH YO‘L BILAN HAL ETISH HUQUQI

1 .§. Xalqaro nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish asoslari
2. §. Xalqaro nizolarni hal etishda xalqaro tashkilotlarning o‘rni
3. §. Xalqaro nizolarni tinch yo‘l bilan hal etishning xalqaro- hu­
quqiy vositalari
4. §. Xalqaro nizolarni hal etishning xalqaro sudlov vositalari

  • Xalqaro arbitraj

  • Xalqaro sud

  1. §. Xalqaro nizolarni tinch yo‘I bilan hal etish huquqining rivoj- lanish tendensiyalari

  1. Download 333.3 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling