Guliston davlat universiteti xidiraliev k. E. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari


 Demografik jarayonlar va mehnat resurslarining shakllanishi


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/106
Sana28.10.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1732129
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   106
Bog'liq
aholi geografiyasi va demografiya asoslari

 
4.2. Demografik jarayonlar va mehnat resurslarining shakllanishi 
Mehnat resurslari soni va sifati mamlakatlar iqtisodiyotida muhim o‘rin tutadi. 
2012 yilda O‘zbekistonda mehnat resurslari jami aholining 58,9 foizini tashkil etdi. 
2000 yildan keyingi davrda mehnat resurslari soni yiliga taxminan o‘rtacha 400 ming 
kishiga ortib bormoqda. O‘tgan yillarda o‘zbekistonliklarning o‘rtacha umri 67 
yoshdan 73 yoshga uzaydi. Ayollar – munis onalarimizning umri 75 yoshdan oshdi, 
davlatning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish darajasi bilan belgilanuvchi mazkur omil, 
o‘z navbatida, uni rivojlantirish va taraqqiy ettirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi
9

Respublika aholisining soni 2012 yilda 29,9 mln. kishini tashkil etdi. 
O‘zbekiston aholisi yiliga salkam taxminan 400 ming kishiga ko‘paymoqda. Hozirgi 
kunda mamlakat aholisining o‘sishi – yiliga taxminan o‘rtacha 1,2% ga teng. 
Aholining tabiiy o‘sishi koeffitsienti yuqori bo‘lgan viloyatlarga Surxondaryo (16,4 
‰), Qashqadaryo (15,6 ‰), Jizzax (15,9 ‰) viloyatlari kiradi. 
O‘zbekistonda aholining taxminan 36,7 foizini 14 yoshgacha bo‘lganlar tashkil 
qiladi. 2012 yilda aholining tabiiy o‘sishi har 1000 kishiga 13,4 kishini tashkil qildi.
2012 yilning boshida qishloq joylarda 14,5 mln. kishi yoki mamlakat aholisining 48,8 
foizi yashadi. Qishloq aholisining umumiy tarkibida taxminan 8,8 mln. kishi yoki 
54,08 foiz aholi mehnat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan yoshda. Shundan 5,5 million 
kishi (70,5 foizi) ish bilan band. Statistik ma‘lumotlarda qayd etilishicha, taxminan 
band aholining 30,9 foizi qishloq xo‘jaligiga to‘g‘ri keladi. Aholi to‘g‘risidagi bu 
ma‘lumotlar uning respublika qishloq xo‘jaligi uchun naqadar muhim ahamiyatga ega 
ekanligini belgilab beradi. 
Shuningdek, 
mehnat 
resurslari 
bandligi 
borasida 
ayrim 
hududiy 
nomutonosibliklar ham mavjud. Bu nomutonosibliklar qishloq xo‘jaligida yangi 
xo‘jalik yuritish shakllarining rivojlanishi bilan o‘z echimini topadi. Qishloq joylarda 
mehnat bazalarining asosiy muammosi–ish o‘rinlarining talab darajasidan pastligidir. 
Bu uzoq davrlar davomida qishloq xo‘jaligining barcha sohalari etarli darajada 
9

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling