3
Kirish
Aholi geografiyasi–aholining tarkibi, dinamikasi va joylashuvidagi hududiy
farqlarni, bu farqlarni vujudga
keltiradigan qonuniyatlarni, aholining er shari
bo‘yicha, ayrim mamlakatlar va tumanlar
miqyosidagi harakatini, aholi
manzilgohlarining hududiy tizimlarini va ularning rivojlanishi
qonuniyatlarini
o‘rganadi. Aholi geografiyasi,
shuningdek, aholining soni, aholidagi o‘zgarishlar
bilan ijtimoiy-iqtisodiy ma‘lumotlarning aloqalarini o‘ziga xos yo‘llar
bilan
o‘rganadi.
Demografiya–grekcha–demos–―
xalq‖ va grafiya–―
tasvirlash‖ so‘zlaridan
iborat bo‘lib, aholi haqidagi fandir. U aholining soni, hududiy joylashuvi va tarkibini,
ularning o‘zgarishi va bu o‘zgarishning sabablarini, aholidagi o‘zgarishlar bilan
ijtimoiy-iqtisodiy ma‘lumotlarning aloqalarini o‘ziga xos yo‘llar bilan o‘rganadi.
Shuningdek, demografiya aholi takror barpo qilinishining
qonuniyatlarini ochib
beradi. Ko‘rinib turibdiki, aholi geografiyasi bilan demografiya fanlari o‘rganadigan
masalalar bir biriga juda yaqin.
Shuning uchun aholi geografiyasi demografiya o‘rganadigan va aholiga ta‘luqli
bo‘lgan demografik statistika tomonidan to‘planadigan ma‘lumotlardan keng
foydalanadi. Demografiya ham o‘z navbatida o‘rganilayotgan demografik
jarayon va
Do'stlaringiz bilan baham: