Guliston davlat universiteti xidiraliev k. E. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari


Iste’mol butun ijtimoiy ishlab chiqarishni tugallaydigan, unga yakun  yasaydigan qismidir. Bundan tashqari 1-chizmadagi


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/106
Sana28.10.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1732129
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106
Bog'liq
aholi geografiyasi va demografiya asoslari

Iste’mol butun ijtimoiy ishlab chiqarishni tugallaydigan, unga yakun 
yasaydigan qismidir. Bundan tashqari 1-chizmadagi ―Tovarlar, xizmatlar va 
resurslarning takror ishlab chiqarish fazalaridagi harakati‖ ga e‘tibor bering. 
Taraqqiyot jarayonida aholining shaxsiy iste‘moli bilan birga (keng ma‘noda-
moddiy ne‘matlarni iste‘mol qilishdan tashqari, kishilarning madaniy talablarini 
qondirish, ularni uy-joy bilan ta‘minlash, xizmat doirasi sohalari va boshqalar ham 
iste‘molga kiradi), aholi o‘zini takror barpo qiladi–kishilarning avlodlari 
tarbiyalanadi va voyaga etkaziladi.
Shuning uchun ham aholini geografik jihatdan o‘rganishida quyidagilarga 
e‘tibor berish zarur: 1. Aholi – ishlab chiqarish sub‘ekti, barcha moddiy ne‘matlarni 
ishlab chiqaruvchi. 2. Ishlab chiqarilgan jami ijtimoiy mahsulotlardan ma‘lum 
qismining is‘temolchisi. 3. Aholi butun ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining 
muhim tarkibiy qismi bo‘lib, o‘zi ham takror barpo qilinishi zarur.
Aholiga xos bo‘lgan ana shunday xususiyatlarni o‘rganmay turib, har qanday 
iqtisodiy-geografik muammoni chuqur tahlil qilish va hal qilish qiyin. Xuddi shunga 
ko‘ra olimlar aholi geografiyasi va demografiyasini iqtisodiy va ijtimoiy 
geografiyaning bir tarmog‘i deb hisoblaydilar. Aholining hududiy joylashuvi xalq 
xo‘jaligining (iqtisodiyotning) joylashuvi hamda tuzilishi (strukturasi) bilan bog‘liq 
va aksincha, aholining joylashuvi, o‘z navbatida xo‘jalikni rivojlantirish hamda 
joylashtirishga bevosita ta‘sir etadi. Turli mamlakatlar va rayonlar xo‘jaligining 
ixtisoslashuvi va rivojlanish darajasiga qarab shu hududlarda aholining faoliyati, 
professional (kasbiy) tarkibi turlicha bo‘lishi mumkin.



Aholi geografiyasi va demografiyasi iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning bir tarmog‘i 
bo‘lishi bilan birga boshqa tarmoqlar (sanoat geografiyasi, qishloq xo‘jalik 
geografiyasi, transport geografiyasi) orasida alohida o‘rin tutadi. Chunki aholi asosiy 
ishlab chiqaruvchi kuch va ishlab chiqarilgan mahsulotlarning iste‘molchisi sifatida 
barcha ishlab chiqarish sohalarida faol qatnashadi, iqtisodiy va ijtimoiy geografiya 
o‘rganadigan barcha hodisa va jarayonlarda o‘zi bevosita ishtirok etadi. 
Binobarin, iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning barcha boshqa tarmoqlarida 
aholi geografiyasi va demografiyasi ko‘rsatkichlariga (mehnat resurslari, mehnat 
malakalari, aholi manzilgohlari, migratsiya jarayoni, aholi joylashuvi, takror barpo 
qilinish, oila muammolari va boshqalar) muhim o‘rin beriladi. Aks holda, tegishli 
xo‘jalik tarmog‘i geografiyasining barcha xususiyatlari to‘la ochilmay qolishi 
mumkin. Chunki hozirgi zamon konstruktiv (amaliy) geografiya fanining muhim 
vazifalaridan biri–tabiiy sharoit, xo‘jalik, aholining o‘zaro aloqalari va bir-biriga 
ta‘sirini hududiy analiz qilishdan hamda turli mamlakatlar va rayonlarda ana shu 
aloqalar jarayonida vujudga keladigan hududiy dinamik tizimlarni (sistemalarni) 
o‘rganishdan iborat. Aholi er sharining turli qismlarida vujudga keladigan ana 
shunday hududiy dinamik tizimlarining eng ilg‘or tarkibiy qismidir.

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling