Guliston davlat universiteti xidiraliev k. E. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari


 Demografiya fanining paydo bo’lishi


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/106
Sana28.10.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1732129
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   106
Bog'liq
aholi geografiyasi va demografiya asoslari

 
1.4. Demografiya fanining paydo bo’lishi
 
 Demografiyaning paydo bo‘lishi boshqa fanlardan farqli ravishda aniq sanaga 
ega. 1662 yilning yanvarida ingliz savdogari, kapitani Jon Graunt (1620-1674) ning 
«O’lim byulleteni asosidagi tabiiy va siyosiy kuzatishlar (shaharlardagi e’tiqod, 
savdo, aholining o’sishi, kasalliklar va boshqa o’zgarishlarni boshqarish) 
muqaddimasi» nomli kitobi Londonda chop etilgan. Bu kitob bir davrning o‘zida 
statistika, sotsiologiya va demografiya kabi fanlarning rivojlanishiga hissa qo‘shdi. 
«Demografiya» - grekcha «demos» - xalq, aholi va «grafo» - yozaman so‘zlaridan 
olingan.
Aholi hayoti davomida ro‘y berayotgan jarayonlar qanday qonuniyatlarga 
bo‘ysunishi va qay tarzda ro‘y berayotganligini aniqlash uchun demografik analizlar 
talab qilinadi. Dunyoda bir vaqtning o‘zida tug‘ilish, o‘lim, nikohga kirish, ajralish, 
migratsiya kabi hodisalar ro‘y beradi. Bunday jarayonlarning hisob-kitobini olib 
borish nihoyatda murakkab ish. Bunday jarayonlar ma‘lum bir hududga nisbatan aniq 
uslublar bilan nisbiy ravishda analiz qilinadi. Demografik analizlar o‘zining tarixiga 
ko‘ra qadimiy davrlardan beri olib boriladi. Lekin ularning aniq bir usuli ishlab 
chiqilmagan va stixiyali ravishda olib borilgan edi.
17 asrda Evropada tarqalgan epidemiyalar va aholining keskin ravishda kamayib 
borishi ba‘zi bir kishilarni bu muammo ustida ish olib borishiga majbur qildi. 
Aholining demografik tahlil qilishning birinchi usuli o‘lim jadvallari bo‘lib, o‘limni 
hisob-kitob qilish va jadvallar tuzish usuli ingliz statisti Jon Graunt tomonidan 


16 
ishlab chiqilgan. 1665 yilda Uilyam Petti bilan hamkorlikda “O’limning tabiiy va 
siyosiy ahamiyati” degan risola chiqarib, aholi o‘rtasida ro‘y berayotgan o‘limlar har 
tomonlama tahlil qilinishi va hisobga olinishini tushuntirib berdi. Keyingi davrlarda 
matematiklar Laplas, Eyler tomonidan kashf qilingan matematik usullar aholi 
o‘rtasidagi o‘limdan tashqari boshqa hodisalarni ham hisoblash imkonini yaratdi va 
shu tarzda demografik analiz usullari bunyodga keldi. Bu analizlar demografik 
koeffisientlar deb yuritildi. 

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling