Guliston davlat universiteti xidiraliev k. E. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/106
Sana28.10.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1732129
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   106
Bog'liq
aholi geografiyasi va demografiya asoslari

 “Demografiya” so‘zini birinchi bo‘lib fransuz olimi Jan Klod Ashil Giyar 1855 
yilda Parijda chop etilgan “Inson statistikasi elementlari yoki qiyosiy 
demografiya” kitobida ishlatdi.
Jan Klod Ashil Giyar 1799 yilda tug‘ilgan. Statist, pedagog, tabiiyotshunos 
bo‘lgan bu odam, Parij Statistika va Botanika jamiyatlari asoschisi hamda aholi 
statistikasi bo‘yicha bir qancha ishlarning muallifidir. Xususan A. Giyar birinchi 
bo‘lib (1853 yilda Bryusselda bo‘lib o‘tgan Xalqaro statistika kongressining birinchi 
sessiyasida) barcha mamlakatlar uchun kasalliklar va o‘lim sabablarining yagona 
nomenklaturasini ishlab chiqishni taklif qildi. Bugungi kunda bu g‘oya dunyoning 
barcha mamlakatlarida amalda qo‘llanmoqda.
Giyar tomonidan qo‘llanilgan ―demografiya‖ so‘zi asta-sekinlik bilan avvalo 
Frantsiyada tarqaldi. 1874 yilda Giyarning kuyovi bo‘lgan Lui Adolf Bertiloning 
“Fransiyaning ko’rgazmali demografiyasi” asari nashr etildi. 1882 yilda bu so‘z 
Xalqaro gigiena va demografiya kongressida atama sifatida rasmiy tan olindi. 20 asr 
boshiga kelib esa Evropada aholi statistikasi sinonimi sifatida keng tarqaldi. 1872 
yilda Peterburgda bo‘lgan Xalqaro Statistika kongressi munosabati bilan rus tiliga 
kirib keldi. Hozirgi kunda bu atama barcha mamlakatlarda keng qo‘llanilmoqda. 
Xususan O‘zbekistonda demografiya fani 20-asrning 60-yillaridan boshlab oliy 
o’quv yurtlarida o’qitila boshlandi.
Biroq demografiya fani faqat sharhlash bilan chegaralanib qolmay, balki uning 
o‘rganish doirasi bir muncha keng va chuqurdir. 
Demografiyada asosiy kuzatuv birligi - inson hisoblanadi. Inson hayoti 
davomida uning fiziologik va psixologik xususiyatlari, ma‘lumotlilik darajasi, oilaviy
holati, kasbi-kori, malakasi ijtimoiy guruhi, yashash joyi, til bilish kabi imkoniyatlari 
o‘zgarib boradi. Ana shu alohida inson hayotida ro‘y bergan o‘zgarishlar yig‘indisi 
umuman aholi hayotidagi ijtimoiy - iqtisodiy va demografik o‘zgarishlarga olib 
keladi.
Nikohga kirish natijasida, oilalar soni oshib boradi, yolg‘izlar, bo‘ydoqlar soni 
esa kamayadi. Nikohning bekor etilishi, ya‘ni, ajralish jarayoni esa aholi tarkibida 
tugalemas oilalarning va bevalar salmog‘ining ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Inson 
dunyoga kelar ekan ma‘lum davr yashaydi. Ana shu davr mobaynida u ulg‘ayib 
boradi.
Go‘daklik davridan bolalikka, o‘smirlik, yoshlik o‘rta yoshlik, etuklik 
davrlariga o‘tadi. Har bir o‘quv yili tugashi bilan aholi tarkibida ma‘lumotlilar soni 
oshib boradi. Ana shu tarzda shaxs hayotidagi o‘zgarishlar aholi guruhidagi 
o‘zgarishlarga olib keladi. Insonlarning bir xududdan ikkinchi bir xududga ko‘chib 
o‘tishi migratsiya, ushbu hududlar aholi soniga va tarkibiga ta‘sir etadi. 
Aholi soni tug‘ilish va o‘lim hisobiga doimo o‘zgarib boradi. Tug‘ilish 


17 
jarayoni aholi sonini ko‘payishiga olib kelsa, o‘lim uning kamayib ketishiga sabab 
bo‘ladi. Tug‘ilish va o‘lim jarayonlari asosida aholi tabiiy o‘sishi sodir bo‘ladi. Agar 
tug‘ilganlar soni o‘lganlar sonidan yuqori bo‘lsa, aholi ko‘payib boradi, aksincha
o‘lganlar soni tug‘ilganlar sonidan ko‘p bo‘lsa, aholi kamayib boradi. 
Ma‘lumki, jamiyatda har doim qandaydir sabablarga ko‘ra aholining bir qismi 
hayotdan ko‘z yumadi, ya‘ni vafot etadi. Yana bir qism aholi esa, dunyoga keladi. 
Jamiyatdagi o‘lgan aholi o‘rni, yangi tug‘ilganlar hisobiga to‘lib boradi, avlodlar 
almashadi. Ana shu jarayon aholi takror barpo bo‘lishining asosini tashkil etadi. 
Biror bir hududda, ma‘lum davrdagi aholi tarkibi, o‘tgan davrdagi aholi takror 
barpo bo‘lishining natijasi, keyingi davrdagi aholi takror barpo bo‘lishining esa 
zamini hisoblanadi. Demak, aholi takror barpo bo‘lishi jamiyat taraqqiyoti 
davomidagi doimiy, murakkab jarayondir. 
Aholining takror barpo bo‘lishi natijasida aholi soni va uning yosh-jinsiy
tarkibi muntazam o‘zgarib turadi. Yangi tug‘ilgan bolalar jinsi aholi jinsiy 
tarkibida ma‘lum o‘zgarishlarga olib keladi. O‘lganlar soni esa aholi yosh tarkibiga 
ta‘sir etadi. Aholi yosh va jinsiy tarkibidagi o‘zgarishlar jamiyatda ma‘lum ijtimoiy 
muammolarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Aholining takror barpo bo‘lish jarayoni
esa, o‘z navbatida qator ijtimoiy-iqtisodiy omillar ta‘sirida sodir bo‘ladi. Shu bois
aholining takror barpo bo‘lish jarayoni jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichida 
o‘ziga xos xususiyatlarga, qonuniyatlariga egadir. Demografiyaning asosiy predmeti 

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling