Guliston davlat universiteti xidiraliev k. E. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari


geografiyasi, iste’mol geografiyasi


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/106
Sana28.10.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1732129
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   106
Bog'liq
aholi geografiyasi va demografiya asoslari

geografiyasi, iste’mol geografiyasi kabi yo‘nalishlari bilan ham mustahkam 
aloqador. Bu har ikkala yo‘nalishda ham aholining soni, yoshi, jinsi tarkibi va boshqa 
ko‘rsatgichlar muhim ahamiyatga ega. Aholi geografiyasi bilan tarixiy geografiya 
o‘rtasidagi aloqa shundan iboratki, o‘tgan tarixiy davrlar aholi geografiyasi ichidagi 
maxsus yo‘nalish – tarixiy aholi geografiyasi shug‘ullanadi va u yo‘nalish shu bilan 
birga tarixiy geografiyaning ajralmas bir qismidir. Geografiya fanining barcha 
tarmoqlari va yo‘nalishlari singari aholi geografiya ham kartografiya bilan 
chanbarchars bog‘liqdir. Aholi geografiyasida aholi va aholi manzilgohlarining 
maxsus xaritalari tuziladi, ulardan keng foydalaniladi. Chunki, aholi va aholi 
manzilgohlariga xos bo‘lgan xilma-xil ko‘rsatkichlar, ularning hududiy joylashuvi 
hamda regional farqlarini xaritaga tushirish yo‘li bilan yaqqol ko‘rsatish mumkin.
2) Aholi geografiyasi bilan chanbarchas va har tomonlama aloqador bo‘lgan 
fanlarning ikkinchi guruhi demografiya va etnografiya fanlaridir. Demografiya va 
etnografiya fanlarini alohida guruhga ajratamiz, buning boisi shundaki, ular ham 
aholi geografiyasi singari aholini o‘rganadi. Ularning har qaysisi aholini o‘z nuqtai 
nazaridan tadqiq qiladi. Ammo shunday masalalar borki, ularni bu fanlarning har 
uchalasi o‘rganadi, biri ikkinchisining materiallaridan foydalanadi.
Demografiya – grekcha – demos – ―xalq‖ va grafiya – ―tasvirlash‖ 
so‘zlaridan iborat bo‘lib, aholi haqidagi fandir. U aholining soni, hududiy joylashuvi 
va tarkibini, ularning o‘zgarishi va bu o‘zgarishning sabablarini, aholidagi 
o‘zgarishlar bilan ijtimoiy-iqtisodiy omillarning aloqalarini o‘ziga xos isullar bilan 
o‘rganadi. Shuningdek, demografiya aholi takror barpo qilinishining qonuniyatlarini 
ochib beradi. Ko‘rinib turibdiki, aholi geografiyasi bilan demografiya o‘rganadigan 
masalalar bir biriga juda yaqin.
Shuning uchun aholi geografiyasi demografiya o‘rganadigan va aholiga ta‘luqli 
bo‘lgan demografik statistika tomonidan to‘planadigan ma‘lumotlardan keng 
foydalanadi. Demografiya ham o‘z navbatida o‘rganilayotgan demografik jarayon va 
ko‘rsatkichlardagi geografik farqlar va u farqlarning sabablariga qiziqadilar. Shunday 
qilib, aholi geografiyasi bilan demografiya o‘rtasida birgalikda hal qilinishi kerak 
bo‘lgan bir qator muammolar vujudga keladiki, bularni faqatgina ana shu ikki fan
chegarasida vujudga kelgan yo‘nalish – demogeografiya hal qiladi.


11 
Aholi geografiyasi etnografiya bilan ham chanbarchs bog‘liq. Etnografiya – 
xalqlarning turmushi va madaniyati, vujudga kelishi va madaniy – tarixiy aloqalarini 
o‘rganadi. Etnografiya xalqlarning etnik birligi urug‘, qabila, elat, millat, xalqlarning 
geografik tarqalishi bilan ham qiziqadi. Xalqlarning geografik tarqalishi (xalqlar 
geografiyasi) masalalarini etnogeografiya o‘rganadi. Etnogeografiyani ayni vaqtda 
etnografiyaga ham, aholi geografiyasiga ham kiritish mumkin, to‘g‘rirog‘i, ular 
chegarasida vujudga kelgan yo‘nalishdir.
Shunday qilib, aholi geografiyasining demografiya va etnografiya fanlari bilan 
aloqasi va hamkorligi juda yaqin va kengdir. Shu narsani qayd qilish kerakki, aholi 
geografiyasi aholini demografiya va etnografiyaga nisbatan chuqurroq va har 
tomonlama o‘rganadi. Chunki, aholi geografiyasi aholini o‘rganayotganda uning 
xo‘jalik va tabiat bilan aloqalarini chuqur tahlil qiladi, bu o‘zaro aloqa va 
munosabatlarning o‘rganilayotgan har bir rayonda vujudga kelish xususiyatlarini 
aniqlaydi, aholi geografiyasi muammolarini shular bilan bog‘lab tushuntiradi.
3) Aholi geografiyasi aloqa qiladigan fanlarning uchinchi guruhiga antropologiya,
sotsiologiya, mehnat iqtisodiyoti, rayon planirovkasi kabi fanlar kiradi. 

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling