Guliston davlat universiteti xidiraliev k. E. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari


funksional  (bajaradigan vazifalariga ko’ra)


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/106
Sana28.10.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1732129
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   106
Bog'liq
aholi geografiyasi va demografiya asoslari

funksional 
(bajaradigan vazifalariga ko’ra) guruhlarga bo‘lish ham ishlab chiqarish negizida 
amalga oshiriladi. Moddiy ishlab chiqarishning asosiy tarmoqlari sanoat, qishloq 
xo‘jaligi va transportda ishlovchi aholi birinchi funksional guruhni tashkil qiladi. 
Aholining ikkinchi funksional guruhi xizmat doirasida ishlovchilardir. Xizmat 
doirasiga savdo, maorif va sog‘liqni saqlash kabilar kiradi.
Ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etmaydiganlar – bolalar, nafaqaxo‘rlar, uy 
bekalari uchinchi guruhni tashkil etadi.
Aholi geografiyasining yana bir qonuniyati shundan iboratki, hududning 
ishlab chiqarish majmuasi qanchilik to‘la va tugallangan bo‘lsa mehnat 
resurslaridan shunchalik to‘la foydalaniladi, aksincha, ishlab chiqarish bir tomonlama 
rivojlangan bo‘lsa, mehnat resurslaridan foydalanishda katta kamchiliklar sodir 
bo‘lishi mumkin.
Aholining migratsion aloqalari sohasida ham bir qancha qonuniyatlar 
aniqlangan. Chunonchi aholi ko‘chib ketgan tuman bilan ko‘chib borib joylashgan 
tumanning ishlab chiqarish ixtisosi va tabiiy sharoiti o‘xshash yoki yaqin bo‘lsa, 
migratsiya muvofaqiyatli chiqadi, agarda bir-biridan keskin farq qilsa, migratsiya 
yaxshi natija bermaydi. Shuningdek, hamma joyda qishloqlardan shaharlarga bo‘lgan 
migratsion harakat yaxshi natija beradi. Biz aholi geografiyasining faqat ayrim asosiy 
qonuniyatlari va tushunchalarigagina qisqacha to‘xtalib o‘tdik.
Aholi geografiyasi bir qancha yo’nalishlarga bo’linadi: 
-Aholining tarkibi va uning takror barpo qilinishidagi geografik farqlar va bu 
faqrlarning sababini o‘rganish; 
-Mehnat resurslarini va ulardan foydalanishdagi geografik farqlarni o‘rganish; 
-Aholining hududiy taqsimlanishi va uning harakatini o‘rganish;
-Aholi manzilgohlari va ularning hududiy tizimlarini o‘rganish. Aholi 
geografiyasining bu yo‘nalishda shaharlarni va qishloq aholi manzilgohlarini alohida 
o‘rganuvchi shaharlar geografiyasi va qishloq aholi manzilgohlari geografiyasi 
vujudga kelgan;
-Aholining madaniyati va turmush tarzidagi geografik farqlarni va ularning 
sabablarini o‘rganish; 



-Tarixiy aholi geografiyasi. Bu yo‘nalish o‘tgan tarixiy davrlar aholi geografiyasini 
o‘rganadi va tarixiy geografiyaning bir qismi hisoblanadi;
-Aholining xaritaga tushirish.
Ijtimoiy iqtisodiy tuzum jamiyat hayotining barcha sohalariga, shu jumladan 
aholining ijtimoiy tarkibiga va hayot sharoitiga chuqur ta‘sir ko‘rsatadi. Maktablarda 
o‘lkashunoslik ishlarini yanada yaxshi yo‘lga qo‘yishda aholi geografiyasi, ayniqsa, 
yaxshi xizmat qila oladi. O‘quvchilar yashayotgan qishloq yoki tumanni, qo‘shni 
qishloqlarni yoki tumanlarni ularning vujudga kelishi va rivojlanishi, aholining 
tashkil topishi, uning milliy tarkibi va mehnat malakalari hamda boshqa tomonlarini 
o‘quvchilar geografiya o‘qituvchisi rahbarligida o‘rganishlari mumkin.

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling