Dasturga kirish reja: Fanning kelib chiqish tarixi va umumiy ma`lumotlar
Download 103.6 Kb.
|
1-MARUZA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1 Fanning kelib chiqish tarixi va umumiy ma`lumotlar
1-MARUZA. DASTURGA KIRISH REJA: Fanning kelib chiqish tarixi va umumiy ma`lumotlar Labaratoriya qurilmalari va ularning turlari Labaratorida ishlash tartibi. 1.1 Fanning kelib chiqish tarixi va umumiy ma`lumotlar Analitik kimyo fan sifatida XVII asrdan buyon insonning hayotiy faoliyati uchun zarur bo`lgan xom ashyo, oraliq va oxirgi mahsulotlar, mehnat qurollari, oziq-ovqat, dori-darmon va boshqalarni tekshirish uchun foydalanib keliniladi. Kimyoning (anorganik, organic, bioanorganik, bioorganic va boshqa) barcha tarmoqlarida oldindan ma`lum bo`lgan yoki yangi sintez qilingan moddalarni, ularning turli xossalaridan foydalangan holda, analitik kimyo usullari yordamida o`rganish mumkin. Hozirgi analitik kimyo hal etadigan vazifalariga qarab tarkibiy qismlar analitik kimyosi,local-taqsimlanish analitik kimkimyosi, dinamik analitik kimyo va strukturar analitik kimyoga bo`linadi. Analitik kimyo umumiy, anorganik, organik va fizik-kimyo fanlari kabi mustaqil fanlar qatorida o`rganiladi. Analitik kimyo fanining vazifasi moddalarning va ularning aralashmalarining kimyoviy tarkibini (atom, molekula) va ularning ichki tuzilishini aniqlashga yorgam beradigan kimyoviy analizusullarni ishlab chiqish hamda nazariy jihatdan asoslashdan iboratdir. Analitik kimyo moddaning kimyoviy tarkibi, miqdori va uning tuzilishini aniqlash usullari haqidagi fandir. Uning vazifasi kimyo fanining nazariy asoslarini keng miqyosida o`rganish asosida analizning yangi usullarini ishlab chiqish va ularni amalda tatbiq etishdan iborat. Analitik kimyo - moddalarning sifat va miqdoriy tarkibini analiz qilishning nazariy asoslari va usullarini o’rganadigan fandir. Analitik kimyo sifat va miqdor analizidan iborat. Sifat analizining vazifasi tarkibi noma`lum modda yoki aralashmaning tarkibiy qismlarini, ya`ni u qanday element yoki ionlardan tarkib topganligini aniqlashdir. Miqdoriy analizning vazifasi esa moddadagi yoki aralashmadagi bir yoki bir necha tarkibiy qismlar miqdorini aniqlashdan iboratdir. Sifat analizi odatda miqdoriy analizdan oldin o’rganiladi, chunki tekshiriladigan moddaning oldindan, ma`lum bo’lgan birorta tarkibiy qismining foiz miqdorini aniqlash zarur bo’lganda ham, sifat tarkibini o’rganmay aniqlab bo’lmaydi. Sifat analizing usullari quyidagiladan iborat: Fizikaviy analiz – moddalarning kimyoviy tarkibi bilan uning ayrim fizik xosslari o`rtasidagi bog`liqlikdan foydalanishga asoslangan. Kimyoviy analiz – bu usul bilan ish korilganda topilishi lozim bo`lgan element yoki ion o`ziga xos xususiyatli biror birikmaga aylantiriladi va ayni birikma xosil bo`lganligi ana shu xossalari asosida bilib olinadi. Fizik-kimyoviy anliz - kimyoviy reyaksiyalar vaqtida sodir bo`ladigan fizikaviy o`zgarishlarni aniqlashga asoslangan. Kimyoviy usullar kimyoviy reaksiyalarga asoslangan. Modda kimyoviy usullar bilan analiz qilinganida tashqi effect xosil bo`ladi, yani eritmaning rangi o`zgaradi, cho`kmaga tushish xossasi ro`y beradi yoki gaz holidagi maxsulot ajralib chiqadi. Kimyoviy analiz yordamida quyidagi vaziflarni hal qilish mumkin:
Moddaning kelib chiqishi (organic va anorganik) hamda tabiatini tekshirish. Tarkibi va undagi asosiy komponentlar miqdorini (qotishmadagi oltin) va begona aralashmalarni (mis yoki kumush) aniqlash. No`malumbirikmaning (mineral, reaktiv va b) kimyoviy formulasini toppish. Moddaning strukturasini aniqlash. Kimyoviy usul bilan ish ko’rilganda aniqlanishi lozim bo’lgan element yoki ion o’ziga hos hususiyatli biror birikmaga aylantiriladi va ayni birikma hosil bo’lganligi asosida hulosa qilinadi. Analizning fizikaviy usullari moddaning kimyoviy tarkibi bilan uning ayrim fizikaviy hossalari o’rtasidagi bog’lanishdan foydalanishga asoslangan (spektral, lyuminescent, rengenostruktura va hokazo.). Analizning fizik-kimyoviy usullari moddaning kimyoviy reaksiyalar jarayonida fizikaviy hossalarining o’zgarishini aniqlashga asoslangan. Bu uchala analiz usullari orasiga hamma vaqt keskin chegara qo’yib bo’lmaydi. Ba`zan fizikaviy va fizik-kimyoviy analiz usullari instrumental analiz usullari deyiladi. (spektral, elektrokimyoviy, xromatografik, Ekstraksiya va boshqalar). Download 103.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling