Dasturga kirish reja: Fanning kelib chiqish tarixi va umumiy ma`lumotlar


Labaratoriya qurilmalari va ularning turlari


Download 103.6 Kb.
bet2/4
Sana09.01.2022
Hajmi103.6 Kb.
#266778
1   2   3   4
Bog'liq
1-MARUZA

1.2 Labaratoriya qurilmalari va ularning turlari

Yarimmikroanalizda, asosan mikroanaliz prinsiplari saqlanib qoladi. Lekin ishlatiladigan reaktivlar miqdori juda kam bo‘lganligi tufayli bu usulda birmuncha boshqa apparatlar va texnika qo‘llaniladi. Gaz holidagi moddalar, masalan, karbonat angidrid (CO2), vodorod sulfid (H2S) olinayotganda Kipp apparati o‘rniga gaz o‘tuvchi nay o‘rnatilgan probirka ishlatiladi.



Kimyoviy idishlar. Yarimmikroanalizda quyidagi shisha va chinni idishlardan foydalaniladi.

Probirkalar. Reaksiyalarni bajarish uchun konussimon va silindrsimon probirkalar ishlatiladi. Konussimon probirkalarning tubi ingichka bo‘lib, kam miqdordagi cho‘kmalar tushganda va rang hosil bo‘lganda idish tubida yaqqol ko‘rinadi. Idishdagi eritma miqdorini bilish uchun darajalangan probirkalar ham ishlatiladi.

Kapillyar pipetkalar. Ular shisha naychalardan yasalgan bo‘lib, uzunligi 8—12 sm bo‘ladi. Pastki uchlari kapillyar holida cho‘zilgan. Yuqorigi uchiga esa rezina qalpoqcha yoki rezina nay kiydiriladi. Bu rezina nayga shisha zoldir joylashgan bo`ladi. Rezina nay yoki qalpoqchalarni siqib bo`shatish orqali pipetkaga eritma to`ldiriladi yoki undan bo`shatiladi. Kapillyar pipetkalar tekshirilayotgan eritmali probirkadan eritmani olib, kontrol tajriga bo`tkazish uchun ishlatialadi.(2-rasm)

Stakan va kolbalar. Analitik reaksiyalarni bajarishda kimyoviy eritmalr va suyuqliklarni solidh uchun kimyoviy ta`sirlarga chidamli stakan va kolbalar ishlatiladi. (3-rasm) Stakanlar suyuqlikni quyish oson bo`lish uchuntumshuqli kolbalar konussimon va yumaloq bo`ladi. Bu idishlar qizdirishga chidamli yupqa shishadan yasaladi.

Yuvgichlar. Probirkalarga distillangan suv solishda va idish tubidagi cho`kindilarni yuvishda yuvgichlardan foydalaniladi (4-rasm).

Tomizgichlar. Kontsentrlangan kislota, ishqor va amiak eritmalari tomchilab ishlatilgani uchun ular tomizgichlarda yoki tomizgichli shisha idishlarda (5-rasm), mo`rili shkaflarda saqlanadi.

Chinni kosacha (stakan) va tigellar. Bu idishlar eritmalarni qizdirishga xizmat qiladi. Maslalan, eritmalarni kosachalarda bug`latish qulaydir. Kontsentrlangan sulfat kislotani suyultirilganda katta miqdorda issiqlik chiqadi, shuning uchun bu jarayon chinni stakanlarda olib boriladi. Kichik hajmdagi eritmalarni bug`latish va cho`ktirishni qizdirishda chinni tigellar ishlatiladi.(6-rasm)








    1. Download 103.6 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling