Guliston davlat universiteti xidiraliev k. E. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/106
Sana28.10.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1732129
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   106
Bog'liq
aholi geografiyasi va demografiya asoslari

Avlodlar tushunchasi juda ham nisbiy ma‘noda bo‘lib, bu tushunchani yoshga 
nisbatan, turli guruhlar va bu guruhlarning tutgan o‘rniga qarab qo‘llaniladi. Bir so‘z 
bilan aytganda avlod tushunchasi ma‘lum bir davr mobaynida turli hodisa va ijtimoiy 
voqelikka o‘z ta‘sirini ko‘rsatuvchi guruhdir.
20 asrga kelib, demografiya fan sifatida ikkita asosiy yo‘nalishda rivojlandi. 
Ulardan biri, demografiyaning tadqiqot maydonini aniqlashtirish bo‘lsa, ikkinchisi 
demografik jarayonlarga ta‘sir ko‘rsatuvchi omillar doirasining kengayishi bo‘ldi.
1960 yillar o‘rtalarida ko‘pchilik mutaxassislar demografiyaning predmetini 
aholining tabiiy harakati masalalari bilan shug‘ullanuvchi fan sifatida chegaralab 
qo‘ydi. 
Aholining tabiiy harakati – bu tug‘ilish, o‘lim, nikohga kirish va nikohdan 
ajralish natijasida aholi soni va tarkibining uzluksiz o‘zgarib turishidir. Shuningdek, 
aholining tabiiy harakatiga aholining jins va yosh tarkibidagi o‘zgarishlar kabi o‘zaro 
bog‘liq barcha demografik jarayonlar kiradi. Masalan, 90-yillar boshida Evrosiyoda 
ko‘plab mustaqil davlatlarning paydo bo‘lishi oqibatida migratsiya jarayonlar 
sezilarli ravishda faollashdi. Bu, o‘z navbatida, mintaqadagi barcha hududlar 
aholisining tabiiy harakatida o‘zgarishlar sodir etdi.
Yuqorida 
aytganimizdek, 
demografiya-aholining 
takror 
barpo 
bo‘lish 
qonuniyatlarini o‘rganuvchi fan hisoblanadi. Demografiya fan sifatida 17 asrning 
yarmidan so‘ng shakllana boshladi.
Aholining takror barpo bo‘lishi-aholining miqdori va tarkibini doimo tabiiy 
tarzda yangi avlodlar tomonidan keksa avlodlar o‘rni to‘ldirilishi orqali 
yangilanishidir. 
 Har qanday fan ob‘ekt doirasidagi voqelikning qonun va qonuniyatlarini ochib 
berish, uning tadqiqot maqsadi hisoblanadi. Shunga ko‘ra, demografiyaning 
predmeti aholi tabiiy takror barpo bo‘lishining qonun va qonuniyatlarini o‘rganishdan 
iborat. O‘z navbatida, demografiya quyidagi fan tarmoqlariga bo‘linadi (2-chizma):
Demografik statistika – demografiyaning tarixiy tarmog‘i bo‘lib, aholi takror 
barpo bo‘lishining tarixiy qonuniyatlarini o‘rganadi. Statistik demografiyaning 


21 
vazifalari aholining takror barpo bo‘lishiga oid materiallarni to‘plash va dastlabki 
qayta ishlash, demografik jarayonlarni statistik tahlil etish va kuzatish metodlarini 
ishlab chiqishdan iborat.
Matematik demografiya – demografik jarayonlarni modellashtirish va 
bashoratlash hamda ular o‘rtasidagi aloqadorlikni o‘rganishning matematik usullarini 
ishlab chiqish va tatbiq etish bilan shug‘ullanadi. Demografik modellarga tug‘ilish, 
o‘lim, nikoh, ajralish jadvallarining aniqligi, statsionar va barqaror aholi modeli 
kabilar kiradi.
Tarixiy demografiya – mamlakatlar va xalqlar tarixidagi demografik jarayonlar 
holati va dinamikasini o‘rganadi.

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling