2-chizma. Demografiya fani tarmoqlari:
Etnik demografiya – aholi takror barpo bo‘lishining etnik xususiyatlarini tadqiq
etadi. Xalqlar turmush tarzining etnik xususiyatlari, urf-odatlari, an‘analari, oilaviy
munosabatlar va tarkibi kabilar, aholining tug‘ilish darajasi, o‘rtacha umr ko‘rishi va
salomatligi holatiga sezilarli ta‘sir ko‘rsatadi.
Iqtisodiy demografiya – aholi takror barpo bo‘lishining iqtisodiy omillarini
tadqiq etadi. Iqtisodiy omillar deganda, jamiyat hayotining barcha iqtisodiy shart-
sharoitlari hamda ularning tug‘ilish, o‘lim, nikohlanish darajasiga, aholining o‘sish
darajasiga ta‘siri tushuniladi.
Ijtimoiy demografiya – demografik jarayonlarga aholining sub‘ektiv harakati,
ijtimoiy, ijtimoiy-psixologik ta‘sirini o‘rganadi.
«Aholi geografiyasi va demografiya asoslari» nomli kursning maqsadi
aholining tabiiy o‘sishi va uning taqsimlanishi bilan bog‘liq geografik jarayonlarni
o‘rganish. Kursning asosiy vazifalari quyidagilar:
-Aholi rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganish;
-Aholi dinamikasidagi o‘zgarishlarning nazariy asoslari va bu o‘zgarishlarning
iqtisodiy ijtimoiy turmush tarziga ta‘sirini tadqiq etish;
-O‘zbekistondagi demografik o‘zgarishlarni dunyo mamlakatlaridagi demografik
jarayonlar bilan qiyoslash;
-Aholining tabiiy o‘sishi, migratsiyasi bilan bog‘liq ma‘lumotlarni to‘plash va tahlil
qilish asosida aholining tabiiy harakati va migratsiyani tartiblash jarayonlarini
o‘rganish va hokazo.
Demografiya
D
em
o
g
ra
fi
y
a
sta
ti
sti
ka
si
M
a
tem
a
ti
k
dem
o
g
ra
Do'stlaringiz bilan baham: |