Guliston davlat universiteti xidiraliev k. E. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari


 Aholining shahar bilan qishloq o’rtasida taqsimlanishi


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/106
Sana28.10.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1732129
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   106
Bog'liq
aholi geografiyasi va demografiya asoslari

5.4. Aholining shahar bilan qishloq o’rtasida taqsimlanishi 
 
Aholining shahar bilan qishloq o‘rtasida taqsimlanishi, shahar aholisining 
salmog‘i har bir mamlakat yoki uning ayrim rayonlarining rivojlanish darajasini shu 
hudud xo‘jaligining industrial yoki agrar xarakterga ega ekanligini, nihoyat, 
urbanizasiya darajasini ko‘rsatuvchi muhim ko‘rsatkichdir. 
Shahar aholisi soni va salmog‘ining tez o‘sa borishi asosan kapitalizimning 
rivojlanishi, yirik mashina industriyasining taraqqiy etishi bilan bog‘liq. Bu jarayon 
ayniqsa 19 asrdan boshlab yaqqol ko‘zga tashlana boshladi. Shahar aholisining 
salmog‘i dunyoning turli qisimlarida turlicha. Taxminan shahar aholisining salmog‘i 
eng yuqori bo‘lgan hudud Shimoliy Amerika hisoblanadi-75 %, Avstraliyada 
(Okeaniya bilan birgalikda)-68 %, Evropada-63 %, Lotin Amerikasida-56 %, 
Osiyoda-25 %, Afrikada-22 % aholi shaharlarda yashaydi. Odatda shahar aholisining 
salmog‘i urbanizasiyaning asosiy ko‘rsatkichi hisoblanadi. Shuningdek hozirgi 
zamon urbanizasiyasining muhim ko‘rsatkichi umuman shahar aholisining soni va 
salmog‘igina emas, balki katta va yirik shaharlarning soni va salmog‘i haqidagi 
ko‘rsatgchidir.
Urbanizasiya – shaharlashish demakdir, ya’ni jamiyat hayotida 
shaharcha yashash tarzining ortib borishi. Shaharlashish jarayonini quyidagi 
xususiyatlarda ko‘rishimiz mumkin: 
1) Shahar aholisi sonining o‘sib borishida. 
2) Ishlab chiqarishning shaharlarda to‘planishida. 
3) Shaharlar maydonining kengayib borishida. 
Jamiyat rivojlanishi tarixida shaharlarning ma‘muriy markaz, madaniy markaz 
hamda iqtisodiy aloqalar qilinadigan markazlar sfatida roli ortib bordi. 1808 yilda 
dunyo aholisining 2,4 % ining shaharlarda yashagan bo‘lsa, hozirgi kunda bu 
ko‘rsatkich taxminan 47 % ga ortib ketdi. 1900 yilda 1,4 %, 1950 yilda 29 %, 1990 
yilda 45 % bo‘ldi. Davlatning urbanizasiyalashgan darajasi quyidagi ko‘rsatkichlar 
asosida belgilanadi: 
1) 50 % dan yuqori bo‘sa, yuqori darajada urbanizatsiyalashgan; 
2) 20 – 50 % o‘rtacha urbanizatsiyalashgan; 
3) 20 dan kam bo‘lsa, past urbanizatsiyalashgan. 
Hozirgi kunda urbanizatsiyalashgan hudud jami dunyo hududini 1 % egallagan 
holda dunyo sanoat mahsulotining 80 % ini ishlab chiqarmoqda. Tabiatga 
chiqarilayotgan chiqindining 80 % i ham urbanizatsiyalashgan hududlar massasiga 
to‘g‘ri kelmoqda. Shahar aglomeratsiyalari konurbanizasiya ham deyiladi. Shaharlar 
hududining kengayib borib, qo‘shilib ketishidan yirik shahar megapolislar vujudga 
keladi.
Masalan: Bosvash, Chipits, Sansan, Tokaydo. Yirik shaharlar atrofidagi 
qishloqlardagi aholining asosiy qismi sanoat, savdo bilan band bo‘ladi. Bunday 
qishloqlarda 
hududning 
kengayishi, 
ijtimoiy 
hayotning 
rivojlanishi–


128 

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling