Guliston davlat universiteti xidiraliev k. E. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/106
Sana28.10.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1732129
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   106
Bog'liq
aholi geografiyasi va demografiya asoslari

Aholining takror barpo bo’lishi-aholining miqdori va tarkibini doimo tabiiy tarzda 
yangi avlodlar tomonidan keksa avlodlar o‘rni to‘ldirilishi orqali yangilanishidir. 
Budda dini (buddizm)-bu dinga taxminan 450 million kishi e‘tiqod qiladi. Tarixiy 
nuqtai nazardan budda eng qadimgi dunyo dinidir. U eramizdan avvalgi VI-V 
asrlarda shimiloy Hindistonda vujudga kelgan. Hozir bu dinga Hindiston aholisining 
bir qismi, Nepal, Shri-Lanka aholisi, Hindi-Xitoy xalqlarining bir qismi e‘tiqod 
qilishadi. Budda dini shuningdek Xitoyning g‘arbiy rayonlarida va MDHda tarqalgan.
Demografiya – grekcha – demos – ―xalq‖ va grafiya – ―tasvirlash‖ so‘zlaridan iborat 
bo‘lib, aholi haqidagi fandir.
Demogeografiya-aholi geografiyasi bilan demografiya o‘rtasida birgalikda hal 
qilinishi kerak bo‘lgan bir qator muammolar vujudga keladiki, bularni faqatgina ana 
shu ikki fan chegarasida vujudga kelgan yo‘nalish – demogeografiya hal qiladi.
Demografik statistika – demografiyaning tarixiy tarmog‘i bo‘lib, aholi takror barpo 
bo‘lishining tarixiy qonuniyatlarini o‘rganadi. Statistik demografiyaning vazifalari 
aholining takror barpo bo‘lishiga oid materiallarni to‘plash va dastlabki qayta ishlash, 
demografik jarayonlarni statistik tahlil etish va kuzatish metodlarini ishlab chiqishdan 
iborat.
Demografik jarayonlar-tug‘ilish, o‘lim, nikoh, ajralash va hokazolar. 
Din-xudoga, farishtalarga, xudo nomidan yuborilgan payg‘ambarlarga va muqaddas 
hisoblangan kitoblarga ishonishdir.
Demografiya-aholining takror barpo bo‘lish qonuniyatlarini o‘rganuvchi fan 
hisoblanadi.
“Demografiya”-atamasi yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, demos-xalq va grapho-
yozaman, ya‘ni xalqni yozaman ma‘nosini anglatadi. Demografiya fan sifatida 17 
asrning yarmidan so‘ng shakllana boshladi.
Davlat tili – muayyan davlatning barcha siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlari 


138 
uchun qabul qilgan rasmiy tili.

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling