Guliston davlat universiteti xidiraliev k. E. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/106
Sana28.10.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1732129
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   106
Bog'liq
aholi geografiyasi va demografiya asoslari

Diniy tarkib – aholi o‘rtasida kishilarning diniy e‘tiqodga mansubligini ifodalovchi 
miqdor.
Jahon 
tillari–Dunyo 
xalqlari 
tomonidan 
siyosiy, 
ijtimoiy 
va 
iqtisodiy 
munosabatlarda keng ishlatiladigan tillar. 
Jahon dinlari–Er yuzida geografik jihatdan keng tarqalgan va ko‘pchilik aholi 
e‘tiqod qiluvchi dinlar.
Irq-bu odamlarning kelib chiqishi, govda tuzilishi va qiyofasi o‘xshash bo‘lgan 
tarixan tarkib topgan hududiy birligidir.
Iqtisodiy demografiya – aholi takror barpo bo‘lishining iqtisodiy omillarini tadqiq 
etadi. Iqtisodiy omillar deganda, jamiyat hayotining barcha iqtisodiy shart-sharoitlari 
hamda ularning tug‘ilish, o‘lim, nikohlanish darajasiga, aholining o‘sish darajasiga 
ta‘siri tushuniladi.
Iqtisodiy aktiv aholi-deganda mehnatga yaroqli aholining ijtimoiy ishlab 
chiqarishda ishtirok etayotgan, o‘z mehnati tufayli daromad oladigan qismi va 
ishlashni xohlaydigan, ammo ish yo‘qligidan vaqtincha ishlamayotgan qismi 
tushuniladi.
Iqtisodiy aktiv bo’lmagan aholi-mehnatga yaroqli aholining o‘z yordamchi 
xo‘jaligida band bo‘lgan, vaqtincha mehnat qobiliyatini yo‘qotgan va o‘qishda va 
armiya xizmatida bo‘lishi tufayli ishlamayotgan hamda ish qidirmayotgan qismi 
iqtisodiy aktiv bo‘lmagan aholi hisoblanadi.
Ijtimoiy demografiya – demografik jarayonlarga aholining sub‘ektiv harakati
ijtimoiy, ijtimoiy-psixologik ta‘sirini o‘rganadi.
Islom dini-VI asrning oxiri VII asrning boshlarida Arabiston yarim orolida vujudga 
kelgan. Islom dini odatda musulmon dini deb yuritiladi. Geografik nuqtai nazardan 
islom diniga e‘tiqod qiluvchilar nisbatan yaqin umumiy hududda joylashgan. 
Taxminan 1,3 milyardga yaqin kishi e‘tiqod qiladi. Islom dini Shimoly, G‘arbiy, 
Sharqiy Afrikada, Arab mamlakatlarida, Kichik Osiyoda, Eron, Afg‘oniston, 
Pokiston, Bangladesh mamlakatlarida hukmron. Kipr aholisinining bir qismi 
musulmonlardir. Hindiston aholisining 9 % musulmonlar, ilgari bu mamlakatda 
musulmonlar ko‘p bo‘lgan. Lekin ularning ko‘p qismi Pokiston va Bangladeshga 
ko‘chib ketishgan. Islom dini Indoneziyada asosiy din hisoblanadi. Bu dinga 
shuningdek ―Flippin‖ davlatining janubiy qismida yashovchi xalqlar G‘arbiy 
Xitoydan ―Uyg‘ur dungonlar‖ ham e‘tiqod qilishadi. Evropada Istambul va uning 
atrofidagi turklar, albanlar, bosniyaliklar, bolgarlarning bir qismi, lo‘lilarning bir 
qismi musulmon hisoblanadi. Islom diniga e‘tiqod qiluvchilar musulmonlardir.

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling