Qisqa muddatli-demigrafik bashorat 5 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, turli
xo‘jalik va rejalashtirish tashkilotlarida ko‘proq qo‘llaniladi. Qisqa muddatli
bashoratda aniqlik darajasi nisbatan yuqori bo‘ladi. Chunki 5 yil davimida aholini
o‘limi tug‘ilishi jarayonida ham keskin o‘zgarish ro‘y bermaydi. Mehnat resurslari
farzand ko‘rish yoshidagi aholi guruhi, nafaqa yoshidagi aholi guruhlari haqidagi
ma‘lumotlar aniq bo‘ladi. Asosan tug‘iladigan bolalar soni maxsus hisob–kitoblar,
uslublar orqali hisoblanadi.
O’rta muddatli – demografik bashoratlar –30 yilgacha bo‘lgan davr uchun
hisoblanadi. Ushbu bashoratda aholini tug‘ilish va o‘lim jarayonlari, aholi
migratsiyasida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar ilmiy asosda o‘rganiladi va
bashorat tuzishda hisobga olinadi.
Uzoq muddatli demografik bashoratlar 30-60 yilda qo‘llanadi. Bunday
bashoratlar aholi tug‘ilishi va o‘limining kelajakdagi o‘zgarishlari haqidagi
gipotezalarga asoslangan. Uzoq muddatli demografik bashoratga aholi migratsiyasini
hisobga olish bir muncha murakkabroq kechadi. Chunki aholi migratsiyasi ijtimoiy-
iqtisodiy o‘zgarishlar bilan bir qatorda jamiyatda, tabiatda yuz bergan tasodifiy
jarayonlar bilan ham bog‘liqdir. Shu tufayli uzoq muddatli demografik
bashoratlarning aniqlik darajasi nisbatan pastroq bo‘lishi mumkin.
Demografik bashorat o‘z tarixiga egadir. Bu boradagi eng dastlabki harakatlar
qadimgi Rim va Gretsiyada kuzatilgan. Ilmiy asoslangan birinchi demografik
bashoratlar 17 asrning oxiri 18 asrning boshlarida L. Eyper, T Maltus, Pirla-Pida
lar tomonidan yaratilgan.
20 asrning 20 yillaridan boshlab aholi o‘sishining asosiy komponentlari,
tug‘ilish, o‘lim jarayonlaridagi o‘zgarishlarni hisobga olgan xolda, takomillashgan
uslublar yordamida demografik bashoratlar hisoblana boshlandi. Ana shu yillarda
Do'stlaringiz bilan baham: |