Guliston davlat universiteti xidiraliev k. E. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/106
Sana28.10.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1732129
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   106
Bog'liq
aholi geografiyasi va demografiya asoslari

 
6.2. Demografik bashorat
Fanda biror hodisa yoki biron-bir ob‘ekt holatining o‘zgarishini oldindan ko‘ra 
bilish va ayta olish bashorat deb ataladi. Hozirgi paytda geografiyada bashoratlash 
va bashorat tushunchalari mavjud. Bashoratlash-o‘rganilayotgan borliq (ob‘ekt) 
holatining o‘zgarishi haqida ma‘lumotlar yig‘ish yoki olish jarayonidir. Bashorat esa 
bashoratlash bo‘yicha tadqiqotlarning natijasidir. Umuman bashorat deganda 
o‘rganilayotgan borliq yoki hodisaning kelajakdagi holati va ko‘rinishining tavsifi 
tushuniladi. 
Demografik bashorat deganda malum hudud aholisining soni, tarkibi va 
demografik vaziyati istiqbolining asoslangan holda oldindan aniqlash tushiniladi. Har 
qanday ijtimiiy–iqtisodiy bashoratlar, demografik bashorat zaminida tuziladi. 
Kelajakda ishlab chiqarish lozim bo‘lgan mahsulotlar miqdorini rejalashtirish uchun 
avvalo kelajakdagi aholi soni, yosh-jinsiy tarkibi, oilalar sonini bilish lozimdir. 
Ayniqsa, aholining yosh tarkibi bo‘yicha bashorati muhim ahamiyatga egadir. 
Kelajakda maktabgacha bo‘lgan bolalar muassalari, maktablar, oila va maxsus o‘quv 
yurtlarini qurilishini rejalshtirish uchun kelajakda qancha bola maktabgacha ta‘lim 
muassasalariga qatnashi mumkin, qancha bola maktab yoshiga etishi, qancha bola 
maktabni tugatib oliy va maxsus o‘quv yurtlariga borishi haqidagi malumotlar 
zarurdir. 
Aholining yosh – jinsiy tarkibi haqidagi bashorat, tibbiy xizmat tarkibi 
haqidagi bashorat tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimining rivojlanishi uchun ham muhim 
ahamiyat kasb etadi. Aholi yosh-jinsiy tarkibi bo‘yicha tuzilgan bashorat asosida 
kelajakda qancha bolalar va ayollar shifokorlari, aholining keksa guruhiga xizmat 
qiluvchi kardiologlar, onkologlar, nevropotologlar kabi mutaxassislar tayyorlash 
rejalashtiriladi. Kelajakda, yangi ish o‘rinlarini tayyorlash xalq xo‘jaligi sohalarini 
rivojlantirish istiqbollarini aniqlashda esa mehnat yoshidagi aholi haqidagi bashorat 
ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Umuman, iqtisodiyot va aholini ijtimoiy hayotining 
barcha qirralari istiqbolini rejalshtirishda shu ijtimoiy jarayonlarning qatnashchilari, 
iste‘molchilar va yaratuvchilari bo‘lishi aholi guruhlari haqidagi demografik bashorat 


135 
zarurdir. Aks holda kelajak uchun rejalshtirilgan har qanday ijtimoiy-iqtisodiy 
jarayon ijobiy natija bermaydi. Demografik, bashorat demografiya fani va 
demografik tadqiqotlarning asosiy vazifalaridan biri hosoblanadi. Demografik 
bashorat-bashorat etilayotgan davrga qarab qisqa muddatli, o‘rta muddatli va uzoq 
muddatli bo‘ladi.  

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling