137
Glossariy:
Aholi-deganda ma‘lum hududda yashayotgan kishilar guruhi tushuniladi.
Aholi – ishlab chiqarish sub‘ekti, barcha moddiy ne‘matlarni ishlab chiqaruvchi.
Aholi-ishlab chiqarilgan jami ijtimoiy mahsulotlardan ma‘lum
qismining
is‘temolchisi.
Aholi-butun ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining muhim tarkibiy qismi
bo‘lib, o‘zi ham takror barpo qilinishi zarur.
Aholi geografiyasi – aholining tarkibi, dinamikasi
va joylashuvidagi hududiy
farqlarni, bu farqlarni vujudga keltiradigan qonuniyatlarni,
aholi manzilgohlarining
hududiy tizimlarini va ularning rivojlanishi qonuniyatlarini o‘rganadi. Aholi
geografiyasi,
shuningdek, aholining er shari bo‘yicha va ayrim mamlakatlar va
tumanlar miqyosidagi harakatini ham o‘rganadi.
Antropologiya – odamlarning paydo bo‘lishi, kishi organizmining
evolyutsiyasi va
undagi jismoniy o‘zgarishlarning qonuniyatlari, shuningdek
irqlarning vujudga
kelishi va geografik tarqalishini o‘rganadigan fan.
Aholining ijtimoiy tarkibi-avvalo o‘sha mamlakatda hukmron bo‘lgan
ijtimoiy
munosabatlarning o‘zgarishi esa, aholining ijtimoiy tarkibini ham keskin o‘zgartiradi.
Aholining ijtimoiy tarkibini xarakterlovchi belgi ishlab chiqarish munosabatlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: