Guliston davlat universitetining axborot texn0logiyalari fakulteti fizika yo’nalishi 2-20 f guruh talabasi umirzoqov sunnatning tayyorlagan taqdimoti


Download 459.33 Kb.
bet5/5
Sana19.06.2023
Hajmi459.33 Kb.
#1625536
1   2   3   4   5
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT

Foydani oshirish ishlab chiqarish harajatlari bilan bir qatorda mahsulotni sotishdan olinadigan daromadga ham bog'liqdir. Agar yalpi daromad jami mahsulotni sotishdan keladigan daromad bo'lsa. o'rtacha daromad bitta mahsulotni sotishdan olinadigan daromaddir. Chegaraviy daromad esa bitta qo'shimcha mahsulot sotishdan olinadigan qo'shimcha daromaddir. Sof raqobat sharoitida baholar uzoq muddat o'zgarmasliklari sababli o'rtacha daromad ham, chegaraviy daromad ham, mahsulotning bahosiga teng bo'ladi. R = O’D + ChD. (AK + MK)

Raqobatli bozorda har bir alohida olingan firma yoki korxona bozor bahosiga ta'sir eta olmaganligi uchun o'rtacha daromad (AK) va chegaraviy daromad (MK) bab-barobar bo'lib, talab o'rtacha va chegaraviy daromad egri chizig'i gorizontal xolda bo'ladi. Umumiy daromad (TK) qanchalik ko'p

miqdorda mahsulot sotilgan sari, oshib boradi.

Sof raqobat sharoitida islab chiqarish va sotish xajmi natural ifodada ishlab chiqarilgan mahsulot xajmining o'zgarmas narxda bo'lgan ko'paytmasi orqali topiladi. Korxona oidida turgan muammo shundan iboratki,,mahsulot ishlab chiqarishning qaysi xajmida u oladigan foyda maksimallashadi. Bunday sharoitda korxona shunday ishlab chiqarish xajmini tanlaydiki, chegaraviy daromad chegaraviy xarajatga teng bo'ladi.

Agar qisqa muddatli davrda mahsulotni ishlab chiqarishga ketgan o'rtacha xarajatlardan, mahsulot bahosi yuqori bo'lsa. korxona foyda oladi. Agar baho o'rtacha xarajatlarga teng bo'lsa, korxona nol iqtisodiy foyda oladi, ya'ni xarajatlarni qoplaydi, lekin foyda olmaydi.

Agar bozor bahosi o'rtacha xarajatlardan past bo'lsa. firma zarar ko'radi. Agarda tovar bahosi o'rtacha o'zgaruvchan xarajatlarning minimal darajasidan ham past bo'lsa, ishlab chiqarish vaqtincha to'htatiladi.


Download 459.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling