Guliston olimpiya zaxiralar kolleji


Download 118.07 Kb.
bet2/2
Sana25.10.2020
Hajmi118.07 Kb.
#136932
1   2
Bog'liq
Eron

Davlat tuzumi


Amaldagi konstitutsiyasi 1979 yil 2—5 dek.dagi referendumda tasdiqlangan, keyinchalik tuzatishlar kiritilgan. Konstitutsiya boʻyicha davlatning oliy rasmiy shaxsi — Eron Islom Respublikasi Rahbari (1989 yildan Said Ali Xomanaiy). Undan keyingi oliy rasmiy shaxs — prezident (2005 yildan Mahmud Ahmadiy Najod). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Islomiy Kengash majlisi (parlament), ijroiya hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi.

Tabiati


E. Old Osiyo togʻligi mintaqasining sharqiy qismida joylashgan va Eron togligining gʻarbiy qismini egallagan. E. shimolda Kaspiy dengiziga tutash, jan.da Fors va Ummon qoʻltiqlari bilan oʻralgan (ushbu qoʻltiqlardagi Keshm, Xoʻrmuz, Xark va boshqalar orollar E.ga tegishli). Sohillari pasttekislik, ayrim joylari mangra chakalakzorlari bilan qoplangan. Yer yuzasining yarmidan koʻprogʻi togʻli. Mamlakat hududining chekkalarida Shim. Eron, Sharqiy E. va Janubiy Eron togʻlari joylashgan. Eron togʻlari orasida Elburs togʻlari (Damovand choʻqqisi E.ning eng baland nuqtasidir, 5604 m) va TurkmanistonXuroson togʻlari alohida ajralib turadi. E.ning jan. gʻarbida Zagros togʻ tizmasi joylashgan. Chekka tizmalar oralarida 1000–2000 m balandlikdagi yassitogʻliklar bor. E.ning gʻarbida, Armaniston togʻligida soʻngan vulkanlar, ichki yassitogʻliklarda choʻl va landshaftli botiklar mavjud. E.ningjan. sohilini Garmsar tekisligi egallagan. E. neft va gaz zaxiralariga boy. Toshkoʻmir, temir va xrom rudalari, noyob elementlar, polimetall va mis rudalari, boksit, oltingugurt, surma, barit, tuz konlari va boshqalar bor.

Iqlimi. E. hududining katta qismida suptropik, kontinental, Fors va Ummon qoʻltiqlari sohillarida tropik iqlim; yozi issiq, qishi shim.da sovuq, jan.da iliq. Yanv.ning oʻrtacha t-rasi Tehronda 2’, Jasq shahri (Ummon qoʻltigʻi sohilida)da 19°; iyulniki xuddi shu joylarda 29 va 32°. Oʻrtacha yillik yogʻin 500 mm dan kam, faqat Elburs togʻlari yon bagʻirlarida 2000 mm gacha, Seyiston botigʻida 5060 mm. E.da daryo kam. Yirik daryolari: Qorun, Safedrud, Atrek, Araks, Hilmand, Shatt ulArab. Faqat Qorun daryosida kema qatnaydi. Togʻ oraligʻidagi botiqlarda oqmas koʻllar (Urmiya, Daryochai Namak va boshqalar) bor. Togʻ oldi tekisliklaridagi boʻz tuproklarda choʻl oʻsimliklari, togʻlardagi qoʻngʻir tuproqlarda dasht oʻsimliklari oʻsadi. Pastliklar shoʻrxok. Elburs togʻlarining shim. yon bagʻri keng bargli oʻrmon bilan qoplangan. E.ning jan.dagi qizil tuproqlarda savanna turidagi oʻsimliklar oʻsadi. Daryo vodiylari oʻtloq, tuprogʻi allyuvial. E.ning hayvonot dunyosi xilmaxil. Togʻlarda quyon, chiyaboʻri, togʻ echkisi, yoʻlbars, qoplon, jayra, vodiylarda tulki, boʻri, sirtlon, bugʻu, boʻrsiq va boshqalar yashaydi. Mamlakat markazidagi tekislikda kaklik, Fors qoʻltigʻi sohillarida saqoqush va qizil gʻoz, Kaspiy dengizida qimmatbaho baliq turlari — osyotr va beluga koʻp. Milliy bogʻlari: Kevir, Guliston, Urmiya, Markaziy Elburs va boshqalar


Aholisi


E.da 30 dan ortiq millat vakillari yashaydi. Aholisining 75 % ga yaqinini eron tillari guruhiga kiruvchi xalqlar: fors, gilon, mozandaron, kurd, lor, baxtiyoriy, baluj, talish, afgʻon, tojik va boshqalar tashkil etadi. Turkiy til guruhiga kiruvchi turk, ozarbayjon va turkmanlar, shuningdek, arab, arman, ossuriy, gruzin, loʻli va boshqalar ham yashaydi. Rasmiy til — fors tili. Davlat dini — islom dinining shia mazhabi. Shahar aholisi 58,3 %. Yirik shaharlari: Tehron, Isfahon, Mashhad, Tabriz.

Xoʻjaligi


E. — neft sanoati rivojlangan agrar industrial mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda q.x. 21,3 %, sanoat 32,7 % (jumladan, neft va gaz qazib olish 18,7 %)ni tashkil etadi.

Sanoatida neft, gaz, koʻmir, xrom, qoʻrgʻoshinrux, mis, marganets va temir rudalari qazib olish katta ahamiyatga ega. Yiliga oʻrtacha 85 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi. Neftni qayta ishlash, neft kimyosi korxonalari bor. Qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik va metallsozlik, oziqovqat, toʻqimachilik sanoati rivojlangan. Hunarmandchilik (gilam toʻqish, metall buyumlar tayyorlash) bilan ham shugʻullaniladi.

Qishloq xoʻjaligi mamlakat iqtisodiyotining muhim tarmogʻi hisoblanadi. Q.x.ning yetakchi tarmogʻi — dehqonchilik. Asosiy oziq-ovqat ekini — bugʻdoy; shuningdek, arpa, sholi, dukkakli don ekinlar ekiladi. Bogʻdorchilik (oʻrik, shaftoli, anjir, pista, xurmo, behi, anor, sitrus mevalar, yongʻoq va boshqalar), tokchilik, sabzavotchilik va polizchilik bilan mamlakatning hamma qismida shugʻullaniladi. Paxta ekiladi, qand lavlagi, shakarqamish, tamaki yetishtiriladi, choy oʻstiriladi. Chorvachiligida qoʻy, echki, qoramol, eshak, tuya, ot, xachir boqiladi. Parrandachilik rivojlangan. Pillachilik bilan shugʻullaniladi. Fors qoʻltigʻi va Kaspiy dengizida baliq ovlanadi.





https://uz.wikipedia.org/wiki/Eron
Download 118.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling