Guliston shahar 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktabining
Download 448.3 Kb. Pdf ko'rish
|
Geometriya loyiha ishi . X.Sardor
- Bu sahifa navigatsiya:
- : 1/F=1/d+1/f
- : K=h/H=d/f=F/f-F
Guliston shahar 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktabining 9-“A” sinf o’quvchisi Xo’rozov Sardorning Geometriya fanidan bajargan loyiha ishi QAVARIQ LINZA FOKUS MASOFASI , GOMOTETIYA Reja: 1.Linza nima? 2.Fokus masofa nima? 3.Qavariq linzada nurning sinish qonunlari. Yupqa linza formulasi. Linza bu ikki tomoni sferik sirt bilan chegaralangan jism (1- rasm). Linza yorug’lik oqimi yo’nalishini o’zgartirib beradi. Linzalar asosan shishadan tayyorlanadi . Linalarning qavariq (2- rasm) va botiq (3-rasm) turlari mavjud . Qavariq linza parallel nurlar dastasini yig’ib beradi, botiq linza esa , parallel nurlar dastasini sochib beradi. Qavariq linza sirtini R 1 va R 2 radiusli sferalarning o’zaro kesishishidan hosil bo’lgan sirt deb qarash mumkin. 1-rasm O – linzaning markazi . Sferalarning kesishgan nuqtalarini tutashtirib turuvchi tekislik fokal tekislik deb ataladi.Sferalarning O 1 va O 2 markazlaridan o’tkazilgan to’g’ri chiziq linzaning bosh optik o’qi deyiladi. 2-rasm 3-rasm Fokus – lotincha “focus” – o’choq , olov degan ma’nolarni anglatadi . Fokus nuqta - nurlarning parallel dastasi optik tizimdan o’tgandan so’ng kesishadigan nuqta(4-rasm) . Botiq linzada nurlar sochiladi va sochilgan nur yo’lini uning yo’nalishiga qarama-qarshi davom ettirsak , davom ettirilgan chiziqlarning keshishgan nuqtasi linzaning fokus nuqtasi hisoblanadi(5-rasm) . Linza markazidan fokus nuqtagacha bo’lgan masofa esa linzaning fokus masofasi hisoblanadi . 4-rasm 5-rasm Qavariq linzaga nur , uning bosh optik o’qiga parallel kelib tushsa bu linzaning fokus nuqtasini kesib o’tadi . Bu holatning teskarisi sodir bo’lsa ,ya’ni nur linzaning fokus nuqtasidan o’tib linzaga kelib tushsa bu nurning keyingi yo’nalishi bosh optik o’qqa parallel bo’ladi . Nur linzaning markazidan, ya’ni 1- rasmdagi O nuqtadan o’tsa nur hech qanday sinishga uchramaydi va yo’lini o’z yo’nalishida davom ettiradi. Yupqa linza formulasi : 1/F=1/d+1/f Linzada tasvir yasash orqali uning fokus masofasi topish formulasi . F – fokus masofa . d – linzadan buyumgacha bo’lgan masofa . f – linzadan tasvirgacha bo’lgan masofa . Formula qayerdan kelib chiqdi ? Formulani o’zimiz yaratsak bo’lmaydimi? 6-rasmdagi fizik kattaliklar orqali chiziqli kattalashtirish formulasini keltirib chiqarish mumkin : K=h/H=d/f=F/f-F K – chiziqli kattalshtirish koeffitsiyenti . h – buyum balandligi . H – tasvir balandligi . 6-rasm Download 448.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling