Gullar va qushlar bayrami


Download 60 Kb.
bet4/5
Sana08.08.2023
Hajmi60 Kb.
#1665782
1   2   3   4   5
Bog'liq
gullar va qushlar tadbir www.sadikov.uz

Raqs “Qaldirg’och”
1-boshlovchi:
Tabiatda bugun o‘tli uyg‘onish,
Nur bilan kiradi dilga orzular.
Yuraklar shodlikdan etadi xonish
Labdan labga ko‘char mayin kulgular.

2-Boshlovchi:
Quyosh kirib kelar har xonadonga,
Barobar ulashar yog‘dusin bugun.
Quyosh tabassumi etar jahonga,
Ushalar dildagi orzular bugun

1- Boshlovchi: Endigi navbat gullar va qushlar haqidagi ma’lumotlarga
 
2-Boshlovchi: : Marhamat tinglang va eslab qolishga xarakat qiling !


Ma’lumotlar: 6 ta o’quvchi gullar, 6 ta o’quvchi qushlar haqida ma’lumot beradi.


Raqs : Yakkaxon


1-boshlovchi: Prezedentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov biz o’quvchilarning ta’lim olishimiz uchun barcha sharoitlarni yaratib bermoqda . Jumladan boshlangich sinflardayoq chet tillarini mukammal o’rganishga katta ahamiyat berilmoqda.


2-boshlovchi: Keling, shu gaplarimizning isboti sifatida o’quvchilarimizdan ingiliz va rus tillarida bahorni madh etuvchi she’rlardan tinglasak marhamat!


She’rlar: 4 ta o’quvchi rus tilida, 4 ta o’quvchi ingiliz tilida she’rlar aytadi .


1-boshlovchi
Ey menga ertaklar so‘ylagan zamin
Ergashib izingdan qolmasman sening
O‘zgalar naznida bog‘I eramni
Jiydang yaprog‘iga olmasman sening
Vatan qayda bo‘lmay sen hamrohimsan
Bobolarim yotar zajdagohimsan


2-Boshlovchi:
Bahorgi burkangan sen sevgan elda,
Ovozing yangradi jo'shqin zabardast.
O'lmagan ekansan, jonim, sen hayot,
Men ham hali sensiz olmadim nafas.


1-boshlovchi: Bahor faslida biz nafaqat go’zal bayramlarimiz balki buyuk shoir va shoiralarimizning tavvalud ayyomlarini ham nishonlaymiz .


2-Boshlovchi: Jumladan, 1-mart bahorning ilk kunida atoqli shoiramiz Zulfiyaxonim , 26-aprel kuni o’zbek adabiyotining zabardast shoiri Muhammad Yusuf tavvallud topgan kun . Keling, fursatdan foydalanib ular ijodidagi bahor, tabiat va ayolni tarannum etuvchi she’rlardan bahramand bo’lsak , marhamat!



Download 60 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling